Baxtiyorova yulduzning


QIZ BAZMI BILAN BOG‘LIQ URF-ODATLAR


Download 44.44 Kb.
bet8/11
Sana26.01.2023
Hajmi44.44 Kb.
#1126525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
YULDUZ BAKHRAMOVNA

QIZ BAZMI BILAN BOG‘LIQ URF-ODATLAR
Qiz bola palaxmon toshi degan iborani eshitganmiz, albatta.Onam aytishlariga qaraganda : Bizning yurtimizda qiz uzatish dasturi qadimiy dastur hisoblanadi . Bizda qiz uzatishda qizni uzatib olinadi, ya’ni sovchi yuboriladi, agar qiz yigitni xohlasa sirg‘a solish marosimi bo‘ladi , keyin qudatushar bo‘ladi. Unda yigit taraf quda bo‘lib keladi va qizning qalin pulini olib kelishadi .Burunduq onasi patir , qatlama , bir tog‘ora bo‘rak olib boradi. Qudalar kelinga ,quda – andalariga , sarpo kiyim kechaklar olib kleishadi . Shu kuni to‘y kuni belgilanadi , va shu kuni qizlar bazmi bo‘ladi .
Bu dasturda qizning yangalari kuyov va uning qarindosh urug‘larini mehmon qiladi. To‘yning eng qiziq joylaridan biri bu –tuhfa(qade) olish hisoblanadi .Qizning yangalari kuyovning kiyimlarini tintib pul olishadi . Cho‘ntaklardan chiqqan pul yangalarniki hisoblanadi .Shundan keyin eshik tuhfasi (esik qadesi) bo‘ladi ,eshik tuhfasi bo‘lmasa ichkariga kiritilmaydi . Keyin ko‘rpacha tuhfasi , ya’ni kuyovning tagiga toza quroq ko‘rpacha to‘shaladi. Toza quroq ko‘rpachaning ma’nosi ikki yosh baxtli bo‘lsin , o‘sib – unsin , quroqday quralib yuravesin .Etagi to‘la farzandlar bo‘lsin degan ma’noda to‘shaladi . Unga ham tuhfa beriladi .Keyin kuyov va jo‘ralariga tilak navbati beriladi va shu tilakning tuhfasi olinadi . Bu tilak tuhfasi deyiladi.Biz tomondagi to‘ylarning qiziqarli taraflari shu tuhfalari hisoblanadi . Shu kuni to‘y kuni belgilanadi , va to‘y kuni kuyov yigit og‘asi va jo‘ralari bilan keladi . Yigit og‘asi el tuhfasini <> uchun oyna va taroq olib kelinadi . Qiz ota uyidan <> bilan uzatiladi . <> qizning uyidan uzatilib ketayotganda yig‘I ohanggi bilan aytilgan . Uning yonidagi qiz kelinchaklar qo‘shiqning takrorni xo‘r orqali ma’qullagan. So‘nggi 70 – 80 yil ichida <> ni aytish boshqa tur bo‘lib , to‘ylarda maxsus bir atoqli yetakchilar tomonidan boshqarilgan .
O‘z akemnin’ esigi , jupar esik ha’wjar ,
Kirsem shiqsam shashimdi siypar esik ha’wjar ,
Qayinatamnin’ esigi shengel esik ha’wjar ,
Kirsem shiqsam shashimdi jular esik hawjar .

Qoy su’yedi balasin , qozim-ay deb ha’wjar ,


Hesh na’rseni ko‘rmegen bozim-aw deb ha’wjar ,
Uzatqan qiz jilap , o‘ksip – o‘ksip hawjar ,
Qa’ne menin’ qizdag‘I nazimay deb ha’wjar .

Torg‘ay su’yer balasin , tolg‘anim deb ha’wjar ,


Tobilg‘inin’ basinda qong‘anim deb ha’wjar ,
Uzatqanda qiz jilar o‘ksip –o‘ksip ha’wjar ,
Sonda menin’ quraqtay solg‘anim deb ha’wjar .
Biz tomonda qiz uzatish to‘yi ertalabdan boshlanib , qizni olib ketguncha davom etadi , qizni olib ketgandan keyin , qizning uyidagilar va qarindosh urug‘lari yigit tarafga quda bo‘lib borishadi .
Bizda qiz olib qochish degan dastur bor .Ya’ni qizni olib qochishadi .Qizni olib qochganini yigitning uyi biladi va barcha narsani tayyor qilib qo‘yadi .Kelin olib kelingandan keyin kuyovning jo‘ralari kuyovning onasidan tuhfa so‘raydi , Tuhfani olganidan keyin kelinni beradi.Kelinni uyga olib kirgandan keyin tagiga toza quroq ko‘rpacha to‘shaydi , buning ma’nosi ikki yosh baxtli bo‘lsin , uvali-juvali bo‘lsin degan ma’noda qilinadi . Qarindosh urug‘laridan Yoshi ulug‘ kishilarni qizning uyiga xabarchi sifatida yuborishadi . Xabarchilar qizning uyiga borib, qizingizni bizning yigitlar olib qochibdi , deb xabar berishadi . Qiz tomondan onalar , buvilari, yangalari qiz ketidan borshadi .Qiz bilan gaplashishadi . Qizning yigitda ko‘ngli bo‘lsa tashlab ketishadi . Ko‘ngli bo‘lmasa olib ketishadi . Agar qizning ko‘ngli bor bo‘lib kelsa qizga oq fotiha , qizning ketidan kelganlarga (tapberdi) tuhfalari beriladi . Qiz tomondan kelganlarga mato beriladi .Kelin qolgandan keyin ertasi kuni mehmon oshi (qonag‘asi) beriladi . Ya’ni , el-yurtga kelin kelganini bildiirb , kelinga ish berish uchun mehmon oshi beriladi. Shuni ham, aytib o‘tish kerakki , agar qizni uzatib olsa , to‘y kuning ertasiga , olib qochish orqali olsa , Olib qochgan kunining ertasiga beriladi .Uzatib olsa , ish berish deyiladi , olib qochsh orqali olsa mehmon oshi deyiladi . Olib qochish orqali bo‘lsa to‘y bo‘laman deguncha kelin- kuyovning xonasiga chimildiq tortilib qo‘yiladi va qachon to‘yi bo‘lsa shu paytda chimildiq olinadi >>- deb menga ushbu ma’lumotlarni aytb berdi.


Download 44.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling