Baxtiyor mengliyev
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxtiyor mengliyev
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Sotsialingvistikami, sotsiolingvistika? “Kiyimlar” do‘konida ishlaydigan kishining besh yoshli o‘g‘li bir kuni shunday deb qoldi: “Men hammani birday yaxshi ko‘raman, ammo oyijonimni esa bir razmer ko‘proq!” Tahririyatda ishlaydigan ota o‘g‘li bilan parkka aylanishga chiqqanda shunday dedi: “Dadajon, karuselning muharririga ayting, bizni tezroq qo‘ysin!” Ma’lum bo‘ladiki, ota-ona, oila kichik “jamiyat”, undagi muhit bolaning nutqi, leksikoniga ham ta’sir qiladi. Hatto kattalar ongli yoki ongsiz ravishda shunday xususiyatga ega bo‘ladilar. Ijtimoiy muhitning tilga va nutqqa ta’siri tilshunoslikning ikki xil sohasi tomonidan o‘rganiladi. Ijtimoiy muhitning umuman tilga ta’siri sotsialingvistika tomonidan o‘rganilsa, uning alohida shaxs yoki kishilar guruhiga ta’siri sotsiolingvistika tomonidan tekshiriladi. Ikki soha nomi bir tovush (a/o) bilan farqlanadi. Ko‘pchilik bu ikki terminni chalkashtiradi. “Sof” lingvistika til hodisalarini “quruq”, tashqi muhit ta’sirlaridan xoli o‘rganadi. Masalan, so‘zning tovush qobig‘i, undagi fonetik xususiyatlar, ma’nosi, ma’nodoshlari, birikuvchilari va h. Sotsialingvistika davr va jamiyatning tilga ta’siri bilan shug‘ullanar ekan, masalan, vazir so‘zining o‘zbek tili leksik qatlamida o‘z vaqtida nega eskirganligi, bugungi kunda uning yana faollashish sabablari yoki -lar ko‘plik qo‘shimchasining ortiqcha qo‘llanish holatlari sodir bo‘lganligi (o‘nta o‘quvchilar kabi) sabablari bilan qiziqadi. 168 Sotsiolingvistika ijtimoiy guruh va qatlam nutqidagi jargon va slenglar bilan maxsus shug‘ullanadi. Masalan, svetnaya mast (“toj guli”), bosyak (“past tabaqa”), malyutka (“yosh”), shirmach (“kissavur”) kabi ifodalarning qo‘llanish doirasi kabilar shular jumlasidan. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling