Bayonnomasi №4 Mavzu: turizm: jаdаl rivojlаnаyotgаn tаrmoq


Download 29.6 Kb.
bet1/2
Sana27.02.2023
Hajmi29.6 Kb.
#1234456
  1   2
Bog'liq
баённома № 4 26.09.2022


Namangan davlat universiteti
Jismoniy madanyat fakulteti
Jismoniy madaniyat yo’nalishi


Jismoniy madaniyat JSM-DU-21 -guruhi talabalari
2022-yil 26-sentabr kuni o'tkazilgan “Mustaqillik darsi”

BAYONNOMASI № 4




Mavzu: TURIZM: JАDАL RIVOJLАNАYOTGАN TАRMOQ


Turizm bugungi kunda tez rivojlanayotgan va daromadi boʻyicha yetakchi sohalardan biri hisoblanadi. Soʻnggi yillarda turizm jahon eksportida oʻzining ulkan hissasiga ega boʻldi va butunjahon yalpi ichki mahsulotining 11%ni tashkil qilmoqda. Soʻnggi 40 yil davomida boshqa mamlakatlarga tashrif buyuruvchi turistlar soni 20 martaga, turizmdan keluvchi daromad 60 martaga oshdi va xalqaro turizmdan olinuvchi daromad 400 mlrd. dollarga yetdi1. Xususan, Oʻzbеkistоnda erishilayotgan muvaffaqiyatlar zaminida iqtisоdiyotni libеrallashtirishni chuqurlashtirish, mamlakatni mоdеrnizatsiyalash, barcha sоhalarni, jumladan, xizmat koʻrsatish sоhasining yеtakchi tarmоqlaridan biri boʻlgan turizmni ham barqarоr rivоjlantirish yotibdi.
Mamlakatimiz turizm sohasida ulkan salohiyatga ega boʻla turib, uzoq yillar bu imkoniyatdan toʻliq va samarali foydalanilmadi. Turizm rivoji uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilmadi, hamma oʻz bilganicha faoliyat yuritib keldi.
Davlatimiz rahbarining 2016-yil 2-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, sayyohlik mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmogʻi sifatida belgilandi. Prezidentning 2017-yil 16-avgustdagi qarori bilan 2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3514-sonli qarorining qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi muhim voqealardan biri boʻldi. Ushbu qaror orqali ichki turizm tobora rivojlanib borayotgan mamlakatimizda koʻplab vatandoshlarimizning yurtimiz boʻylab sayohat qilishiga keng imkoniyatlar yaratildi.
Ushbu qarorga koʻra “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi qabul qilindi va ushbu dasturning amalga oshirilishi mamlakatda sayyohlik madaniyatining rivojlanishiga sezilarli ta’sir koʻrsatdi. Mamlakatda ichki sayyohlarning umumiy soni 2016-yildagi 8,8 milliondan 2019-yilda 14,7 milliondan, 2021-yilda esa 15 milliondan oshgan2.
Soʻnggi yillar ichida Oʻzbekistonda 833 ta yangi mehmonxonalar: yirik, oʻrta va kichik mehmonxonalar foydalanishga topshirilgan. Joylashtirish fondlarining umumiy soni 1442 taga yetgan. Bunda xonalar soni – 33,4 ming donani tashkil etayotgan boʻlsa, undagi oʻrinlar – 71,2 taga yetkazilgan. Ayni paytda Oʻzbekistonda yuzlab yangi mehmonxona loyihalari barpo etilmoqda, ular yaqin kelajakda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
2022-yil mart oyida Oʻzbekistonda barcha toifadagi mehmonxonalar va hostellarni oʻrtacha band qilish boʻyicha statistik ma’lumotlar tahlili ijobiy oʻzgarishlarni koʻrsatgan. Ya’ni 28-30-mart kunlari – uch kunlik davrdagi yuklama respublika boʻyicha 70,8 foizdan ortiq, Toshkent shahrida 83,6 foiz, Samarqandda 62,3 foiz, Qoraqalpogʻistonda 93,9 foiz, Xorazmda 56,3 foiz, Buxoroda 46 foizni tashkil etgan. Bu juda yaxshi koʻrsatkichlar boʻlib, turizm industriyasining oʻsishidan, mehmonxona biznesi uchun esa rentabellikning tez tiklanishidan darak beradi.
Ma’lumot uchun, 2017-yilda mehmonxonalarning bandlik darajasi 39,3 foizni, 2019-yilda – 53,1 foizni, pandemiyaning oʻtkir davrida – 22,1 foizni, oʻtgan yili bandlik koʻrsatkichi 36,3 foizni tashkil etgan.
2019-2022-yillarda Oʻzbekistonda boʻlgan sayyohlar sonining tahlili sezilarli tiklanish dinamikasini koʻrsatmoqda, garchi 2022-yilda bu koʻrsatkich 15 foizga ortda qolayotgan boʻlsa-da, xonalar soni 2019-yilga nisbatan 26 147 oʻrindan 33 411 tagacha, ya’ni 7264 ta mehmonxona xonasiga (21,7 foiz) oshgan.
Oʻzbekiston mehmonlari orasida mahalliy sayyohlar va mamlakat fuqarolaridan tashqari rossiyaliklar – 23,4 foiz, qozogʻistonliklar – 18,9 foiz, tojikistonliklar – 14,4 foiz, turkiyaliklar – 7,7 foizni tashkil etdi. Mehmonxonalarda yashovchi barcha xorijliklar: qirgʻizistonliklar – 6,3 foiz, belarusliklar – 4,6 foiz, xitoyliklar – 3,2 foiz, fransiyaliklar – 1,7 foiz.
2019-yilning pandemiyadan oldingi davrida 84,8 ming nafar chet el fuqarosi yashagan boʻlib, umumiy ulushda eng koʻp rossiyaliklar – 16,8 foizni, qozogʻistonliklar – 15 foizni, tojikistonliklar – 6,3 foizni, xitoyliklar – 6,1 foizni, afgʻonistonliklar – 5,7 foiz, turkiyaliklar – 5,5 foizni tashkil etgan.
2022-yil 19-sentabr kuni Prezident Sh.Mirziyoyev raisligida mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Davlatimiz rahbari bu yili turizm uchun pandemiyadan keyin qayta tiklanish davri boshlanganini taʼkidladi. Jumladan:
- sentabrgacha boʻlgan davrda yurtimizga kelgan xorijiy turistlar soni 2021-yilga nisbatan 3 baravarga koʻpaydi va 3,1 million nafarni tashkil etdi;
- yil boshidan turizm eksporti hajmi 926 million dollar boʻldi (2019-yil davomida 951 million dollar boʻlgan);
- yurtimizga kelgan mehmonlarning sayohati oʻrtacha 4-5 kungacha, sarflagan mablagʻi 305 dollargacha koʻpaydi (bu 2019-yilda oʻrtacha 3 kunni tashkil etib, ular 195 dollar sarflagan);
Ichki sayohat qiluvchilar soni ham oʻtgan yilga nisbatan 3,5 baravarga oʻsib, 7,5 million nafarni tashkil qildi.
Turizmda topilgan daromadning 30 foizi odamlarning qoʻliga ish haqi boʻlib borishi, sanoatda va boshqa tarmoqlarda bu 10 foizdan oshmasligi koʻrsatib oʻtildi. Turizm sohasida yaratilgan bitta ish oʻrni turdosh tarmoqlarda qoʻshimcha ikkita ish oʻrni paydo boʻlishiga turtki beradi.
Yigʻilishda taʼkidlanganidek, yil boshidan Samarqand – 900 ming, Fargʻona – 850 ming, Andijon – 650 ming ichki sayyohlarni qabul qilib, bu borada peshqadam boʻldi.
Lekin ayrim viloyat, tuman va shaharlar natijalari yaxshi emas. Sirdaryoga – 151 ming, Navoiyga – 262 ming, Jizzaxga – 275 ming ichki sayyoh tashrif buyurib, bu ularning salohiyatidan ancha kam boʻldi.
Chetdan kelgan turistlar uchun koʻrsatilgan xizmatlar Qashqadaryoda juda past boʻlib, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi, Kasbi tumanlarida turizm xizmatlari umuman koʻrsatilmagan.
Shu bilan birga, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Namangan va Surxondaryoda ham xorijiy turistlarga xizmat koʻrsatishdan tushumlar qolgan hududlardan ancha orqada.
Ayniqsa, Sherobod, Oltinsoy, Kosonsoy, Toʻraqoʻrgʻon, Arnasoy, Karmana, Urgut, Guliston, Yangiyoʻl, Xiva tumanlarida turizm xizmatlari umuman koʻrsatilmagan.
Turizm vazirligi va viloyat hokimlari oldiga yangi imkoniyatlardan foydalanib, kelgusi yilda kamida 7 million xorijiy va 12 million ichki turistlarni jalb qilish vazifasi qoʻyildi.



Download 29.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling