Baxtiyor mengliyev
Tilda assosiativ munosabat
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxtiyor mengliyev
Tilda assosiativ munosabat. Sistemadosh (bir sistemaga
mansub) lisoniy birliklar bir-birini eslatib turadi. Shu boisdan ular jamiyat a’zolari ongida bir tizimga birlashgan holda yashaydi. Masalan, [a] fonemasi [o] fonemasini, [u] fonemasi [o‘] fonemasini, [i] fonemasi [e] fonemasini eslatadi. Umuman olganda, bir unli boshqa unlini eslatadi. Bu ushbu unlilarning bir sistemaga kirishi tufayli sodir bo‘ladi. Bu fikr undosh fonеmalarga ham taalluqli. Lekin [a] fonemasi dabdurustdan [q] yoki [h] fonemasini eslatmaydi. Chunki ular ikki sistema – unlilar va undoshlar sistemasiga kiradi. Unlilar bir-birini unlilar sistemasida, undoshlar esa undoshlar sistemasida eslata oladi. Hatto [u] fonemasining [a] fonemasini eslatishi o‘z sistemadoshi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Masalan, [a], [o] fonemalari ichki, mikrosistema hosil qilib, birgalikda boshqa fonema juftliklarini eslatadi. Bir-birini eslatib turish assosiativ munosabat deyiladi. Eslatish ikki tomonlama bo‘lishi ham mumkin. Masalan, [yuz] leksemasi, bir tomondan [bet], [chehra], [jamol], [oraz] kabi birliklarni, ikkinchi tomondan, [burun], [ko‘z], [quloq], [qosh], [lab] leksemalarini eslatadi va bunda u ikki sistemaning a’zosi ekanligini namoyon qiladi. Bir-birini eslatuvchi birliklar umumiy, o‘xshash belgi- xususiyatga ega bo‘ladi. Ana shu o‘xshashlik va umumiylik ularni birlashtiruvchi, bir sistemada “ushlab turuvchi” belgilari sanaladi. Masalan, unlilar “sof ovozga egalik” umumiy belgisi ostida birlashadi. Ammo ular farqli belgiga ham ega bo‘lishi shart. Masalan, bu sistemada [a] “lablanmaganlik”, [o] “lablanganlik” farqlovchi belgisiga ega, “kenglik” belgisi esa ularni birlashtiradi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling