Erta bahorgi yovvoyi o’simliklar. Bu o’simliklar erta bahorda tuproq sal qizishi bilan ko’karib chiqadi. Ularning urug’lari madaniy o’simliklardan oldin yoki ular bilan birgalikda pishib yetiladi. Bularga yovvoyi suli, qiziltasma, olabuta, sho’ra kabi o’tlar kiradi.
Olabuta, oq sho’ra- Cyhenopodium album L. Bu o’simlik sug’oriladi-gan yerlarda, ayniqsa, g’o’za orasida ko’p uchraydigan begona o’t bo’lib, partov yerlarda, hovlilarda, yo’l yoqalarida ham o’sadi. Barglari tuxumsimon, cheti qirrali, unsimon dog’lar bilan qoplangan, poyasi to’g’ri, sershox, bo’yi 40-100 sm.
Кo’k sho’ra – Ch. glaucum L.Bir yillik o’t. Bo’yi 1 m gacha, poyasi yotib yoki yerdan bir oz ko’tarilib o’sadi, shoxlangan. Barglari bandli, etli, cho’ziq, qalami yoki ovalsimon, ba’zan tuxumsimon yoki uchi to’mtoq, tubi ponasimon, cheti yirik tishli, o’yilgan. Iyul- sentyabr oylarida gullab, urug’laydi. Daryo sohillarida, bo’sh yotgan joylar, ekinlar orasida o’sadi.
Sassiq sho’ra – Ch. vulvaria.Bir yillik o’t, Bo’yi 10-60 sm. Barglari bandli, keng tuxumsimon. May –iyul oylarida gullab urug’-laydi. O’ziga xos hid chiqaradi. Partov yerlarda, yo’l, ariq va zovur yoqalarida ko’p uchraydi.
Yovvoyi suli- Avena fatua L. g’allasimonlar oilasiga mansub, popuk ildizli bir yillik begona o’t hisoblanadi. Ildizi tuproqqa 135-160 sm gacha kiradi. Poyasining balandligi 60-120 sm. Boshoqli don ekinlarining orasida ko’p o’sadi. O’simlik bahorda ko’karib chiqadi, iyun-iyul oylarida urug’lari pishib yetiladi. Urug’lar 20-30 sm chuqurlikdan ham unib chiqa oladi. Gullari mayda, oq. Mevasi-ko’p urug’li, cho’zinchoq ko’sakcha. Tuproqda urug’lar unuvchanligini 5 yilgacha saqlaydi. Mam-lakatimizning hamma yerlarida yovvoyi suli uchraydi.
Кech bahorgi yovvoyi o’simliklar. Кech bahorgi bir yillik o’tlar tuproq yetarli darajada qizigandan keyin ko’karib chiqadi. Bularga kurmak, yovvoyi gultojixo’roz, itqo’noq, semizo’t, ituzum, dag’alkanop kabi o’simliklar kiradi.
Qora kurmak, oddiy kurmak, shamak - Ehinohloa crugalli L. Poyasi tik yoki biroz yonboshlab o’sadi. Bo’yi 1 m gacha. Cho’l, adir va tog’ min-taqasidagi sernam yerlarda, asosan, ariq bo’ylarida, ekinlar orasida begona o’t sifatida o’sadi. Iyun- sentyabr oylarida gullab, urug’laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |