Bayonnomasi №1 2022-yil 9-sentyabr Qatnashdilar: Maktab direktori: M. Alqarov Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: Sh. Mamasodiqov Maktab xodimlari: 44 nafar xodim Kun tartibidagi masala
Download 410.4 Kb.
|
7 Ma\'naviyat ma\'rifat o‘quv bayonnomalari(1)
Yig’ilish raisi: M.Alqarov
Yig’ilish kotibi: O.Ungalov PAXTAKOR TUMANI 7-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT O’QUVLARI YIG’ILISHINING Bayonnomasi №25 2023-yil -17-mart Qatnashdilar: Maktab direktori: M.Alqarov Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: Sh.Mamasodiqov Maktab xodimlari: 32 nafar xodim Kun tartibidagi masala: “O`z bolangizni, o`z uyingizni, o`z vataningizni ko`z qorachig`idek asrang” mavzusida ” Axborotchi : F.Tovboyev Kun tartibidagi masala yuzasidan F.Tovboyev so’zga chiqib O`z bolangizni, o`z uyingizni, o`z vataningizni ko`z qorachig`idek asrang” mavzusida ”gapirdi: Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev parlamentga Murojaatnomasida ijtimoiy masalalarga ham alohida ahamiyat qaratdi: “Oxirgi uch yilda “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash bo'yicha olib borayotgan keng ko'lamli ijtimoiy islohotlarni davom ettiramiz. Buning uchun, birinchidan, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish – biz uchun bosh vazifalardan biri bo'lib qoladi. Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbaiga ega emasligi sir emas. Har qanday mamlakatda bo'lgani kabi bizda ham kam ta'minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga ko'ra, ular taxminan 12-15 foizni tashkil etadi. Bu yerda gap kichkina raqamlar emas, balki 4-5 million aholimiz vakillari haqida ketayapti. Ba'zi odamlar ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to'lash yoki ular miqdorini oshirish orqali ushbu muammoni hal qilish mumkin, deb o'ylaydi. Bu – bir tomonlama yondashuv bo'lib, muammoni to'la yechish imkonini bermaydi. Kambag'allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg'otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to'la ro'yobga chiqarish, yangi ish o'rinlari yaratish bo'yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Shuning uchun, Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlanish Dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga Kambag'allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqishni taklif qilaman. Bunda xalqaro me'yorlar asosida chuqur o'rganishlar o'tkazib, kambag'allik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash uslublarini qamrab olgan yangi metodologiyani yaratish lozim. Ko’rib chiqilgan masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi: 1.Ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari F.Tovboyev so’zga chiqib O`z bolangizni, o`z uyingizni, o`z vataningizni ko`z qorachig`idek asrang” mavzusida ”mavzusida ma`ruzasi ma`lumot uchun qabul qilinsin. 2.Ushbu ma’ruzalari yuzasidan maktab o’quvchilari orasida ham tushuntirish ishlarini olib borish Sh.Mamasodiqov va barcha sinf rahbarlarga topshirilsin. 3.Ushbu ma’ruzalardan dars jarayonida foydalanish barcha o’qituvchilarga yuklatilsin. 4.Ushbu qarorlar bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman. Download 410.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling