Bayroq- xalqni birlashtiruvchi kuch


Download 0.85 Mb.
Sana09.01.2020
Hajmi0.85 Mb.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI “MEHMONXONA XOJALIGINI TASHKIL ETISH VA UNI BOSHQARISH” TA’LIM YO’NALIShI 1 KURS 107-GURUH RAHBARI 11- HAFTA AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATIDA “BAYROQ- XALQNI BIRLASHTIRUVCHI KUCH” DEB NOMLANGAN MAVZUSIDA O’TKAZILGAN DARS

BAYONNOMASI



2019-yil 14-noyabr TERMIZ SHAHRI

Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti “Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va uni boshqarish” ta’lim yo’nalishi 1 kurs 107-guruh talabalari guruh murabbiysi Botirova H. bilan birgalikda Axborot va Murabbiylik soatida “ Bayroq - xalqni birlashtiruvchi kucht” deb nomlangan mavzusi ostida dars bo’lib o’tildi.

Guruh rahbari Botirova H. talabalariga 11-hafta axborot va murabbiylik soatida
Bayroq millatlarni yagona maqsad yo‘lida birlashtiradi, davlatchilik asosi sanaladi. Tug‘ atrofida yagona hudud va e’tiqod paydo bo‘kishini tushuntirib o‘tdi.. Shu bois har bir davlat bayrog‘i mamlakat fuqarolari faxri va ozodlik timsoliga aylangani haqida so‘zladi .

Ochiq darsda ta’kidlanganidek, mustaqil O‘zbekistonimiz bayrog‘i qabul qilinishi jarayoni ikki yarim yil davom etgan. Bir qancha variantlar ichidan tanlab olingan bayrog‘imiz bugun barchamiz uchun yuksak iftixor ramzidir.



Har bir fuqaro o‘z davlati bayrog‘i tarixi, u anglatadigan ramziy ma’nolarni yaxshi bilishi kerak. Bizchi? Davlatimiz bayrog‘i haqida bilamizmi, uning falsafiy ma’nosidan xabardormizmi? Afsuski, ayrim fuqarolarimiz bayrog‘imiz ma’nosini to‘liq bilmaydi. Hatto ba’zan milliy iftixorimiz ramziga nisbatan bepisandlik va hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lish hollari ham uchrab turadi.



Talabalar bayrog‘imizga nisbatan bunday hurmatsizlikni keskin qoralab, davlat ramzlariga hurmat ruhini shakllantirishni oiladan boshlash kerakligini ta’kidladi. Zero, avvalo har bir ota-ona milliy ramzlarimiz haqida yaxshi bilishi, ular haqida oila davrasida bot-bot suhbat qurib, farzandlarida vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirishi kerak. So‘ngra maktabgacha va undan keyingi ta’lim jarayonida ham davlatimiz ramzlari haqida kengroq tushuncha berish tizimini faollashtirish maqsadga muvofiq.





Bayroq yurtni birlashtiruvchi kuch” mavzuida o‘tgan ochiq darsda talabalar shu kabi fikrlarni bildirdi, o‘zlarining qalbida ham davlat ramzlariga hurmat hissini yanada mustahkamlab oldi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling