Baxtiyorova Husnora Muzaffar qizi O‘ta-403 3-amaliy mashg‘ulot
Download 26.91 Kb.
|
Baxtiyorova Husnora 403. 4-amaliy
Baxtiyorova Husnora Muzaffar qizi O‘TA-403 3-AMALIY MASHG‘ULOT Tarbiya fanini oq‘itish metodikasining xususiyatlari va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Tarbiyaning birinchi xususiyati uning ko‘p qirrali jarayon ekanligi bo‘lib, unda maktab, oila, bolalar va o‘smirlar tashkilotlari, mahalla, keng jamoatchilik, kinoteatr, televideniye, adabiyot va san’at ishtirok etadi. Tarbiyaning yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Ta’limdan farqli ravishda u bola tug'ilganidan boshlanadi, maktab yillarida, undan keyin va butun umr bo‘yi davom etadi. Tarbiyaning ta’limdan farqlantiruvchi yana bir xususiyati shundaki, u yaxlit holda va konsentrik asosda amalga oshiriladi. Tarbiyaning turli tomonlari bir-biri bilan uzviy bogiangan. Boshlang‘ich sinfda ham, o‘rta va yuqori sinfda ham ayni bir narsa, masalan, do‘stlik, ahillik, vatanparvarlik va boshqalarni tarbiyalash ko‘zda tutiladi. Tarbiyaning yana bir xususiyati shundaki, bu jarayon ikki tomonlama xususiyatga ega boiib, unda bolaning o‘zi ham faol ishtirok etadi. Tarbiyada qarama-qarshiliklaming ko'pligi yana bir xususiyatdir. Bu qarama-qarshiliklar bolalarda o‘z tushunchalariga muvofiq dastlabki paydo boigan sifatlar bilan tarbiyachi tomonidan tarkib toptirilayotgan sifatlar o'rtasida o'quvchilarga qo‘yilgan talablar bilan uni bajarish imkoniyatlari o'rtasidagi kurashlarda namoyon boiadi. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Mutafakkir olim Abu Nasr Forobiy taiim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini sekin-asta ko'nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma‘naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. TARBIYA Download 26.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling