Ba'zi tillarning yo'qolish sabablari va ularga qarshi chiquvchi yechimlar uzdjtu, 2125-guruh talabasi


Download 15.56 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi15.56 Kb.
#1018684
Bog'liq
Ilmiy ish-maqola


BA'ZI TILLARNING YO'QOLISH SABABLARI VA ULARGA QARSHI CHIQUVCHI YECHIMLAR
UzDJTU, 2125-guruh talabasi,
Egamberdiyeva N.SH.,
Annotatsiya: Mazkur maqolada tillar o’lishining ijobiy va salbiy tomonlari va til o’rganishda va uni saqlab qolishda insonlar duch keladigan tur xil muommolar, ularning kelib chiqishi va yechimlari ko’rsatib berilgan.
Kalit so'zlar: o'broli tillar tanlovi, noto'gri talaffuzlar, tillarning internet darajasida qo'llanilish darajasi.
Do’stga do’stu durdona tilim,
Begonaga begona tilim.
Beshigimda yagona tilim
Ona tilim.
S. Hakimovning “Ona tilim” nomli she’ridan.
Bugungi globallashuv davrida, dunyoning lisoniy holati va vaziyati kun sayin o'zgarib bormoqda. Va tillar o‘limi soni so‘nggi o‘n yillikda oxirgi yuz yillikdagidan ko‘proq, bunga esa ko'proq hozirgi kunda ayni o'sha tilda so'zlashuvchi boshqa millat vakillari sababchi bo'lishmoqda. Tillar ham odamlarga o'xshaydi, tug'iladi yonma yon yashaydi, bir biriga ta'sir qiladi, so'zlar almashishadi va bir kun kelib o'ladi. "Nega" degan savol paydo bo'ladi ayni shu paytda. Asli buning sabablari ko'p: ayni globallashuv asrida tillarning yashab qolishi ko‘proq axborot-kommunikatsiyalari sohasida, internet tizimida qo‘llanish darajasi bilan bog‘liq. Qaysi til internet tili emas ekan, bu tillarning ro‘parasida o‘lim xavfi turaveradi. Shu bilan birga til yo'qolishining yana bir sababi bu tilda so'zlashuvchi odamlar soni keskin kamayib ketishi, ya'ni "obro'li" tillarga bo'lgan talab ortib ketishidir. Qaysidir bitta til boshqasiga nisbatan muhimroq, qulayroq va osonroq bo'lib, u tilga nisbatan jamiyat ko'proq yon bosadi, intiladi. Ma'lumki, insonlar o'zlari uchun balki oilasi, farzandlari uchun ham kerakli va mavqe beradigan tilni tanlashadi. Natijada, butun umr o’sha tilde so’zlashishadi, o’sha tilni boyitishadi, natijada omma ichida bu tilga bo’lgan ta’lab yanada keskin ortib boradi va buyerda bir tilning yo’qolishi va yana bir tilning esa rivojlanishi ro’y beradi. Til-moddiy, ma’naviy merosni saqlash va boyitishning eng kuchli vositasidir
Download 15.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling