Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash mexanizmi va rivojlantirish masalalari
Download 1.61 Mb.
|
Sug'urta
«Kafolat» davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi tashkil topgan dastlabki yillarda majburiy va ixtiyoriy sug‘urta sohasining 25 turi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, hozirga kelib, umumiy sug‘urta tarmog‘ining barcha 17 ta klasslari doirasida 80 dan ortiq sug‘urta turlarini taklif etib kelmoqda. Hususan, so‘nggi yillarda ixtiyoriy tibbiy sug‘urta, ipoteka sug‘urtasi, lizing sug‘urtasi, garovga qo‘yilayotgan avtotransport vositalarini kompleks sug‘urtalash, eksport shartnomalarini kompleks sug‘urtalash, ijaraga olingan ko‘chmas mulk sug‘urtasi, tibbiyot xodimlarining kasbiy javobgarligini sug‘urtalash kabi bir qancha yangi sug‘urta turlari ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etildi.2020 2015
2010 2005
2025 2019 yil yakuniga ko‘ra kompaniyada jami sug‘urta mukofotlari hajmi 42,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2017 yil ko‘rsatkichiga nisbatan 9,5 mlrd. so‘mga oshdi. Sug‘urta mukofotlari umumiy hajmida 9,2% dan ortiq ko‘rsatkich bilan kompaniya respublikadagi 36 ga yaqin sug‘urtalovchilar o‘rtasida 4- o‘rinni egalladi. Mijozlar bilan ishlashning faolligi darajasini aks ettiruvchi sug‘urta shartnomalari soni salkam 42,0 mingtani tashkil etib, bu bo‘yicha esa kompaniya O‘zbekistonda ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda. SHu o‘rinda ta’kidlash joizki tuzilgan shartnomalar sonining 81,4 foizi jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. «Kafolat» davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilgan sug‘urta xizmatlari hajmi salkam 15,1 trln. so‘mni tashkil etib, 2018 yil ko‘rsatkichiga nisbatan 5,1 trln. so‘mga oshdi. 2019 yil yakuniga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan 3023 ta da’vo arizalari yuzasidan sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi, bu o‘rta hisobda kuniga 7-8 ta sug‘urta to‘lovlari amalga oshirilganligidan dalolat beradi. Sug‘urta qoplamalarining asosiy qismi transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash, ish beruvchining fuqorolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, garovga qo‘yilgan mulkni sug‘urtalash, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli mulk va avtotransport vositalarini sug‘urtalash hamda shaxsiy sug‘urta turlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling