Alisher Navoiy, “Lison ut-tayr”
Lisoniy paradigmada birliklarni bir-biriga bog‘lab turuvchi,
paradigmaning
yashovchanligini
ta’minlovchi
omil
lisoniy
ziddiyatdir. Lisoniy ziddiyat falsafadagi qarama-qarshiliklar birligi
va kurashi qonunning tildagi xususiylashuvi, ko‘rinishidir.
Ziddiyat paradigmatik va iyerarxik munosabatning xossasi
sifatida
sintagmatik
munosabatga
qarama-qarshi
qo‘yiladi.
Sintagmatik munosabatda ziddiyat emas, uyg‘unlik ustuvorlik
qiladi. Biroq uyg‘unlik farq va tafovutlar asosida kelib chiqadi.
Ma’lum bir lisoniy birlik mansub ziddiyatlar majmuyi bu
birlikning lisoniy mohiyatini aniqlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Lisoniy mohiyatni aniqlash lisoniy birlikning boshqa birlikdan
farqlanuvchi barqaror belgilarini oydinlashtirishdir.
Lisoniy birliklar orasidagi ziddiyat ma’lum bir belgi asosida
mavjud bo‘ladi. Ziddiyatga kirishuvchi lisoniy birliklar ziddiyat
Do'stlaringiz bilan baham: |