Bazalt minerali asosida yuqori haroratga chidamli kompozitsion brikmalar olish


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana08.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1341580
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SIES0703

SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
 
International scientific-online conference 
17 
Mualliflarning aytishicha maqolada karbamido-formaldegid smolasi (KFS) 
va karboksimetilselyulozaning natriyli tuzi (KMS - Na) asosida olingan polimer-
polimer kompleksga (PPK) dispers to‘ldiruvchilar (fosfogips-FG va qum) qo‘shib 
kompozitsion materiallar olish ko‘rsatib berilgan. PPK ga dispers to‘ldiruvchilar 
qo‘shib olingan kompozitsion materialning ko‘pgina xossalari: fizik – kimyoviy, 
mexanik xossalari o‘zgarib ketishi ko’rsatib o’tilgan. Olingan kompozitsion 
material, elektron mikroskop orqali o’rganilib, undagi g’ovaklarni joylashishi
o’lchamlari ko’rsatib berilgan. Bundan tashqari olingan kompozitsion material 
infraqizil spektrofotometrik va termogravimetrik usullarda tadqiqot qilingan. 
Unda funktsional guruhlarni joylashishini o’zgarishlari ko’satib o’tilganligi 
ta’kidlangan. [11. 334-341 b] 
Ushbu maqolada mualliflar Bazalt tolali kompozit birikmalar olish 
maqsadida Ohangaron portlandsement, qurilish qumi, MK-85 TS 00186200-
12:2019 markali mikrokremnezem, superplastifikator JK-08 tanlangan. 
Mustaxkamlashtiruvchi sifatida Jizzax viloyatida joylashgan “Forish Mega 
Invert” korxonasining bazalt tolalari ishlatilgan. Tarkibida 2% bazalt tolasi 
bo‘lgan optimal tarkibdagi betonning mustahkamligi 34 dan 38 MPa gacha 
oshishi kuzatilganligi haqida aytib o’tishgan. [12. 153-160 b] 
Maqolada kompozit materiallarning fizik-mexanik xususiyatlarini 
yaxshilash hamda dispers plombalarning qo'shilishi natijasida poliamidlarga 
asoslangan kompozitsion materiallar olish to’g’risida ish qilinganligi haqida 
aytilgan. [13. 80-85 b] 
Ushbu maqolada polietilenga dispers plomba moddasining kiritilishi 
issiqlik va fizik xususiyatlarning butun spektrini oshirishga imkon berishi va 
ishlab chiqilgan polimer matritsali kompozitlarning yonuvchanlik ko'rsatkichlari 
ham yaxshilanishi mumkinligi ko’rsatilgan. [14. 74 b] 
Mualliflarning tadqiqot natijalariga ko’ra polimer matritsali kompozit 
materiallarni yaratish uchun plomba sifatida dispers bazaltdan foydalangan 
holda polietilenning fizik-kimyoviy va mexanik xususiyatlarini yaxshilash 
belgilangan, olingan polietilen tarkibini keng doirada qo'llash imkoniyatlari 
ko'rsatilganligi ta’kidlangan. [15. 23-25 b] 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling