Bayt ul-Hikma” Reja


Download 41.63 Kb.
bet2/2
Sana14.10.2023
Hajmi41.63 Kb.
#1701817
1   2
Bog'liq
“Bayt ul-Hikma”

Forobiy hikmatlaridan.
Baxtga erishish maqsadida birlashgan kishilar jamoasi fazilatli jamoadir.
Baxtga erishish maksadida o‘zaro yordam bergan xalq fazilatli xalqdir. Shu
tartibda barcha xalqlar baxtga erishmoq uchun bir-birlariga yordam bersalar,
butun yer yuzi fazilatli bo‘ladi.
Hap bir inson o‘z tabiati bilan shunday tug‘ilganki, u yashashi, oliy
darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi
bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi va ularga ega bo‘lishi uchun insonlar
jamoasiga ehtiyoj sezadi.
Har kimki ilm-hikmatni o‘rganaman, desa, uni yoshligidan boshlasin,
salomatligi yaxshi bo‘lishiga intilsin, axloq-odobli bo‘lsin, so‘zining uddasidan
chiqsin, yomon ishlardan saqlansin, xiyonat va makr-hiyladan uzoq yursin.
Shu o‘rinda yana bir O‘rta Osiyolik buyuk allomaga o‘z e‘tiborimizni
qaratsak: Muhammad Myso Xorazmiy 780 yili Xiva shaxrida tavallud topgan.
O‘sha davrdagi eng mashhur ilmiy va madaniy markaz hisoblangan Bag‘dodda
ko‘p yillar faoliyat ko‘rsatgan. Xalifa Al-Ma‘mun (813-833 yillar), Al-Mutasim
(833-842) va Al-Vosiq (842-847) davrlarida Sharqning dastlabki akademiyasi -
«Bayt-ul hikma»da Xorazmiy rahbarligida arablar va boshqa xalqlar vakillari
32 O‘sha joyda.
bilan bir qatorda Axmad Farg‘oniy, Axmad ibn Abdulloh, Marvaziy kabi O‘rta
Osiyolik olimlar tadqiqotlar olib borganlar.
Xorazmiy o‘zining tabiiy fanlar sohalaridagi ilmiy faoliyati bilan ilg‘op
ijtimoiy-falsafiy tafakkurga yo‘l ochdi. U «algebra» va «arifmetika»larning
muallifidir. Matematikada abstraksiya tushunchasini kengaytirdi, induksiya yo‘li
bilan umumiy yechish usullarini hal qildi. «Algoritm» iborasi ham uning taxallusi
bilan bog‘liq.

Download 41.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling