Bayron butun umri davomida oʻz sheʼrlsrida, asarlarida zulm, zoʻravonlik, riyo, faxsh kabi illatlarni tanqid ostiga oladi. Uning sheʼrlarida ham, jumladan " Don juan " dostonida ham aynan shu munosabat saqlanib qoladi


Download 16.61 Kb.
Sana09.11.2020
Hajmi16.61 Kb.
#142793
Bog'liq
Bayron ijodi


@ RAHIMBOYEVA YULDUZ 3-"B":

Bayron butun umri davomida oʻz sheʼrlsrida, asarlarida zulm, zoʻravonlik, riyo, faxsh kabi illatlarni tanqid ostiga oladi. Uning sheʼrlarida ham, jumladan " Don juan " dostonida ham aynan shu munosabat saqlanib qoladi.

"Don Juan" asarini garchi toʻliq qismini oʻqimagan boʻlsakda berilgan kichik parchalarning oʻzidan ham Bayron aytmoqchi boʻlgan koʻp narsalarni bilib, anglab olish mumkin.

"Don juan" asarini yozuvchi umri oxirida yozadi. Butun umrida koʻrgan kechirgan koʻp voqea hodisalarni xuddi hayotidan chiqargan xulosasi kabi yoritmoqchi boʻladi ammo bu asarni oxiriga yetkazolmaydi.

Asarda asosan nafs qoralanadi. Yozuvchi buni Don Juanning hayoti kechirgan sarguzashtlari yordamida koʻrsatib beradi. Asarda qahramon turli yurtlarni kezadi. Urushlarda ishtirok etadi. Turli ayollar bn uchrashadi. Asarda yozuvchi butun dunyoda boʻlayotgan zulmni koʻrsatadi. Unda musulmon davlatlariyam, xristian diniga eʼtiqod qiluvchilar davlatlari ham tilga olinadi.

Asardagi 6 qoʻshiq Shekspirning asaridan olingan gaplar bilan boshlanadi "shekspir aytadi odamzod ishin toʻlqinday yopirilib kelishlari bor" Undan foydalanib qololgan kishi, murod -maqsadiga yetmoqlari bor

Bu yerda yozuvchi inson umrini, unga berilgan vaqtni goʻyo dengiz toʻlqiniga qiyodlaydi shiddat bilan keladiyu shiddat bilan yoʻq boʻladi. Aynan shu vaqtda inson biror xayrli ish qilishga ulgurib qolmogʻi kerak demoqchi boʻladi yozuvchi. Shundan keyin Bayron ayollar qalbi va qadr qimmati haqida soʻz boshlaydi. (Dudu va Gulbeka obrazlari misolida) U ayollarni sabrlilikka chorlaydi va ayol kuchli xilqat ekanligi haqida aytib oʻtadi. Agar Ayol istasa hatto iblisniyam boshqara oladi istasa insonlarni moniyga aylantira oladi deydi

Yozuvchi oʻz asarida musulmon ayollarini ham tilga olib oʻtadi. Asarda Don Juan Gulbekaga emas koʻproq kanizak Duduga mehr qoʻyadi. Va bundan Gulbeka qattiq iztirob chekadi jahl otiga minadi Juanni oʻlimga mahkum etadi. Aslida yozuvchi bu bn asarda menimcha koʻp xotinlilikka qarshi chiqadi "bir xotinlilik turmush oldida koʻp xotinlilik turmush erur koni gʻam"

Asarda ortiqcha ehtirosni yozuvchi nayrangga oʻxshatadi. aynan shu nayrang insonni avrab oxirida nsfsga qul qiladi demoqchidir yozuvchi

Asarda riyokorlik ham qoralanadi yozuvchi riyo - zavq otasi deydi. Riyo nima? qalb xastaliklarining biri riyodir. “Riyo” so‘zi ko‘z bilan ko‘rish, nazar solish va odamlar ko‘rsin maʼnolarini anglatadi yozuvchi asarida hamma riyokor deydi. Bu bilan u oʻz jamiyatidagi yon atrofdagi baʼzi insonlarni tanqid ostiga oladi.

Оқсаб қолса ногоҳ хуш кўрган отинг,

Дардга чалинган ит, ноқобил фарзанд, –

Майда-чуйдалардир эҳтимол булар,

Лекин бизни қийнар, безовта қилар.

Bu yerda yozuvchi odamlarning mayda - chuyda deb qaraydigan koʻp narsalar aslida eng xavotirli etibortalab narsalardir deb uqtiradi.

Бас, мен файласуфман: жин урсин, хуллас,

Ҳайвону инсону пулни ҳам, фақат Menimcha bu yerda yozuvchi insonlarning pulga boylikka oʻch boʻlib borayotganini ular ham faqat xuddi hayvonlar singari qorin gʻami bn yashay boshlaganini yoki boylik uchun nafsi uchun insoniylik qiyofasini yoʻqotib qoʻyayotganini nazarda tutgan.

Yana yozuvchi asarida inson uchun eng yaxshisi namozu roʻza deydi(balki buni tarjimon kiritgandir)

Канизакка кўзин олайтирса ким,

Шарқий мамлакатлар қонуни қаттол.

Бу инглиз қонуни эмас, ими-жим

Жаримани тўлаб, яна бемалол

Bu yerda ingliz qonunlari qatiy emasligiga ishora qilinadi.

Yozuvchi asarda Dudu koʻrgan tush yaʼni Dante oʻrmoni orqali Dante asaridagi turli xil doʻzax azoblariga ishora qiladi.

Айтишича, бир туш кўрганмиш ёмон,

Мудроқ бир ўрмонга кирган эмиш ул, –

Данте ўрмонига1 ўхшаш бир ўрмон, –

Унда нафсин тийиб, яхши ва оқил

Бўлмоққа маҳкуммиш ҳар битта инсон Bu yerda ham yozuvchi nafsni tiyishga chorlaydi

Юксак нишонлару хос мукофотлар

Йўлдан оздиради ҳар биримизни;

Озодлик, Эрк учун магар курашар,

Олийҳиммат халққа кураш ярашар.. Yozuvchi ozodlikni, erkni istaydi.

У ёв манглайига ҳалокатга битар:

«Кофирга ўлим бер! Аллоҳу акбар!» Bu misralarni oʻqib Badr jangi esimga tushdi yaʼni musulmonlarning kofirlar bilan boʻlgan jangi

Уру


ш Исога ҳам сингилдир, демак,

У кофир аҳлига душмандир бешак.

Bu yerda yozuvchi butun din xoh musulmon, xoh xristian boʻlsin hammasi asosi bir hammasida ham kofirlar munofiqlar qoralanadi. demoqchi

Umuman olganda Bayron insonlarni haqiqiy insondek osuda, pok holda yashashini istaydi. U atrofidagi muhitni oʻzgartirmoqchi boʻladi

VIDO

Alvido,yor! Agar shu balo



Qismatda bor bo’lsa – alvido!

Sen berahm bo’lsang ham,ammo,

Men dushmanlik ko’rmasman ravo!

Quchog’ida shirin,osuda

Uyqu bilan to’lib yotganing,

Yor hislari also ko’zingga

Badnom bo’lib uchramas saning!

Agar qalbim urishlarini,

Jindak seza olsayding – inon!

Shuncha yomon ko’rmakdan mani

Bo’lur eding o’zing pushaymon.

Yurt kulsa ham endi mayliga,

Zarbi gali sendadir bu bor:

Men mubtalo bo’lgan baloda

Seni maqtov qilar sharmisor.

Mayli qaro,osiy bo’lay man,

Haq ham beray qarg’amoq uchun,

Ammo,meni quchib o’rgangan

Qo’llar bilan o’ldirmoq nechun?

Sen ishonkim,sevgi o’tini

Yolg’iz yillar so’ndira olur.

Achchiq g’azab ikki yurakni

Ajratolmas va ojiz qolur.

Shu sezgi senda ham saqlanur,

Sevib yonmoq qismatdur menga,

Bir o’y bilan yuragim yonur:

Endi doim yotdur men senga.

O’luklarga alamli faryod,

Oh,naqadar mudhish bu taqqos?

Ikkimiz ham hayotmiz,hayhot…/

Kunlar o’tar bevalarga xos.

Shirin tili shod etgan chog’da

Qizimizni erkalar ekan,

‘Qizim,otang sendan uzoqda’, —

Deya imo qilganingda san –

Payqaganda mas’uma buni,

Uni o’p-u shu onda bedod

Sevging ichra jannat topganni

Va xayrixoh bo’lganni et yod.

Agar qizda, tashlab ketganing,

Bir yer topsang padarga o’xshash,

Ura boshlar yuraging sening

Va qo’zg’alar manda ham shu g’ash.

Gunohimni bilarsan,balki?

Majnun bo’lib suyganim,xolos.

Armonlarim xazon va seni

Suymak bilan kuyganim,xolos.

Borlig’imni titratding,ishon,

Kiborlikni sevmas bu mag’rur

Ruhim seni derdi va bu jon,

Endi undan abad ajralur.

Hamma bitdi – so’zlardir abas,

Men aytganlar undan ham yomon,

Lekin qalbga biz hokim emas,

Unda orzu cheksizdir hamon.

Alvido,yor! Sendan uzoqda,

Har bir munis narsadan mahrum,

Qalbim azob degan tuzoqda,

Bundan ortiq bo’larmi o’lim?

Hamid Olimjon tarjimasi

AL`BOMGA

Yo’lovchilar e’tiborini

Yakka qabr tortgandek bir dam,

Shu bir parcha qog’oz betlari

Koshki tortsa nigohingni ham.

Uzoq yillar o’tgach, bir zamon

Shu varaqni o’qiganing on,

Shoir neni orzu qilganin

Va eslarsan qanday sevganin.

Bilki,shunda topgaysan uni,

Shu qog’ozga ko’mgan qalbini.

Shukrullo tarjimasi



Bayron sheʼriyatida taqdir, muhit, ishq chiroyli tasvirlangan
Download 16.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling