Bayonnomasi O'tkazish vaqti
Download 24.17 Kb.
|
002 26-may Narvon MFY Narvon qishlog\'i 65-maktab 11,00
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qatnashdi
- Sozga chiqdi
- Ishtirokchilar tomonidan tushgan takliflar va savollar
- Qaror qilindi
- Jizzax viloyati"QAIIK" loyihasi Forish tumani ijtimoiy mobilizatsiya bo’yicha instruktori O.Xoliqov Forish tumani "Narvon" MFY raisi Z.Yunusov
«Qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasini Jizzax viloyati JSXlar tomonidan Forish tuman “Narvon” MFYda yashovchi faol erkak va ayollarga tanishtiruv bo’yicha o'tkazilgan ommaviy yig'ilish Bayonnomasi O'tkazish vaqti: 2023 yil 26 may soat 11:00 O'tkazish joyi: Jizzax viloyati, Forish tumani, “Narvon” MFY, Narvon qishlog’i 65-maktab. Qatnashdi: Jizzax viloyati, Forish tumani, “Narvon” MFY Narvon qishlog’ida “Ayollar daftari”ga kiritilgan va daftarga kiritilmagan xotin-qizlar. Ishtirokchilar soni: Jami 33 nafar. Ayollar 33 nafar. Kun tartibi Yig'ilish maqsadi - «Qishloq ayollarini iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish» loyihani rivojlantirish maqsadlari tadbirkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish, moliya va bozorlarga kirishini yaxshilash orqali loyiha amalga oshiriladigan hududlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj qishloq ayollarining tadbirkorlikka yo’naltirish va turmush tarzini yaxshilashdan iborat. (Yodgorova Farida, Xoliqov Olimjon,.................) So'zga chiqdi: Jizzax viloyati “QAIIK” loyihasi JSXlari Forish tumani “Narvon” MFY ijtimoiy mobilizatori Yodgorova Farida kirish so'zi bilan boshladi va Forish tumani ijtimoiy mobilizatsiya bo’yicha instruktori O.Xoliqovni ishtirokchilarga tanishtirdi. So'zga chiqdi: Jizzax viloyati "QAIIK" loyihasi JSXlari Forish tumani ijtimoiy mobilizatsiya bo’yicha instruktori O.Xoliqov «QAIIK» loyihasi haqida ishtirokchilarga A3 formatga chiqarigan plakat orqali, loyiha to’g’risida ma’lumot berdi. Loyihaning maqsadi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni tadbirkorlikka o’rgatish orqali turmush tarzini yaxshilash” ekanligini, Ushbu loyiha O’zbekiston Respublikasida ikkita, Farg’ona va Jizzax viloyatida amalga oshirilayotganligini, loyiha doirasida Jizzax viloyatida 4 ta tuman, Yangiobod, Forish, Baxmal va Zomin tumanlari tanlab olinganligini hamda har bir tumanda 7 tadan MFY va QFYlari tanlab olinganligi to’g’risida ma’lumot berdi. Loyihada “Ayollar daftari”ning 3,4,6 toifasiga to’g’ri keluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar ishtirok etishi va bu ayollar ishtirokida “Ayollar farovonligini yaxshilash guruh”lari tashkil etilishi haqida gapirdi. Tashkil qilingan guruhlar o’zlari uchun tadbirkorlik yo’nalishi tanlashi kerakligi va bu yo’nalish bo’yicha guruhlar tadbirkorlikka o’qitilishi haqida ma’lumot berildi. So'zga chiqdi: Jizzax viloyati "QAIIK" loyihasi bo’yicha Forish tumani, “Narvon” MFY ijtimoiy mobilizatori Yodgorova Farida, o'z so'zida "QAIIK" loyihasi doirasida ijtimoiy mobilizatorning roli, ijtimoiy mobilizator joylarda “Ayollar farovonligini yaxshilash guruh”lari tashkil etishda, guruhlarni rivojlantirishda, guruh ishlarini doimiy ravishta monitoring qilish va guruhda vujudga keladigan muammolarga yechim topishda faol ishtirok etish kerakligi to’g’risida ma’lumot berdi. Har bitta shakillantirilgan guruhlar tadbirkorlik yo’nalishini o’rganish bilan bir qatorda guruh ichki jamg’armasini shakillantirishi kerakligi, va bu jamg’armani guruh a’zolari boshqarib borishi haqida to’xtaldi. Ishtirokchilar tomonidan tushgan takliflar va savollar: Savol. Ishtirokchilar orasida Sindorova Zarifa ismli ayol issiqxona qilish imkoniyati qishloqda bor ekanlgini ma’lum qilib, loyiha doirasida issiqxonachilik yo’nalishini talash yuzasidan savol berdi. Rahmativa Laylo ismli ishtirokchi guruh shakillantirilib, loyiha yakunida moliyalashtirilmasa yana qanday yordam berilishi yuzasidan savol berdi. Ekiboyeva Manzura ismli ishtirokchi esa nega aynan Ayollar daftaridagi 3 toifa tanlab olinganligi yuzasidan savol berdi. Yig’ilish ishtirokchilariga Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan "QAIIK" loyihasi doirasida tayyorlangan tarqatma materiallar tarqatildi. Qaror qilindi: 1. "Qishloq ayollarini iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasi Jizzax viloyati JSX tomonidan Forish tumani “Narvon” MFYda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumotlar berib borilsin. 2. Kelgusida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni bo’yicha ma'lumotlar yig'ish; «Ayollar daftari» ning 3,4,6 toifalarda ro’yhatda turgan xotin-qizlarni Jizzax viloyati "QAIIK" loyihasida hamkorlikda tadbirkorlikka yo’naltirishda bilim va ko'nikmalarini shakllantirish uchun guruhlar tashkil etish. Jizzax viloyati"QAIIK" loyihasi Forish tumani ijtimoiy mobilizatsiya bo’yicha instruktori O.Xoliqov Forish tumani "Narvon" MFY raisi Z.Yunusov Download 24.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling