Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/227
Sana02.01.2022
Hajmi1.62 Mb.
#184132
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   227
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Ilk qadam 
1954-yilda  Jorjtaun  universiteti  (AQSH)  olimlari  qiziq  bir 
tajriba  o‘tkazishdi.  Ular  EHM  (elektron  hisoblash  mashinasi)ga 
matnni  bir  tildan  boshqa  tilga  tarjima  qilish  topshirig‘ini 
“o‘rgatishdi”.  To‘g‘risi,  o‘shanda  mashina  matndagi  bittagina 
so‘zni tarjima qila oldi. Lekin mashinaning inson tilini “egallashi” 
sari ilk qadam qo‘yilgan edi. bugungi kunda kompyuter tarjimasini 
“mashinasi tarjimasi” deyilishi bu ishni amalga oshiruvchi texnika 
dastlab mashina (EHM) bo‘lganligi bilan bog‘liq. 
Leksikaning  ochiqligi  va  dinamikligi  unga  tarixiylik  nuqtai 
nazaridan  munosabatda  bo‘linganda,  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi. 
Masalan,  ayrim  so‘zlar  passivlashib  qolgan  bo‘lsa,  ayrimlari  til 
“muzeyi”  eksponatlari  javonlaridan  o‘rin  olgan.  Agar  til  muzeyi 
tashkil  qilinadigan  bo‘lsa,  undan  bugungi  kunda  unutilib 
borayotgan  ardam,  emgak,  o‘klalmoq  kabi  so‘zlar  anglatgan 
ma’nolari  va  qo‘llanish  o‘rinlari  hamda  darajasi  bilan  o‘z  aksini 
topgan  bo‘lur  edi.  Bugungi  kunda  tilimiz  leksikasining  ko‘plab 
so‘z  va  iboralari  o‘zining  ana  shunday  virtual  yoki  moddiy 
saqlanish usullariga ehtiyoj sezmoqda.  
107


Leksik birliklar to‘satdan “g‘oyib bo‘lmaydi”, u avval sezilarli 
ravishda  passivlashadi,  keyinchalik  arxaizm  va  istorizmlarga 
aylanib  boradi.  Leksikaga  yangi  kirib  kelayotgan  so‘zlarning  tilga 
singishi  ham  sekinlik  bilan  kechadi.  Chetdan  so‘z  qabul  qilish  
jarayoni  o‘ziga  xos  qonuniyatlarga  ega  bo‘lib,  kirib  kelayotgan 
so‘zlar  tilning  ichki  talablariga  javob  berishi  kerak.  Ulardan 
ayrimlarini keltiramiz: 
1)  farqlanish.  Til,  avvalo,  yozma  va  og‘zaki  nutqqa  ayricha 
talablarni  qo‘yadi.  Masalan,  dorixona  so‘zi  yozma  nutqqa, 
o‘zlashma apteka esa og‘zaki nutq uchun xos. Lekin ikkalasi ham 
me’yoriy hisoblanadi. 
2)  qulaylik.  O‘zbek  tilida  oblast  va  viloyat,  plan  va  reja
programma  va  dastur  so‘zlaridan  ikkinchilari,  qaysi  tilga 
mansubligidan  qat’i  nazar,  talaffuz  va  imlo  jihatidan  qulay. 
Shuning uchun til qulay variantni tanlaydi
3)  zamonaviylik.  Imlo  qoidalarida,  tilning  muosir  izohli  va 
imlo  lug‘atlarida  u  yaratilayotgan  davr  ruhi  aks  etishi  katta 
ahamiyatga  ega.  Masalan,  bek  so‘zini  polkovnik,  beklarbegi 
birikmasini  polkovnik,  qozi  so‘zini  sudya  so‘zlari  olishi  yangi 
zamon talabidir. 
 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling