«Kafolat» davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi tashkil topgan dastlabki yillarda majburiy va ixtiyoriy sug‘urta sohasining 25 turi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, hozirga kelib, umumiy sug‘urta tarmog‘ining barcha 17 ta klasslari doirasida 80 dan ortiq sug‘urta turlarini taklif etib kelmoqda. Hususan, so‘nggi yillarda ixtiyoriy tibbiy sug‘urta, ipoteka sug‘urtasi, lizing sug‘urtasi, garovga qo‘yilayotgan avtotransport vositalarini kompleks sug‘urtalash, eksport shartnomalarini kompleks sug‘urtalash, ijaraga olingan ko‘chmas mulk sug‘urtasi, tibbiyot xodimlarining kasbiy javobgarligini sug‘urtalash kabi bir qancha yangi sug‘urta turlari ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |