Begliyev dilshod


ERITMALARGA OID MURAKKAB MASALALAR


Download 1.57 Mb.
bet22/28
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#241233
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
7-8-9-10-11 sinflarga mavzulashtirilgan testlar

22. ERITMALARGA OID MURAKKAB MASALALAR.
1. Konsentratsiyasi 5% (ρ=1,06 g/ml) bo’lgan 700 ml va 300 ml 15 % li (ρ=1,17 g/ml) natriy gidroksid eritmalari aralashtirilganda hosil bo’lgan eritmaning molyar konsentratsiyasini hisoblang.

A) 2,4 B) 2,8 C) 2,0 *D) 2,2
2. Sulfat kislotaning 0,5 molyarli eritmasidan 750 ml tayyorlash uchun uning 1 M li eritmasidan qancha hajm (ml) olish kerak?

A) 225 B) 125 C) 250 *D) 375
3. 2,61 M (ρ=1,02 g/ml) sirka kislotaning qancha hajmiga (ml) 31,6 % li (ρ=1,04 g/ml) 10 ml shu modda eritmasidan quyilganda, 23,1 % li (ρ=1,03 g/ml) eritma hosil bo’ladi?

A) 15 B) 13 *C) 11,2 D) 10
4. Kaliy gidroksidning 21 % li eritmasini tayyorlash uchun 47 g kaliy oksidini KOH ning necha gramm 7,93 % li eritmasida eritish kerak?

*A) 353 B) 147 C) 284 D) 93,34
5. 1 l 40 % li etanol eritmasi (ρ=0,94 g/ml) 1 l 60 % li etanol eritmasi (ρ=0,89 g/ml) bilan aralashtirilganda hosil bo’lgan eritmaning molyar konsentratsiyasini toping.

A) 9,96 B) 8,96 *C) 7,86 D) 9,90
6. CuSO4 ning 10 ml 10% li (ρ=1,1 g/ml) eritmasi bilan 10 ml 1 % li (ρ=1,0 g/ml) eritmasi aralashtirilganda hosil bo’lgan eritmaning molyar konsentratsiyasini toping.

A) 0,11 B) 0,625 C) 0,445 *D) 0,375
7. H2SO4 ning 30 ml 10,56 % li (ρ=1,07 g/ml) eritmasi bilan 50 ml 4M li (ρ=1,235 g/ml) eritmasi aralashtirilganda hosil bo’lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini toping.

*A) 24,5 B) 30 C) 14 D) 28
8. Massalari 100 g dan bo’lgan sodaning 5,3 % li eritmasi bilan xlorid kislotaning 7,3 % li eritmalari aralashtirilgandan keyin qolgan eritmadagi kislota va tuzning modda miqdorlarini toping.

A) 0,18 va 0,24 B) 0,15 va 0,2 C) 0,2 va 0,15 *D) 0,1 va 0,1
9. Tuzning 30 % li eritmasidan 500 kg tayyorlash uchun uning 40 va 23 % li eritmalaridan qanchadan (kg) olib aralashtirish kerak?

A) 200 va 300 *B) 206 va 294 C) 250 va 250

D) 150 va 350
10. Zichligi 1,24 g/ml, konsentratsiyasi 32,6 % bo’lgan 5 l sulfat kislota eritmasini tayyorlash uchun zichligi 1,84 g/ml bo’lgan 96% li kislotadan qancha (kg) olish kerak?

A) 0,78 B) 1,08 C) 1,68 *D) 1,14
11. Konsentratsiyalari 0,5 M va 0,2 M bo’lgan eritmalardan necha millilitrdan aralashtirilgan-da, 0,24 M eritmadan 1240 ml hosil bo’ladi?

A) 163,5 va 1076,5 B) 192,6 va 1047,4

*C) 165,3 va 1074,7 D) 144,5 va 1095,5
12. Natriy gidroksidning 40 % li 200 ml (ρ=1,43 g/ml) va 10 % li 300 ml eritmalari (ρ=1,1g/ml) aralashtirildi. Hosil bo’lgan eritmaning konsentratsiyasini (%) toping.

A) 26 B) 16 *C) 24 D) 36
13. Sulfat kislotaning 2 M 134 g (ρ=1,12 g/ml) va 4 M 282 g (ρ=1,24 g/ml) eritmalari aralashtirildi. Hosil bo’lgan eritmaning molyar konsentratsiyasini aniqlang.

A) 2,8 B) 0,6 *C) 3,3 D) 3,8
14. 300 g 5% natriy ishqori eritmasini neytrallash uchun 8 % li xlorid kislota eritmasi ishlatildi. Hosil bo’lgan tuzning 20% li eritmasini olish uchun necha gramm suvni bug’latish kerak?

*A) 361,55 B) 372,45 C) 429,6 D) 355,65
15. 355 ml 30% li KOH eritmasiga (ρ=1,282 g/ml) 0,5 l 10 % li KOH eritmasi (ρ=1,09 g/ml) quyilganda hosil bo’lgan eritmadagi KOH ning massa ulushi (%) nechaga teng bo’ladi?

A) 16,7 *B) 19,1 C) 23,4 D) 32,5
16. 20 % li sulfat kislota eritmasidan 150g tayyorlash uchun 60 % li va 10 % li eritmalaridan necha grammdan olish kerak?

A) 40; 110 B) 45; 105

C) 35; 115 *D) 30; 120
17. Misdan yasalgan sterjen kukush nitrat eritmasida tutib turilganda 38,4 g massasi 15,2 g ga ortgan. Sterjenni 95 % li sulfat kislotada eritish uchun necha gramm eritma sarf bo’ladi?

A) 140 B) 105 *C) 124 D) 175
18. Mis (II) sulfat eritmasiga massasi 10 g bo’lgan temir plastinka tushirildi. Bunda plastinkaning massasi 11 g ga teng bo’lgan. Qancha (g) temir eritmaga o’tgan?

A) 1 B) 4 C) 6 *D) 7
19. Massasi 40 g bo’lgan temir plastinka mis (II) sulfat eritmasiga tushirildi. Plastinka massasi 43 grammga yetganda, eritmaga necha gramm temir o’tadi.

A) 15 B) 19 *C) 21 D) 4
20. Kumush nitrat eritmasiga massasi 80 g bo’lgan mis plastinkasi tushirildi. Kumush batamom siqib chiqarilgandan keyin, plastinkaning massasi 3,8 % ga ortdi. Eritmada qancha kumush nitrat bo’lgan.

A) 8,2 B) 7,2 *C) 3,4 D) 8,8
21. Xlorid kislota eritmasiga massasi 50 g bo’lgan metall plastinka tushirib quyildi. 336 ml (n.sh.) vodorod ajralib chiqqandan keyin, plastinka massasi 1,68 % ga kamaygan. Plastinka qaysi metalldan yasalgan?

A) alyuminiy *B) temir C) kalsiy D) rux
22. 19,8 magniy va 18,0 g kremniy (IV) oksid aralashmasi havosiz joyda uzoq vaqt qizdirilganda hosil bo’lgan kremniyni eritish uchun zichligi 1,33 g/ml bo’lgan 34 % li KOH eritmasidan qancha hajm (ml) kerak?

A) 129,1 B) 76,4 C) 104,6 *D) 74,3
23. Rux plastinkasini qaysi eritmada tutib turilganda, uning massasi ortadi? 1) kumush nitrat 2) temir (II) sulfat 3) xlorid kislota 4) simob (II) xlorid

A) 3 *B) 1,4 C) 2,4 D) 1
24. Kumush nitrat eritmasiga massasi 12,25 g bo’lgan rux tayoqchasi tushirilgan va tayoqchaga 2 g kumush qoplangandan so’ng, tayoqcha eritmadan chiqarib olingan. Tayoqcha massasi qanday bo’ladi?

A) 13,85 B) 13,25 *C) 13,65 D) 11,65
25. Massasi 50 g bo’lgan metall plastinka xlorid kislota eritmasiga tushirilganda, uning massasi 1,68 % ga kamayadi va 0,336 l gaz ajralib chiqdi. Plastinka qaysi metalldan yasalgan?

A) Mq B) Al *C) Fe D) Zn
26. Massalari bir xil bo’lgan va birikmalarida II valentli bo’ladigan bitta metalldan tayyorlangan ikkita plastinkaning biri konsentratsiyalari (mol/l) o’zaro teng bo’lgan mis (II) tuzi eritmasiga ikkinchisi kumush tuzi eritmasiga tushirildi. Bir oz vaqtdan so’ng plastinkalar eritmadan chiqarib quritildi. Bunda birinchi plastinka massasi, 0,8 % ga, ikkinchisi 16 % ga ortdi. Plastinka qanday metalldan tayyorlangan?

A) Mq B) Zn *C) Fe D) Be
27. Kumush nitrat eritmasiga massasi 40 g bo’lgan mis plastinka tushirildi. Oradan ma’lum vaqt o’tgandan so’ng, ya’ni kumush eritmasidan batamom ajralgandan so’ng plastinkaning massasi 3,8 % ga ortganligi ma’lum bo’ldi. Eritmada qancha (g) kumush nitrat bo’lganligini va ajralib chiqqan

metallning massasini aniqlang.

A) 5,87; 3,73 B) 3,73; 5,87

*C) 3,4; 2,16 D) 1,70; 5,4
28. Kadmiy sulfat eritmasiga massasi 50 g bo’lgan rux plastinka botirib qo’yildi. Oradan ma’lum vaqt o’tgandan so’ng, plastinkaning massasi 3,76 % ga ortdi. Eritmaga o’tgan ruxning massasini toping.

A) 5,3 B) 4,3 *C) 3,4 D) 3,9
29. Tarkibida 4 g mis (II) sulfat bo’lgan eritmaga kadmiy plastinka tushirib qo’yilgan. Mis batamom siqib chiqarilgandan keyin, plastinkaning massasi 3 % ga kamaydi. Eritmaga tushirib qo’yilgan plastinka massasini aniqlang.

A) 20 B) 30 *C) 40 D) 50
30. 89,2 gr suvda 10,8 gr azot (V) oksidi eritilsa hosil bo’lgan eritmadagi nitrat kislotaning massa ulushi necha prosentga teng bo’ladi?

*A) 12,6 B) 10,8 C) 6,3 D) 5,4
31. 20 % li KOH eritmasini hosil qilish uchun tarkibida 44 g KOH tutgan 453 g eritmada qancha massali (g) kaliy oksidni eritish kerak?

*A) 47 B) 48 C) 45 D) 51
32. 100 % li sulfat kislotada erigan sulfat angidiridning 20 % li eritmasini hosil qilish uchun 1 kg massadagi 94,6 % li sulfat kislotada qanday massadagi sulfat angidiridni eritish kerak?

A) 205,6 B) 310 *C) 550 D) 240
33. 100 % li sulfat kislotaning 300 g miqdorida 15 % li sulfat angidirid eritmasini hosil qilish uchun talab etiladigan oltingugurt massasini (g) hisoblang.

*A) 18 B) 83,3 C) 36 D) 73
34. Massasi 120 g bo’lgan 15 % li sulfat kislota eritmasiga 12 g oltingugurt (IV) oksid qo’shilganda hosil bo’lgan eritmadagi moddaning massa ulushini (%) hisoblang.

A) 20,2 B) 22,7 *C) 24,8 D) 27,0
35. 2,6 % li ishqor eritmasini hosil qilish uchun qancha (g) Na metali 300 ml suvda eritilishi kerak?

A) 2,3 B) 4,3 *C) 4,6 D) 3,45
36. Oltingugurt (VI) oksidning massa ulushi 8 % bo’lgan eritmasidagi sulfat kislotaning massa ulushini hisoblang.

A) 8 *B) 9,8 C) 16 D) 49
37. 40 g oltingugurt (VI) oksidning 920 g suvda eritilishidan hosil bo’lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini aniqlang.

*A) 5,1 B) 6 C) 10,2 D) 4,35
38. 15 % li sulfat kislota eritmasini tayyorlash uchun 400 g suvda qancha gramm SO3 ni eritish kerak?

A) 22,67 B) 49,0 *C) 55,8 D) 53,1
39. Bir gramm kalsiy oksid 100 ml suvda eritilganda hosil bo’lgan mahsulotning massa ulushini (%) hisoblang.

A) 0,25 B) 0,6 C) 1,0 *D) 1,3
40. 10 g 96 % li sulfat kislotadan 100 % li kislota olish uchun unda qancha (g) sulfat angidirid eritish kerak?

A) 0,4 B) 1,4 C) 0,86 *D) 1,78
41. 1 l 10 % li ishqor eritmasini (ρ=1,15) tayyorlash uchun qancha gramm natriy olish kerak?

A) 115 B) 80 C) 46 *D) 66
42. 4,8 g oltingugurtni yondirish uchun qancha hajm (l) havo kerak? Bunda olingan gaz 2 l suvda eritilganda hosil bo’lgan sulfit kislotani massa ulushini (%) toping.

*A) 16,8; 0,61 B) 8,02; 0,30 C) 24,1; 0,91 D) 1,6; 6,1

43. Tarkibi bo’lgan oleymning qanday massasi (g) ni 500 g suvga qo’shib, 60 % li sulfat kislota olish mumkin?

*A) 600 B) 300 C) 400 D) 272,4
44. 60 % li H2SO4 eritmasini hosil qilish uchun 100g 10 % li oleymni qancha hajm (ml) 40 % li (ρ=1,30 g/ml) H2SO4 eritmasiga qo’shish kerak?

A) 144 B) 158 *C) 162,5 D) 175
45. 39,2 % li sulfat kislota hosil qilish uchun 200 g sulfat angidiridni 29 % li sulfat kislotaning qanday miqdorida (g) eritish kerak?

A) 1833,3 *B) 1633,3 C) 1336,3 D) 1700
46. 20 g o’yuvchi natriy eritmasi 23,6 g oleymni neytrallashda sarf bo’ldi. Oleymdagi sulfat angidiridning har bir molekulasiga nechta sulfat kislota molekulasi to’g’ri kelishini hisoblang.

A) 1 B) 2 C) 0,25 *D) 4
47. 480 g 90 % li H2SO4 eritmasini tayyorlash uchun 200g 60 % li H2SO4 eritmasiga necha gramm 10 % li oleym qo’shish kerak?

A) 139,2 B) 300,0 C) 310,6 *D) 340,5
48. Massa ulushi 0,65 bo’lgan 700 g sirka kislota eritmasi tayyorlash uchun sirka angidirid va 20 % li sirka kislota eritmasidan qanday miqdorda (g) olish mumkin?

A) 85,55 va 185,55 B) 377,26 va 322,74

C) 323,74 va 377,26 *D) 322,74 va 377,26
49. 56 % li sulfit kislota eritmasidan 650 g tayyorlash uchun sulfit angidirid va 14 li sulfit kislota eritmasidan qancha miqdorda (g) olish zarur?

A) 58,33; 158,33 B) 410,59; 238,47

*C) 239,47; 410,59 D) 310,59; 23,947
50. O’yuvchi natriyning 60 % li eritmasidan 600 g tayyorlash uchun uning 10 % li eritmasidan va natriy oksididan qancha miqdorda (g) olish zarur?

A) 72,46; 172,46 B) 347,9; 72,46

*C) 252,09; 347,9 D) 347,9; 252,09
51. O’yuvchi kaliyning 66 % li eritmasidan 750 g tayyorlash uchun uning 18 % li eritmasidan va kaliy oksididan qancha miqdorda (g) olish zarur?

A) 349,5; 300,49 B) 400,49; 349,5

C) 187,27; 200,4 *D) 394,4; 356
52. Suvsiz sirka kislota tayyorlash uchun 91 % li 400 g sirka kislota eritmasida qancha miqdor (g) sirka angidirid eritilishi kerak?

A) 364 B) 151 C) 51 *D) 204
53. Suvsiz natriy gidroksid tayyorlash uchun 80 % li 400 g natriy gidroksid eritmasidan qancha massa (g) natriy oksid eritilishi zarur?

A) 301,1 B) 278,9 C) 265,7 *D) 257,6
54. Suvsiz kaliy gidroksid tayyorlash uchun 92 % li 600 g gidroksid eritmasida qancha massa (g) kalriy oksid eritilishi zarur?

A) 305,0 *B) 250,6 C) 205,6 D) 256,0
55. Suvsiz sulfat kislota tayyorlash uchun 98 % li 500 g sulfat kislota eritmasida qancha massa (g) sulfat angidirid eritilishi zarurligini aniqlang.

*A) 44,5 B) 41,5 C) 45,1 D) 46,2
56. Suvsiz sirka kislota tayyorlash uchun 12 g sirka angidirid qancha miqdordagi (g) 91 % li sirka kislota eritmasida eritilishi zarur

A) 20,3 *B) 22,3 C) 23,3 D) 28,4
57. Suvsiz natriy gidroksid tayyorlash uchun 12,4 g natriy oksid 90 % li natriy gidroksid eritmasining qanday miqdorida (g) eritilishi zarur?

A) 10 B) 20 *C) 36 D) 46
58. Suvsiz kaliy gidroksid tayyorlash uchun 16,8 g kaliy oksid 92 % li o’yuvchi kaliyning qanday miqdorida (g) eritilishi zarur?

A) 15,0 B) 50,0 C) 32,0 *D) 40,2
59. Suvsiz sulfat kislota tayyorlash uchun 16 g sulfat angidirid 90 % li sulfat kislota eritmasining qanday miqdorida (g) eritilishi zarur?

A) 34 B) 26 C) 46 *D) 36
60. Suvsiz ortafosfat kislota tayyorlash uchun 14,2 g P2O5 qanday massadagi (g) 96 % li ortofosfat kislota eritmasida eritilishi zarur?

A) 196 B) 269 C) 169 *D) 135

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling