Bayonnoma (majlis bayoni)
Download 22.45 Kb.
|
bayonnoma
Biz bundan keyingi iqtidorli talabalar bilan ishlash faoliyatimizni ana shu ro‘yxat asosida olib borishimiz lozim. Demak ularga ilmiy rahbar sifatida biriktirilgan professor-o‘qituvchilar har bir talaba bilan individual tartibda ish olib borishi, ularda ilmiy ish olib borishga rag‘bat uyg‘otishi lozim. Ayni paytda, kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari bo‘yicha ularga 24 soat hajmida dars o‘tishlari zarur. Aytilganlardan kelib chiqib, kafedra q a r o r q i l a d i: 1. Iqtidorli talabalar bilan ishlash berilgan ro‘yxat asosida olib borilsin. 2. Har bir talabaning ilmiy rahbariga ular bilan shug‘ullanishni qat’iy reja asosida olib borish va o‘zbek tilshunosligi faniga rag‘bat uyg‘otish vazifasi yuklatilsin. 3. Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilariga o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari bo‘yicha ularga 24 soat hajmida dars o‘tishlari zarurligi uqtirib o‘tilsin. 4. Iqtidorli talabalarning kafedra ilmiy hayotida faol ishtirok etish va turli nashrlarda maqolalar bilan qatnashish uchun sharoit yaratish har bir o‘qituvchining pedagogik burchi deb hisoblansin. 5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish A.A.Fafforov zimmasiga yuklatilsin. II. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzusida o‘tkazilgan konferensiya yakuni to‘g‘risida. -148-
O‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida prof. B.O‘rinboyev, dos. Z.Aliqulov, f.f.n. J. Eltazarovlar ham o‘z fikrlarini aytdilar. Q a r o r q i l i n d i: 1. Kafedra mudiri prof. S.A.Karimovning «Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘ot-it turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzusida o‘tkazilgan konferensiya yakuni to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. IV. Har xil masalalar. 4.1. Tayyor o‘quv qo‘llanmalarini nashrga tavsiya etish to‘g‘risida. Eshitildi: ushbu masala yuzasidan kafedra mudiri prof.S.A. Karimov gapirib, kafedra a’zosi dos. J.Hamdamov o‘quv rejasida ko‘rsatilgan «O‘zbek tili tarixi» faniga doir to‘rt qismdan iborat o‘quv qo‘llanmasining birinchi qismini tayyorlab, 1999 yilda nashr qildirganligini ma’lum qildi. Bu o‘quv qo‘llanmasi kam nusxada (100 dona) chop etilgani sababli o‘sha yildayoq tarqalib ketdi, nodir nashrga aylanib qoldi. Hozir talabalar orasida ushbu o‘quv qo‘llanmasiga ehtiyoj katta. Ularning ehtiyojini qondirish maqsadida muallif qo‘llanmani qaytadan ko‘rib chiqib, o‘zgartirishlar kiritgan, ayrim joylarni yangi materiallar bilan to‘ldirib, uning ikkinchi nashrini tayyorladi. Universitetimiz talabalari uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanmani qayta nashr etish zarur deb hisoblayman. Download 22.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling