Bayt ar. بيت
Download 94.5 Kb.
|
Badiiy san\'at 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- JOMI’ UL-HURUF (ar. الحروف جامع
- JONLANTIRISh
BAYT (ar. بيت – uy) – Sharq she’riyatidagi ikki misrali band turi. Har qanday ikki misra she’rning, garchi amaliyotda shunday hol kuzatilsa-da, bayt deb atalishi to‘g‘ri emas. Chunki bayt ritmik-intonatsion va mazmun jihatidan nisbiy mustaqillik kasb etishi, ya’ni band maqomiga ega bo‘lishi lozim. Shunga ko‘ra, bayt atamasining band ma’nosida qasida, g‘azal, qit’a janrlariga nisbatan ishlatilishi, Sharq she’riyatidagi boshqa janrlarning ikki misrali bandlariga nisbatan esa masnaviy atamasini qo‘llash to‘g‘riroq bo‘ladi (q. band). JOMI’ UL-HURUF (ar. الحروف جامع – harflarni jamlovchi, o‘z ichiga qamrab oluvchi) – mumtoz adabiyotdagi she’riy san’at, alifbodagi barcha harflarni takrorsiz qo‘llagan holda bayt aytish. Ya’ni jome ul huruf asosida yozilgan baytda alifbodagi barcha harflar ishtirok etishi va ularning hech biri ikkinchi o‘rinda takrorlanmasligi talab etiladi. O‘z-o‘zidan ayonki, mazkur talabni uddalash g‘oyat mushkul. Bir tomondan, yuzaga keltirish imkonining juda ham cheklangani, ikkinchi tomondan, ko‘proq shaklbozlikka moyil bo‘lganidan she’riyatda u qadar ommalashmagan. JONLANTIRISh – keng ma’noda metaforaning bir ko‘rinishi, jonsiz narsa-hodisalarga inson, umuman, jonli mavjudotga xos sifatlarning berilishi. Shuningdek, jonivorlarga insonga xos sifatlarning berilishi ham jonlantirishning bir ko‘rinishi (antropomorfizm) sanaladi. Jonlantirish badiiy asarda turli darajada voqe bo‘ladi: 1) stilistik figura. Inson tafakkuriga xos analogiyalar asosida (metaforik) fikrlash, til an’analari bilan bog‘liq holda va muayyan g‘oyaviy-estetik maqsadni ko‘zlab badiiy nutqda narsa-hodisalarga jonli mavjudotlarga xos xususiyatlar beriladi. Masalan, “Hovliqma jilg‘alar chopar beega” (A.Oripov) satrida insonga xos sifat (“hovliqma”) va harakat tarzi (“chopmoq”) jilg‘aga berilmoqdaki, bu bilan manzaraning jonli, ta’sirchan chiqishiga erishilmoqda. Stilistik figura sifatidagi yana bir ko‘rinishi esa apostrofadir (q.). 2) badiiy usul. Muayyan bir maqsadni ko‘zlagan holda narsa-buyumlar inson kabi harakatlantiriladi: ular o‘ylaydi, iztirob chekadi, quvonadi va sh.k. Masalan, “O‘tgan kunlar”dagi Kumushning husniga mahliyo ariq suvi, X.Sultonovning “Yozning yolg‘iz yodgori” qissasidagi miltiq. 3) obrazlilik turi. Ko‘p hollarda J. asosida ramziy va allegorik obrazlar yaratiladi. Jumladan, mumtoz adabiyotdagi tashxis san’ati (q. tashxis) bunga misol bo‘la oladi. Obrazlilikning bu turi hozirgi adabiyotda ham faol qo‘llanadi. Download 94.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling