Begona o'tlarning tuproq -ikliq sharoiti va ekinlar agrotexnikasiga bog'liq holda tarqalishi va ularga qarshi kurash Reja


Download 44 Kb.
bet3/4
Sana05.04.2023
Hajmi44 Kb.
#1274997
1   2   3   4
Bog'liq
Begona o\'tlarning tuproq -ikliq sharoiti va ekinlar agrotexnikasiga bog\'liq holda tarqalishi va ularga qarshi kurash

Ikki yillik begona o’tlar. Bu o’simliklar rivojlanishi uchun ikki yil talab etadi. Agar ikki yillik begona o’tlarning urug’i kuzda unib chiqsa, ular ikki yil qishlaydi. Ba’zi bir ikki yillik begona o’tlar hosil bergandan keyin o’suv davrining ikkinchi yili oxirida nobud bo’lmaydi va uchinchi yili ham o’sadi. Bunday holda ikki yillik begona o’tlar ko’p yilliklarga yaqinlashadi. Begona o’tlarning bu biologik tipiga kamroq tur kiradi. Ikki yillik begona o’tlarga sariq va oq qashqarbeda, mingdevona, tuyaquyruq, sigirquyruq, qizilburun va boshqalar kiradi.
Sariq qashqarbeda – Melilotus officinalis adans dukkakdoshlar (Leguminosae) oilasiga kiradi. Markaziy Osiyoda bog’larda, ariqlar bo’yida o’sadi. Qashqarbeda sho’rlanmagan va kuchsiz sho’rlangan yerlarda uchraydi. Poyasi to’g’ri, bo’yi 30-100 sm va undan ortiq. Iyundan kuzgacha gullaydi. Urug’dan ko’payadi. Bitta o’simligi 17 mingtagacha urug’ tugadi, ular tuproqda unuvchanligini 20 yildan ortiq saqlaydi. Urug’i yetarli darajada nam bo’lishiga talabchan, qiyinchilik bilan unadi. Qashqarbeda boshqa ikki yillik o’simliklardan farq qilib, birinchi yili to’pbarg emas, balki gullamaydigan poya hosil qiladi. Qishda bu poyasi nobud bo’ladi, qishlash uchun faqat ildizi va ildiz bo’g’zidagi kurtaklari qoladi. Кelgusi yil bahorda ildiz bo’g’zi kurtaklari o’sa boshlaydi va poya chiqaradi, ular gullaydi va hosil tugadi. Hosil bergandan keyin kuzga borib, o’simligi butunlay nobud bo’ladi. Yovvoyi qashqarbeda mollarga berishga yaramaydi, chunki tarkibida hayvonlar hayoti uchun xavfli bo’lgan kumarin moddasi bor. Qashqarbedaning tarkibida kumarin bo’lmagan navlari chiqarilgan.
Tuyaquyruq - Carduus nutans L. murakkabguldoshlar (Compositae) oilasiga kiradi. Tuyaquyruq-ikki yillik tipik begona o’t. Asosan, urug’dan ko’payadi, urug’ida uchmalar bo’ladi, shuning uchun ular shamolda oson tarqaladi. Bitta o’simligi 4 mingtagacha urug’ tugadi. Urug’i kelgusi yil 4 sm gacha bo’lgan chuqurlikdan unib chiqadi.
Bug’doy, paxta va boshqa ekinlar dalasida ko’p uchraydi. O’zbekis-tonda aprel-mayda gullab, hosil tugadi.

Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling