Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/227
Sana02.01.2022
Hajmi1.62 Mb.
#184132
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   227
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Sinonimlar paradigmami? 
Bir-biriga  sinonim  bo‘lgan  so‘zlar  tizimini  paradigma  deyish 
mumkinmi?  Masalan:  Boqmoq,  qaramoq,  nazar  tashlamoq,  nigoh 
solmoq... kabi. Albatta, yo‘q deb javob beramiz. 
Bir-birini  almashtiruvchi  paradigma  a’zolari  pozitsiya,  qay 
o‘rinda  kelishi  bilan  shartlangan  bo‘ladi.  O‘rin,  pozitsiya  –  mana 
paradigma  uchun  nima  muhim!  Shuning  uchun  paradigma 
a’zolarining  miqdori  cheklangan  va  aniq  bo‘ladi.  To‘g‘ri,  ba’zi 
olimlar  o‘zbek  tilidagi  kelishiklarni  ba’zan  7  ta,  ba’zan  8  ta 
deyishadi.  Bu  paradigmaning  xususiyati  bilan  emas,  balki  ilmiy 
yondashuvlarning  tabiati  bilan  bog‘liq.  Bunga  qarama-qarshi 
o‘laroq,  sinonimlarning  aniq  miqdorini  hech  kim  ayta  olmaydi. 
Kontekstual sinonimlar qo‘shiladigan bo‘lsa, bu yana qiyinlashadi. 
Albatta,  sinonimlar  matn  bilan  juda  bog‘liq  va  ularning  har  biri 
alohida  pozitsiya  uchun  xoslangan.  Lekin  sinonimlarni  har  holda 
almashtirsa  bo‘ladi.  Shuningdek,  ularning  denotatlari  (borliqda 
ifodalaydigan  hodisalari)  ham  bitta.  Shu  bilan  birga,  ularning 
qo‘llanishi  til  jamiyati  tomonidan  belgilanmagan,  balki  alohida 
so‘zlovchiga bog‘liq bo‘ladi. Bularning barchasi sinonimik qatorni 
qat’iy  tartib  asosida  tashkil  topgan,  a’zolari  aniq  pozitsiya  bilan 
bog‘langan paradigmadan farqlashga asos bo‘ladi. 
 
52



Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling