Bazasi boshqarish


Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/153
Sana20.10.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1710944
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   153
Bog'liq
61dbf61e8b8af1.76566515

Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tashkil etuvchilari. 
Informatsion tizimlarni yaratish bo‘yicha jadal harakatlar va 
ma’lumotlar hajmining tez sur’atlar bilan oshib borishi 60-yillar 
boshida maxsus “Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi” (MBBT) 
deb ataluvchi dasturiy kompleksning yaratilishiga olib keldi. 
Ma’lumotlar bazasi — biror sohaga oid o‘zaro bog‘langan 
ma’lumotlar 
yig‘indisining 
disk 
tashuvchidagi 
tashkiliy 
jamlanmasidir. Boshqacha qilib aytganda, ma’lumotlar bazasi — bu 
komputer xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturali, o‘zaro 
bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmui bo‘lib, u biror bir 
obyektning 
xususiyatini, 
holatini 
yoki 
obyektlar 
o‘rtasidagi 
munosabatni ma’lum ma’noda tavsiflaydi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) — bu dasturiy 
va apparat vositalarining murakkab majmui bo‘lib, ular yordamida 
foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratishi va shu bazadagi 
ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. MBBT o‘z maxsus 
dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga buyruqli dasturlash 
tillari deyiladi.
MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va 
boshqalarni misol keltirish mumkin. MBBT asosiy xususiyatlari — bu 
nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan proseduralar 
tarkibi 
bo‘lmasdan, 
ularning 
strukturasini 
ham 
tasvirlaydi. 
Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan fayl 
oldin ma’lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar bazasi” deb 
yuritila boshlandi. 
Ma’lumotlarni boshqarish tizimi quyidagi xossalarga ega:

fayllar to‘plami mantiqiy kelishuvini quvvatlaydi;

ma’lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta’minlaydi;

har xil to‘xtalishlardan keyin ma’lumotlarni qayta tiklaydi;

bir necha foydalanuvchilarning parallel ishlashini ta’minlaydi.

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling