Bayonnomasi 05 sentyabr 2022-yil Guliston shahri Qatnashdi: 31 kishi Raislik etuvchi: S. Artikov Yig‘ilish kotibi: F. Norinberdiyev kun tartibi


Download 21.45 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi21.45 Kb.
#1558360
Bog'liq
Хайфсан А.Исроилов га


“TASDIQLAYMAN”
Guliston shahar xalq ta’limi
bo‘limi mudiri ___________________S.Artikov
“______”___________2022-yil


BAYONNOMASI
05 sentyabr 2022-yil Guliston shahri
Qatnashdi: 31 kishi
Raislik etuvchi: S.Artikov
Yig‘ilish kotibi: F.Norinberdiyev

KUN TARTIBI:
1.Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 19-avgust kungi intizorniy hamda moddiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi №4-1201-2204/190З -sonli xususiy ajrimi muxokamasi.

Eshitildi: Guliston shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri S.Artikov kun tartibidagi masalani yig‘ilish qatnashchilariga tanishtirdi va Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 19-avgust kungi intizomiy hamda moddiy javobgarlikka tortish to‘g‘isidagi № 4-1201-2204/ 190З -sonli xususiy ajrimini yig‘ilish qatnashchilariga o‘qib eshittirib quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining 2022 yil 19-avgustda qabul qilgan hal qiluv qaroriqa asosan Guliston shahar xalq ta’limi bo‘limidan da’vogar foydasiga 1 000 000 so'm penya va oldindan to'langan 24000 so'm pochta xarajati, jami 1 024 000 so'm hamda Respublika byudjetiga 1560715.16 so'm davlat boji undirilgan. Natijada Guliston shahar xalq ta’limi bo‘limi rahbariyati mas'ul xodimlari tomonidan to'lov intizomi hamda Respublika byudjetiga 2584715,16 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Biz bugun shu kamchiliklarning kelib chiqishida aybdor bd'lgan mas'ul xodimni intizomiy ya moddiy javobgarlikka tortishimiz kerak.
So'zga chiqdi: Guliston shahar xalq ta’limi bo‘lim mudiri o‘rinbosari S.Axmedov haqiqatdan ham foydalanilgan gaz uchun to'lovni o'zvaqtida to'lamaganligi oqibatida 1 000 000 so'm penya kelib chiqqan va davlat boji hamda pochta to'lovi uchun budjetga 2584715.16 so'm miqdorda zarar etkazilgan. Shahar xalq ta’limi bo‘limi bosh hisobchisi A.Isroilov xabardor qilinganiga qaramasdan debitor qarzdorlikni kamaytirish choralarini ko'rmagan. Shuning uchun shahar xalq ta’limi bo‘limiga keltirilgan 300 000 so‘m zararni to'lashi va intizomiy jazoga tortilishi lozimligini gapirib o'tdi.
Mudir o’rinbosari S.Axmedov So'zga chiqdi::Guliston shahar xalq ta’limi bo‘lim mudiri o‘rinbosari S.Axmedov bo‘liminingning gaz, elektr energiyasi, chiqindi, suv va boshqa to‘lovlarning nazorati bevosita bosh hisobvchining vazifasi ekanligi, o'z vazifasini yetarli darajada bajarmaganligi uchun bo‘limga 300 000 so‘m zarar yetkazilganligini, bu summa shahar xalq ta’limi bo‘limi hisobiga undirilishi kerakligini gapirib o‘tdi. Bayon etilganlarga asoslanib yig‘ilish
QAROR QILADI:

  1. Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 18-avgust kungi intizomiy

hamda moddiy javobgarlikka toritish to‘g‘risidagi №4-1201-2204/190З -sonli
xususiy ajrimi ijro va ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2. Shahar xalq ta’limi bo‘limiga keltirilgin 300 000 so'm zarar bo‘lim hisobiga undirilsin va unga , “HAYFSAN”intizomiy jazosi berilsin.
3. Kelib chiqqan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilansin.
4. Bajarilgan ishlar to‘g‘risda 2022- yil 20- avgustga qadar Guliston tumanlararo iqtisodiy sudiga ma’lumot berilsin.
5. Ushbu qarorning ijrosi nazorati mudir o’rnbosari S.Axmedov zimmasiga yuklatilsin.
Download 21.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling