Hazorasp tumanidagi 48–son umumiy o`rta ta’lim maktabida o’tkazilgan to’garak
BAYONNOMASI
«___»________2022 yil Hazorasp tumani
Yig’ilish raisi: O’.Bekturdiyev
Kotibi: M.Boltayev.
Qatnashdi: Maktab direktori O’.Bekturdiyev, Hazorasp tuman IIB HPB VYMB katta inspektor-psixologi M.Sopayev, maktab jismoniy ta’rbiya fani o’qituvchilari, maktab 8-9-10-sinf o’quvchilari.
Kun tartibi:
“O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvar kunidagi PQ 92–sonli qarori” ijrosi yuzasidan sportning futbol turidan o`tkazilgan musoboqa to`g`risida
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori O’.Bekturdiyev so`zga chiqib, “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvar kunidagi PQ 92–sonli qarori” ijrosi yuzasidan sportning Quvnoq startlar yuzasidan o`tkazilgan musoboqada maktabning yuqori sinf o`quvchilari qatnashdi.
Musoboqalarda 11-sinf o`quvchilari 1-o`rinni, 9-sinf o’quvchilari 2-o`rinni, 10-sinf o’quvchilari 3-o`rinni egalladilar. Musoboqa ishtirokchilar juda faol ishtirok qilganligini takidladilar.
Musoboqa so`ngida Hazorasp tuman IIB HPB VYMB katta inspektor-psixologi M.Sopayev so`zga chiqib, musoboqa to`g`ri tashkil qilinganini va o`quvchilarni faolligini alohida takidlab va yuksak maralarga erishlarini takidlab kelgusidagi o‘qishlariga omad tilab o‘tdilar.
Yuqoridagilarni tinglab Yig’ilish
Qaror qiladi.
“O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvar kunidagi PQ 92–sonli qarori” ijrosi yuzasidan sportning Quvnoq startlar musoboqasi yaxshi o`tdi deb topilsin.
Musoboqa ishtirokchilari ertalabki saflanishda maktab o`quvchilariga o`rnak qilib ko`rsatilsin.
Musoboqalarni boshqa sportning boshqa turlari bo`yicha o`tkazish rejasi tuzilsin va o`tkazish maktabning MMIBDO` zimmasiga yuklatilsin.
Yig’ilish raisi: O’.Bekturdiyev
Kotibi: M.Boltayev.
Do'stlaringiz bilan baham: |