Glossariy Leksik-semantik munosabat – leksemalarlarning o‘zaro
ma’no asosidagi o‘xshashlik va farqlari
leksik-shakliy munosabat – leksemalarning o‘zaro shakl
asosidagi o‘xshashlik va farqlari
sinonimik munosabat – bir turkumga mansub leksemalarning
atash semalari asosida farqlanib, ifoda semalari asosidagi birlashish
munosabati
sinonim – bir turkumga mansub atash semalari asosida tuzilgan
leksik qatordagi ifoda semasi bilan farqlanuvchi leksema
antonimik munosabat – bir turkumga mansub leksemalarning
zid denotativ semalar asosida qarama-qarshi qo‘yilishi
175
antonim – zid denotativ semalar asosida qarama-qarshi
qo‘yilgan bir turkumga mansub ikki leksemadan biri
graduonimik munosabat – bir turkumga mansub ikkitadan
ortiq leksemalarning o‘zaro biror belgining oshib yoki kamayib
borishiga asoslangan munosabati
graduonim – darajalanish qatoriga kiruvchi leksema