Beda
Tili:O’zbek
Beda (Medicago) — dukkakdoshlarga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik, asosiy yem-xashak ekini. 100 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyoda koʻk B. M. sativa L.) turi eng koʻp tarqalgan. Oʻrta Osiyoda 5 — Zmingyil avval ekib kelingan. Vatani Eron, taxminan 2 — 2,5 ming yil ilgari Yunoniston, Qad. Rim va Shim. Afrikaga olib kelingan. Keyinchalik B. madaniy ekin sifatida Yevropa, Shim. va Jan. Amerika, Avstraliyaga tarqalgan. Oʻrta Osiyoda va Zakavkazyeda B. asosiy almashlab ekish ekini hisoblanadi.
|
|
Botanik taʼrifi. Poyasi sershox, boʻyi 70 — 150 sm, tup hosil qiladi. Barglari uch bargli, murakkab, barg bandi asosida unchalik yirik boʻlmagan yon bargchalari bor, rangi och yashildan toʻq yashilgacha. Barg plastinkasi ellipssimon, nashtarsimon yoki deyarli dumaloq. Toʻpguli 12—16 tagacha guldan iborat shingil (siyrak silindrik yoki kallaksimon). Koʻk B.ning guli zangori, sariq B.ning guli sariq, duragay B.piki koʻk-sariq tusda.,
|
|
Mevasi urugʻli, oʻroqsimon yoki spiralsimon 2 —3 buralgan dukkak. Urugʻi sariq yoki sariq-qoʻngʻir oval-buyraksimon, mayda; dukkagida 5 — 7 urugʻ bor; 1000 dona urugʻi vazni 1,8 — 2,7 g . Ildiz tizimi oʻq iddiz, kuchli rivojlanadi, tarmoqlangan, yerga chuqur (7 – 10 m va undan ham koʻproq) kirib boradi. 4 — 5 tartibli ingichka iddizlaridagi oʻsimtalarida havodan erkin azotni oʻzlashtiradigan shugana k bakteriyalar rivojlanadi. B.ning koʻp yillik turlarida iddizning ustki qismi (ildiz boʻgʻzi)dagi kurtaklardan har yili yangi poyalar oʻsib chiqadi. B.ning yaxshi rivojlangan ildiz tizimi ikki—uch yidda tuproqning 1 ga haydalma qatlamida 30 — 40 t goʻngga teng keladigan 80 — 120 s ildiz massa hosil qiladi. Biologik xususiyatlari. B. uzun kunli, yorugʻsevar oʻsimlik, ammo ildiz tizimi tuproqqa chuqur kirib borishi tufayli qurgʻoqchilikka yaxshi bardosh beradi. Sariq va duragay B.lar koʻk B.ga qaraganda sovuqqa ancha chidamli.
|
Nordon va kuchli shoʻrlangan tuproqlarda yaxshi oʻsmaydi, lekin kuchsiz shoʻrlanishga bardoshli va tuproq shoʻrini kamaytirishga yordam beradi. B. uzoq yashaydigan oʻsimlik, 15 — 20 yilgacha usadi, lekin almashlab ekishda 3 yilgacha, yem-xashak uchun esa 5 yilgacha Ustiriladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |