Bayonnomasi: Sana: 17. 10-18. 10 2019 O’tkazilish joyi


Download 0.86 Mb.
Sana09.04.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1346604
Bog'liq
1 korreksiya

Chilonzor tumani 126-maktabga 2019-2020 -o’quvyilida 1-sinfga qabul qilingan o’quvchilar bilan o’yin tarzidagi maktabga moslashtiruvchi koorreksion mashg’ulot.


Bayonnomasi:
Sana:17.10-18.10 2019
O’tkazilish joyi: Sinf xonasi.
Qatnashdilar: Maktab psixologlari,1- sinfo’quvchilar,sinf rahbarlar.
Kun tartibida:
“Buzilgan telefon”,”Uchadi uchmaydi” o’yinlari og’zaki maktabga moslashtiruvchi koorreksion mashg’ulot o’tkazish.
Maqsad:O’quvchilarning eshitish sezgisini rivojlantirish.
O’yinning borishi: O’quvchilar ayalana shaklida o’tirdilar.Birinchi partadagi o’quvchining qulog’iga sekin bir so’z aytiladi.
Oxirgi partada o’tirgan o’quvchi shu so’zni baland ovoz bilan aytishi kerak. Agar so’z to’g’ri aytilgan bo’lsa, telefon yaxshi ishlaydi. So’z xato aytilsa, telefon buzilgan, uni tuzatish uchun kerak ya’ni telefon qayirda buzulganligi aniqlanadi. Kitob,gul,aqil,ilm,burgur,fil so’zlari aytilib o’yin qiziqarli o’tdi.
Uchadi ,uchmaydi” o’yini.
Maqsad: Eshitish sezgisini, mantiqiviy tafakkur va idrokni rivojlantirish.
Masalan: Chumchuq –uchadi
O’yinning borishi: bolalarga biror hayvon nomi aytiladi, bolalar aytilgan hayvon harakatini bajarib ko’rsatadilar, uchmaydigan hayvon nomi aytilsa, jimgina o’tiradilar. Fil, pashsha, samalyot, timsoh,laylak, kapalak,qurbaqa,sher, burgut, tulki,ot,pingving,qaldirg’och,ari,vertalyot,poroxod, ninachi, kema so’zlari aytiladi va bolalar kata qiziqish bilan o’ynaydilar.




Hafta mobaynida bu o’yin o’quvchilar bilan quvnoq kayfiyatda o’tkazildi. Ular qiziqish uyg’ota oldi. o’yin bolalarni fikirlashga undadi va bu mantiqiy tafakkurning rivojlanishiga xizmat qiladi.



Maktab direktori: M.Z.Rahimova
Amaliyotchi psixolog : Sh.Doniyorova, N.N.Ismatova

Chilonzor tumani 126-umumta’lim maktabining 5-sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan 5-sinfga moslashishi qiyin kechgan o’quvchilar bilan o’tkazilgan korreksion rivojlantiruvchi mashg’ulotlar
Bayonnomasi
O’tkazilgan kun: 11-oktabr
O’tkazilgan vaqti:12-30
O’tkazilgan joy :Maktab xovlisi
Qatnashdilar 5-sinf o’quvchilari va maktab psixologlari . .
Treningni borishi
Soya “ trening mashg’uloti
Mashg’ulot tavsiya etiladigan holatlar: Guruhiy psixokorreksion faoliyatda qo’llaniladi.
Maqsad: E’tiborlilik, xotiranirivojlantirish, ,ichki erkinlik va xotirjamlikni oshirish. Ijtimoiy idrok va boshqalarga moslashish ko’nikmasini oshirish. Fonda mayin musiqani pastovozda , biz telefonda musiqa qo’yib berdik.

Xamma ishtirokchilar o’z jufti bilan turib olishadi. Bir kishi boshlovchi ikkinchi odam uning soyasi vazifasini bajarish lozim. Boshlovchi yurishi ,har xil harakatlar qilishi kerak , soya esa uning ortidan 2 metr uzoqlikda yurib uni harakatlarini o’xshatib aniq qaytarish lozim . 5-10 daqiqa yoki bitta musiqa tugagach ro’llar almashinishi kerak.
Bunda boshlovchiga turli harakatlar qilishga stumul berish lozim. Ishtirokchilarga ko’proq harakatlar bajarish uchun katta audutorya yoki ochiq maydonda o’tkazilishi juda qiziqarli o’tadi. Bu treningni maktab hovlisida o’tkazildi. Trening juda qiziqarli va mazmunli tarzda o’tkazildi.

Maktab direktori: M.Z.Rahimova
Maktab psixologi: Sh.Doniyorova, N. Ismatova
Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling