Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Baxtiyor mengliyev
Mantiqiy mushohada uchun
Quyidagi gaplarda nima ifodalanmaganligi uchun ular mazmuni qarama-qarshi? Jo‘shqin ...... semiz Jo‘shqin ...... oriq Jo‘shqin ...... baland Jo‘shqin ...... past Jo‘shqin ...... chaqqon Jo‘shqin ...... sust Jo‘shqin ...... bilimli Jo‘shqin ...... bilimsiz 2.UMIS va AHVO tushunchalari. Dialektika (narsa va hodisalarni qiyoslab, umumlashma xulosa chiqaradigan falsafiy ta’limot) har qanday o‘rganish manbayida, borliqdagi har bir narsada ikki jihat borligini ta’kidlaydi va uni quyidagi ikki tomonli tushunchalar asosida sistemalashtiradi: umumiylik – alohidalik; mohiyat – hodisa; imkoniyat – voqelik; sabab – oqibat. 11 Birinchi jihat (uni tegishli tushunchalarning bosh harflari asosida qisqacha UMIS deb ataymiz) narsalarning sezgi a’zolari asosida his etilmaydigan, aql bilan idrok qilinadigan substansiyasi (mohiyati)dir. Ikkinchi jihat esa (AHVO – alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat) UMISning voqelanishi, yuzaga chiqishi, namoyon bo‘lishi bo‘lib, uni tadqiqotchi, o‘rganuvchi kishi sezgi a’zolari yordamida his qila oladi. Masalan, yuqoridagi hikoyatda ko‘zi ojizlar aniqlagan jihatning har biri alohidalik bo‘lsa, orifning bilimi umumiylikdir. Obrazli qilib aytganda, ko‘zi ojizlar AHVOlarni aniqlashdi, orif bu AHVOlar asosida UMISni tikladi. UMIS (umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab) va AHVO (alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat) munosabatini yaqqolroq tasavvur qilish uchun hammaga tushunarli bo‘lgan misolga murojaat qilamiz. Javonda beshta har xil kitob bor deylik, ular bevosita kuzatishda berilgan, kitoblarni sezgi a’zolari yordamida his qila olamiz. Lekin ongimizda yaxlit “umuman kitob” tushunchasi mavjud. U borliqda mavjud emas, ko‘rganlarimiz, eshitganlarimiz asosida ongimizda aqliy yo‘l bilan tiklangan. Falsafada ana shu “umuman kitob” mazmuniga nisbatan UMIS, muayyan, ko‘z oldimizda turgan kitob mazmuniga nisbatan AHVO atamasi qo‘llanadi. Bevosita kuzatishda berilmagan UMIS va sezgilar yordamida his qilish mumkin bo‘lgan AHVOdan biri boshqasisiz bo‘lmaydi. Masalan, “umuman kitob” tushunchasi xususiy, yakka, alohida kitoblar haqidagi tasavvurlardan tiklansa, yakka kitob “umuman kitob”ning voqelanishi, muayyanlashuvidir. UMIS va AHVOni farqli belgilari asosida quyidagicha tasavvur qilish mumkin (1-jadval): 1-jadval UMIS AHVO Nomoddiy Moddiy Takror Betakror Chekli Cheksiz Buni quyidagicha sharhlash mumkin: UMIS va AHVO munosabati falsafadagi substansiya va aksidensiya, tasavvufdagi zot va tajalli terminlari vositasida 12 tushuntiriladi. Ma’lumki, borliqdagi har bir narsa shakl va mazmundan iborat. Lisoniy birliklar ham shakl va mazmun tomonlariga ega. Lisoniy birlik shaklan lisoniy zot va mazmunan yondashilganda UMISga muvofiq keladi (zot va tajalli munosabati haqidagi batafsil ma’lumotni tasavvufga doir ilmiy va badiiy manbalardan olishingiz mumkin. Masalan, ma’rifiy adabiyotda Haq zot, borliq esa uning tajallisi sifatida qaraladi. Haq zotining mazmuniy tomoni (mohiyati) a’yoni sobita (bizningcha, UMIS) deyiladi). Misollar: Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling