Baxtiyorova yulduzning


ALLA VA UNING MOHIYATI. BESHIK TO‘YI BILAN BOG‘LIQ URF-ODAT VA DASTURLAR


Download 44.44 Kb.
bet5/11
Sana26.01.2023
Hajmi44.44 Kb.
#1126525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
YULDUZ BAKHRAMOVNA

ALLA VA UNING MOHIYATI. BESHIK TO‘YI BILAN BOG‘LIQ URF-ODAT VA DASTURLAR.
Alla va uning mohiyatini menga Ubbishova Shukurjon ena aytib berdi.Ular shunday dedilar: Alla – bu bizning bolaligimizdan boshlab eshitib kelayotgan qulog‘imizga tanish go‘zal musiqiy ohang hisoblanadi. Alla eshitib katta bo‘lgan bolalar mehribon va botir , mard, oqko‘ngil bo‘lib yetishadi.Insonlar oddiy yoki mantiqiy ma’noga ega bo‘lgan so‘zlarni tushunmasligi mumkin. Masalan dunyoning u burchagidagi insonni dunyoning bu burchagidagi inson tushunmasligi, anlamasligi mumkin. Lekin dunyoning u burchagida aytgan ona allasini dunyoning bu burchagidagi odam bemalol tushunadi. Alla shunday yoqimli kuyki, uni eshitgan har qanday chaqaloq orom oladi. Alla orqali onaning bolaga bolaning onaga mehri ioshadi va ifodalanadi. Alla onaning bolaga bo‘lgan mehr-muhabbati , umid va orzulari, yaxshi niyat va tilaklarini anglatish bilan birga ruhiy kechinmalarini ham ifodalaydi. Alla qo‘shiqlari yig‘I ohanglariga yaqin bo‘ladi.
Beshik chaqaloqning ona qarindoshlari – bobosi, buvisi, tog‘a va xolalari tomonidan qilinadigan marosim bo‘lib hisoblanadi. Dastlab, beshik udumi bilan bog‘liq chaqaloqqa kerakli barcha buyumlar tayyorlanadi.Dasturxonga non , patir va anvoyi shirinliklar tugulgan, shuningdek unga yana o‘yinchoqlar (qiz bo‘lsa qo‘g‘irchoq ) qo‘shiladi.Ko‘p yerlarda (Xususan Toshkentda ) chaqaloqqa atab toy ham yasatilgan(agar og‘il bo‘lsa ).Chaqaloqning ota – onasi ,bobosi va buvisiga sarpo ham q’yiladi.Bezatilgan beshik , sovg‘alar aravaga yuklab , karnay- sunray va childirmachilar jo‘rligida olib borilgan.Mehmonlar kutib olinganda , niyatlari oq bo‘lishi , bolaga baxt tilash ramzi sifatida ularning yuzlariga un surib qabul qilinadi.Shu vaqtning o‘zida boshqa xonada doya buvi boshchiligida barcha irim – sirimlar ijro etilib , chaqaloqni beshikka belash marosimi o‘tkaziladi.(Odatda , bolani beshikka ko‘p bolali ayol belagan.)Marosim oxirida yaqin qarindoshlari chaqaloq huzuriga , yuz ko‘rarg a kirib sovg‘a berib , beshik ustiga shirinlik sochib, baxt tilab chiqib ketadilar.
Biz tomonda beshik to‘yi o‘ziga xos urf-odatlarga ega .Masalan bizda beshik to‘yi chaqaloq tug‘ilgandan keyin tez bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda chaqaloq bir yoshga to‘lganidan keyin olib kelinadi.Beshikni kelinning onasi tomon olib kelishadi.Beshikning ichi hamma narsalar bilan bezatilib olib kelinadi.Hozirgi vaqtda beshikka qo‘shib boshqa narsalar ham olib kelinadi . Masalan, kolyaska , arg‘imchoq , belanchak , xodonog va boshqa har xil o‘yinchoqlar olib kelinadi. Bolani beshikka bo‘lash jarayonida beshikka bo‘lashdan oldin belayotgan odam uni qaysi tomondan belashini so‘raydi , o‘ngmi , chapmi deb so‘raydi , odamlar hammasi o‘ng deb aytadi va beshikka o‘ng tomondan belashadi ekan .Yana beshikka bo‘lagan odam beshikni ot qilib chopadi.chopganda beshikni qarindosh – urug‘larga , ammalarga xolalarga , yangalarga va boshqa qarindoshlarga olib boradi.Ular unga pul , ro‘mol, matolar berishadi .Bolani beshikka belashdan oldin beshikka gugurt bilan o‘t o‘tkaziladi . Buning ma’nosi , shayton bo‘lsa chiqsin degani . Beshikka pichoq , qalampir, non , piyoz , tuz qo‘yiladi.Buning ma’nosi tuz- noonday rizq nasibasi baland bo‘lsin , pichoqday tili o‘tkir bo‘lsin , qalampir bilan piyoz esa ko‘z tegmasligi , bola bir o‘zi qolganda seskanmasligi uchun .Beshikka bo‘lagan odam alla aytadi . Kuytov taraf kelin tarafga , kelin taraf kuyov tarafga kiyim kechaklar beradi . beshikka bo‘lagan oamga ham atagan narsalarini beradi . Sochqilar sochiladi . Buning ma’nosi yig‘ilgan odamlarning uyida shunday quvonchli kunlar bo‘lsin deb –dedilar.


Download 44.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling