Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/227
Sana02.01.2022
Hajmi1.62 Mb.
#184132
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   227
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

 
12-§. Leksema va so‘z 
Tayanch tushunchalar 
leksik-semantik sath, leksikologiya, morfema, leksema 
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
leksema, so‘z 
 
Leksema  talqiniga  doir.  Leksema  (gr.  Lexis  –  so‘z,  ifoda) 
terminini  qo‘llash  1918-yilda  rus  tilshunosi  A.M.Peshkovskiy 
116


tomonidan taklif etilgan. Ilk marta N.N.Durnovoning “Grammatik 
lug‘at”iga  kiritilgan.  Leksema  termini  so‘zlarni  grammatik 
xususiyatlardan  xoli  idrok  etish  uchun  tanlangan.  Shu  boisdan 
kitob, kitobni, kitobga birliklari grammatik shakllangan uchta so‘z, 
lekin ular zamirida bitta leksema yotadi. Tilshunoslikda bu talqinga 
V.V.Vinogradov,  A.I.Smirnitskiy,  A.A.Zaliznyak  katta  hissa 
qo‘shishgan. Amerika tilshunosligida bu termin 1938-yilda B.Uorf, 
1963-yilda  J.Layonz  tomonidan  qo‘llangan.  Ular  tomonidan 
leksema terminini qo‘llashda so‘zlarning lison va nutqdagi o‘rniga 
e’tibor qaratilmaydi. Masalan, U.Vaynrayx (1966) lug‘atda qamrab 
olinuvchi  har  qanday  ifodani,  hatto  idiomalarni  ham  leksema 
sifatida qaraydi. Fransuz tilshunosligida leksemani mustaqil ma’no 
ifodalovchilar  sifatida  olib,  morfemaga  qarama-qarshi  mohiyatli 
birlik  sifatida  tushunish  ham  mavjud  (A.Martine,  1963).  O‘zbek 
tilshunosligida  lison  va  nutqning  izchil  farqlanishi  natijasida 
leksemaga  mustaqil  leksik  ma’no,  qisman  faqat  grammatik  ma’no 
(masalan,  yordamchi  so‘zlar)  anglatishi  mumkin  bo‘lgan  til 
hodisasi sifatida qarash ommalashgan.  
 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling