Begona o'tlarning tuproq -ikliq sharoiti va ekinlar agrotexnikasiga bog'liq holda tarqalishi va ularga qarshi kurash Reja


Download 44 Kb.
bet1/4
Sana05.04.2023
Hajmi44 Kb.
#1274997
  1   2   3   4
Bog'liq
Begona o\'tlarning tuproq -ikliq sharoiti va ekinlar agrotexnikasiga bog\'liq holda tarqalishi va ularga qarshi kurash


Begona o'tlarning tuproq -ikliq sharoiti va ekinlar agrotexnikasiga bog'liq holda tarqalishi va ularga qarshi kurash
Reja:

1. Begona o’tlar haqida tushuncha.


2. Begona o’tlarning zarari.
3. Begona o’tlarning biologik xususiyatlari.
1.Begona o’tlar haqida tushuncha. Inson tomonidan ekilmaydigan ammo ekinlar orasida o’sib, ularga zarar yetkazadigan o’simliklar bego-na o’tlar deyiladi. Begona o’tlar haqiqiy va shartli begona o’tlarga bo’linadi. Haqiqiy begona o’tlar bu ekinlar orasida o’sadigan yovvoyi o’tlar. Shartli begona o’tlar yetishtirilayotgan ekinning u yer, bu yerida uchraydigan madaniy o’simliklardir. Masalan, paxtazorda uchraydigan makkajo’xori, tarvuz, pomidor shartli begona o’t hisoblanadi. Ba’zi begona o’tlar alohida ekin orasida o’sishga moslashgan. Masalan, kurmak sholipoyada, zarpechak dukkakli ekinlar orasida o’sishga mos-lashgan.
2.Begona o’tlarning zarari. Begona o’tlar qishloq xo’jaligiga juda katta zarar yetkazadi. Ular hosil miqdori va sifatini pasaytiradi. Begona o’tlar tufayli dunyoda har yili 20 mlrd dollar atrofida zarar ko’riladi. O’zbekistonda esa, har yili 15-20 % paxta, 10-20 % sabzavot hosili kam olinmoqda. Yalpi xarajatlarning sezilarli qismi begona o’tlarni yo’qo-tishga sarf qilinmoqda. G’o’za qator orasidagi begona o’tlarni yo’qotish uchun gektariga 25 ishchi kuni yo’qotilmoqda. Begona o’tlarni chopiq qilish paytida nihollarni o’rnidan ko’chib ketishi va shikastlanishi tufayli ko’chat qalinligi kamayib ketadi. Hosilga begona o’tlar urug’i, mevalari va barglari qo’shilib ketishi natijasida uning sifati yomonla-shadi. G’umay, ajriq, qamish kabi begona o’tlar bilan kuchli ifloslangan yerlardagi ekinlarni parvarish qilish nihoyatda qiyin kechadi. Erta bahorda hali madaniy o’simliklar unib chiqmaganda zararkunandalar begona o’tlarda ko’payadi, keyinchalik madaniy o’sim-liklarga o’tadi. Кanal, ariq va boshqa sug’orish shoxobchalarida o’sadigan begona o’tlar suvni oqishini susaytirib befoyda sarflanishiga sabab bo’ladi.
Ayrim yovvoyi o’simliklarning turli organlari(mevasi, urug’i va po-yasi)da zaharli moddalar to’planadi. Bu moddalar asosan alkaloidlar va glikozidlardan iborat. Markaziy Osiyoda kampirchopon, kakra, ko’kmaraz, eshakmiya, oqmiya, mastak, oqquvray, mingdevona, bangi-devona, tuyaqorin, oqsanoq, sariqgul kabi zaharli yovvoyi o’simliklar uchraydi. Ulardan ko’pchiligi yaylov, o’tloq va pichanzorlarda o’sib chorva mollarining zaharlanishiga sabab bo’ladi.

Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling