Baxt tushunchasi, oilaviy baxt mazmun mohiyati
Download 68.57 Kb.
|
Ijt.ped.kurs ishi. Baxt tushunchasi, oilaviy baxtning bola ijtimoiy hayotida tutgan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining ob’ekti
- Kurs ishining tadqiqot usullari
- 1.1 Baxt tushunchasi, baxtning ta’rifi Baxt
Kurs ishining vazifalari: Ushbu kurs ishining vazifasi sifatida quyidagilar belgilandi:
Baxtni anglash, tariff berish, oilaviy baxt mezonlarini o’rganish, farzandlar tarbiyasida oiladagi muhit va baxtiyorlikni o’rnini o’rganish, ilmiy loyihalar va dasturlarni tahlil qilish. Kurs ishining ob’ekti: Baxt, oila, oilaviy baxt, yosh avlod tarbiyasi, baxt mohiyati, farzandlar ijtimoiy hayoti. Kurs ishining predmeti: Baxt tushunchasiga berilgan tariflar, oilaviy baxt mohiyati to’g’risidagi fikrlar yondashuvlar, farzandlar ijtimoiy hayoti psixologik qarshlar. Kurs ishining tadqiqot usullari: Kurs ishini yoritishda fikrlarni qiyosiy tahlil qilish, analiz va sintez hamda umumlashtirihs metodlaridan foydalanildi. Kurs ishining ilmiy yangiligi quydagilardan iborat: Mavzuni o’rganish va loyihani tayyorlash jarayonida yangicha fikrlar, ilmiy tadqiqotlar, yangi ishlab chiqilgan dasturlar va shuningdek buyuk mutafakkirlarning yangicha qarashlarga mos, zamonaviy hayotiylikka mos keladigan fikrlarining qiyosiy tahlillaridan foydalanildi. XXI asrda turli hayot tarzlari va g'oyalar raqobatga kirishdi. Bunda muvaffaqiyatga erishish uchun har bir davlat o'zligini saqlagan holda diniy va milliy qadriyatlarini boshqalarga anglatishni asos qilgan mafkuraga ega bo'lishi lozim. Aks holda, o'zlikni yo'qotish, bebaho qadriyatlardan voz kechish kishini taraqqiyotdan ajratib, uni tobe, mustaqil fikri yo'q manqurtga aylantirib qo'yadi. Hozirgi kunda g'arazli maqsadlarni amalga oshirish uchun zimdan olib borilayotgan fitnalar ba'zi millatlarning o'zligini yo'qotishga qaratilganini sezish mumkin. Bunda e'tibor xududlarini egallash emas, balki inson ongini egallashga yo'naltirilgan. I-BOB. BAXT TUSHUNCHASI, OILAVIY BAXT MAZMUN MOHIYATI. 1.1 Baxt tushunchasi, baxtning ta’rifi Baxt — maʼnaviy-axloqiy tushuncha. Kishi oʻz faoliyati natijalaridan, hayotda qoʻlga kiritgan yutuqlaridan toʻla qoniqish, yashash tarzidan mamnunlik, muayyan maqsadga yetganlik, orzu-umidning ushalishi, bearmonlik holati sifatida namoyon boʻladi. Baxt qadimgi davrda evdemonizm falsafasining asosiy tushunchasi boʻlgan. Uning vakillari Baxtga hayotning asosiy maqsadi, kishilar institutiladigan masrurlikka erishilgan holatning, shod-xurram boʻlishning eng oliy koʻrinishi sifatida qaraganlar. Aristotel, Epikur, Diogenlar ham shunday tushunganlar. Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Saʼdiy, Navoiy kabi olim va mutafakkirlar ijodida bu mavzu muhim oʻrin egallagan. Zamonaviy oʻzbek adabiyotida ham bu mavzuga katta eʼtibor berilmoqda. Baxt nisbiy tushuncha, mutloq Baxt yoʻq. Baxtni qanday maʼnoda tushunish shaxsning ijtimoiy oʻrniga, bilimi, yoshi, dunyoqarashiga bogʻliq. Baxt haqidagi kishilarning tasavvurlari ijtimoiy tuzum va undagi ijtimoiy munosabatlar majmuasi bilan uzviy bogʻliq. Chinakam Baxtli boʻlish uchun har bir shaxs erkin, teng, oʻz isteʼdod va qatʼiyatini har tomonlama namoyon qilishi, moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega boʻlmogʻi zarur. Shuningdek, Baxtga erishish uchun har bir shaxs jamiyatda, oilada oʻz oʻrnini topgan, burch va masʼuliyatni anglagan boʻlishi lozim. Odam oʻz ongi, tafakkuri, dunyoqarashi, xatti-harakati, xulqi, aql-zakovati bilan Baxtli boʻlish uchun intilishi va kurashishi kerak. Inson oʻz taqdirini xalq, Vatan taqdiri bilan uygʻunlashtirgandagina toʻla Baxtli boʻlishi mumkin. Baxtni har kim o‘zicha, har xil tasavvur qiladi, biroq bu tushuncha qamrovi bizning tafakkur doiramizdan ancha keng va uni birgina hol bilan ifodalab bo‘lmaydi. Aytaylik, insonning dunyoga kelishi – baxt! Kimgadir sevganiga uylanish – baxt! Farzandli bo‘lish – baxt! Kimgadir mehr qo‘ygan kasbi bilan shug‘ullanish – baxt! Ota-ona duosini olish – farzand uchun baxt! Mashinali bo‘lish, dang‘illama uy qurish, to‘y qilish, biror boshqa orzusiga erishish… Bular ham kimlar uchundir baxt. Odamlar baxt, deb biladigan bu hollarni istalgancha davom ettirish mumkin. Ammo ular orasida shunday baxt borki, unga musharraf bo‘lish komillikning yuksak namunasidir. Bu – Vatanga, elga sodiq bo‘lish, jamiyat ravnaqi, yurtdoshlar tinchligi, osoyishtaligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatish. Odamlarni sevish, ularga beg‘araz, mehr ko‘zi bilan qarash, hamma o‘ziga o‘xshagan inson ekanligi, Yaratgan oldida tengligini e’tirof etish. Bulardan ham buyuk baxt – O‘zbekiston degan ozod yurt farzandi ekanligimiz. Nadomatlar bo‘lsinki, ko‘p hollarda hamma ham bunday fidoyilik, bag‘rikenglik ko‘rsata olmaydi. Ko‘pincha ajdod-avlod, ota-ona, bola-chaqaga ko‘rsatgan mehribonlikni begonalarga ravo ko‘rmaydi. Faqat o‘zim bo‘lsam, deydi. O‘ziga tinch va to‘q insonlarni ko‘rsa, havas emas, hasad qiladi. Lev Tolstoyning gapi bor: "Inson yolg‘iz o‘zi hech qachon baxtiyor bo‘lolmaydi, barcha insonlar baxtli bo‘lgandagina u baxtli bo‘ladi!". Esimda. Sho‘rolar zamonida "Hamma narsa inson uchun, insonning baxt-saodati uchun", "Barchamiz tenglar ichra tengmiz", "Kommunizm quruvchisining axloq kodeksi" kabi balandparvoz shioru da’vatlar har kuni ongu shuurimizga singdirilardi. Ammo amalda gap boshqa, hayot boshqa bo‘lib chiqdi. Yolg‘on va aldamchilikka qurilgan qizil imperiyaning chuvi chiqdi. Ijtimoiy adolatsizlik, mehnatga haq to‘lashdagi nohaqlik – ishlaganning ham, ishlamaganning ham bir xil haq olishi, ma’muriy-buyruqbozlik oxir-oqibat odamlarda kelajakka ishonchni yo‘qotdi, ularda tashabbuskorlikni so‘ndirdi, boqimandalik kayfiyatini keltirib chiqardi. Tinimsiz takrorlanaverishi oqibatida "baxt" degan tushunchaning qadr-qimmati tushib ketdi. Oliy baxt – Vatanga fidoyi bo‘lish, dedik. Bir qarashda balandparvoz so‘z bo‘lib tuyulgan bu da’vatning falsafiy mazmun-mohiyati aslida juda tiyran. Negaki, Vatan degan so‘zning o‘zi keng ma’noli. Vatan – kindik qonimiz to‘kilgan tabarruk go‘sha. Vatan – ota-ona, oila, opa-singil, aka-uka, qarindosh-urug‘, do‘stu birodar, taqdirdosh millat, ilk bor qo‘limizga qalam tutqazgan ustoz-muallim, qadriyatlar. Atrofimizni qurshab turgan ona tabiat, ota-bobolardan meros ona yer! Biz ularni ardoqlasak, e’zozlasak, bunga o‘zimizni burchli, mas’ul deb bilsak – baxt! Tanish-bilish, qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘, og‘a-ini, do‘stu birodar muammosiga, mushkulini oson qilishga jindak ko‘maklashsak, ularni ozod, tinch-totuv, osoyishta, farovon yashashiga hissamizni qo‘sha olsak – baxt! Bu borada ibrat oladigan qadriyatlarimiz talaygina. Masalan, baxt kuychisi Hamid Olimjonga bo‘lgan sevgi-sadoqat va Vatan, xalq taqdiriga o‘zini mas’ul deb jon fidolik ko‘rsatish timsoli Zulfiyaxonimda aks etgan. Xalqimizning ardoqli shoir va yozuvchilari Fafur Fulom, Oybek, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, akademik Baxtiyor Nazarov, Ibrohim Fafurov, yaqinda olamdan o‘tgan akademik Aziz Qayumov va ular kabi yuzlab ziyolilar el-yurtga xizmat qilib, chinakam baxtga erishgan insonlar emasmi? Insoniyat sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shgan alloma va mutafakkirlarimiz – Alisher Navoiy, Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Farobiy, Farg‘oniy, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Mirzo Ulug‘bek, Bobur kabilar-chi? Ular baxtni ona-yurtga sadoqat bilan xizmat qilish deb bilishgan, zarur bo‘lganda jonlarini ham ayashmagan. Mana, chinakam baxt nima degani! Lekin bunday baxtga o‘z-o‘zidan erishilmaydi. Atoqli shoirimiz Fafur Fulom aytganidek, "Foyibdan kelajak baxt bir afsona…". Har kim taqdirni, baxtni o‘z qo‘li bilan o‘zi yaratadi. Bunga yuqorida ta’kidlaganimizdek, Vatan, el manfaatini o‘zining shaxsiy hoyu havaslaridan ustun qo‘yib, baxtli kelajakning muazzam binosiga hech bo‘lmaganda bitta g‘isht qo‘ygan kishi erishadi. Download 68.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling