13- o‘quvchi: — Biz 12 yulduz — oy-u quyosh bilan birga doimo harakatdamiz. Tarixiy qadriyatlar, umrboqiy an’analar, ma’naviy kuch-qudrat bilan bog‘liqmiz. Biz qo‘ngan yurt bayrog‘i ham, o‘zi ham dunyo turguncha tursin deymiz.(O‘quvchilar Halima Xudoyberdiyevaning «Vatan bayrog‘i» she’rini yoddan o‘qishadi).
O‘qituvchi: — Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz Vatan tuprog‘i bilan birga uning bayrog‘ini ham o‘pib, ko‘zga surganlar. Bu — Vatanga bo‘lgan muhabbat, sadoqat ramzidir. (O‘qituvchi ajdodimiz Najmiddin Kubroning jasorati haqida so‘zlab beradi).
O‘qituvchi: — Yurtimiz o‘zining davlat ramzlari, Konstitutsiyasi, pul birligi, davlat tili va fuqarolik belgisiga ega. Ular O‘zbekiston mustaqilligining yorqin timsollari va bugunimiz, ertamiz hamda buyuk kelajagimiz uchun bosh omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |