Baxtiyorova Husnora Muzaffar qizi O‘ta-403 4-amaliy mashg‘ulot


Download 18.06 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi18.06 Kb.
#196109
Bog'liq
Baxtiyorova Husnora 403. 4-amaliy5


Baxtiyorova Husnora Muzaffar qizi

O‘TA-403

4-AMALIY MASHG‘ULOT

  • Eksperiment metodi nechchiga bo‘linadi.

Kuzatish bu tadqiqot ochiq-oydin axloqni tekshirganida qo’llanadigan uslub. Tabiiy muhitda, axloq juda uzoqqa cho’zilgan vaqt mobaynida kuzatilishi mumkin, keyin yozib olinishi va kategoriyalashtirilishi mumkin. Tadqiqot uzlubi sifatida, kuzatish uslubi, sanoatda tashkiliy psixologiyasida ko’p ishlatilmaydi, eng avvalo ko’p vaqt va quvvat talab qilganligi bois ham.

Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilardi: 


Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 

  1. Kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; 

  2. Sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi; 

  3. Tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi; 

  4. Kuzatishqancha davom etishi qat’iylashtiriladi; 

  5. Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi

  6. Kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazishi) tayinlanadi; 

Kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafaon, fideoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi. 

Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va xokazolari o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni etishmaydi. Masalan, go’dag bolani kuzatishda uning harakatlari, o’yinchoqlarga munosabati, his-tuyg’usi, talpinishi, maylli, hoxishi aniqlanadi.



Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo’yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan ob’ektga yo’naltirilganligini, tashqi o’zg’atuvchilar ta’siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko’zdagi g’ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib, tafakkurning kechishidagi o’zgarishlarni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, qo’lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma’lumot beradi.
Download 18.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling