Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Sistema nima?
Har qanday sistema quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1) sistema kamida ikki elementdan tashqil topadi;
2) bu elementlar orasida aloqa-munosabat (struktura) mavjud
bo‘ladi;
3) sistema elementlari birlashib, yaxlitlikni tashkil qiladi.
Demak, sistema munosabatlar asosida yaxlitlashgan elementlar
majmuyidir.
Sistemaning turlari ko‘p. Ularni umumlashtirib, ikki guruhga
bo‘lish mumkin:
1) abstrakt sistemalar;
2) muayyan sistemalar.
Abstrakt sistema ongda mavjud bo‘ladi. U aqliy faoliyat
natijasida tiklanadigan umumiylik bo‘lib, bunday sistemalar
borliqda mavjud bo‘lmaydi. Masalan, unlilar sistemasi, ruboiylar
sistemasi, g‘oyalar sistemasi.
Eslatib o‘tish joizki, borliqda unlilar, ruboiylar, janrlar, she’rlar
mavjud, ammo ular shu nomdagi sistema sifatida mavjud emas.
Masalan, ijod mahsuli sifatidagi ruboiylar o‘zaro tarqoq, sochilgan,
bog‘lanmagan, uzilgan holda yashaydi. Inson tafakkuri ularni
bog‘laydi, birlashtiradi – natijada abstraksiya mahsuli bo‘lgan
mavhum (abstrakt) sistema vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |