Begona qo‘l sindromi


Rayan Darbi, tadqiqot rahbari


Download 128.06 Kb.
bet2/2
Sana21.04.2023
Hajmi128.06 Kb.
#1371479
1   2
Bog'liq
Begona qo`l sindromi

Rayan Darbi, tadqiqot rahbari
Shuningdek, London kollejidan Patrik Xeggard “harakat qilish va qaror qabul qilish qobiliyati shaxsiyatni va jamiyatimiz qanday faoliyat yuritayotganini belgilash uchun asos hisoblanishini” ta’kidlaydi. Xeggardning fikricha, yangi tadqiqot neyrobiologiya muayyan harakatni qanday va nega bajarishini sekin-astalik bilan aniqlashini ko‘rsatadi.
Bosh miya faoliyatining buzilishi ko‘p kasalliklarga, jumladan, disleksiyaga sabab bo‘ladi. Disleksiya paydo bo‘lishiga sabab xuddi begona qo‘l yoki akinetik mutizm kabi miyaning ayrim qismlarida o‘qish va yozish ko‘nikmasining buzilishi hisoblanadi. Ko‘pchilik odamlarda bitta ko‘zi yaxshiroq ko‘radi — o‘ngaqay yoki chapaqaylik kabi. Yaxshiroq ko‘radigan ko‘z pastroq darajada ko‘radigan ko‘zga nisbatan ko‘proq miya neyronlari bilan bog‘langan. Disleksiya sindromli kishilarda ikkala ko‘z retseptorlari ham bir xil. Agar fotosignal har ikkala ko‘zga tushirilsa, bosh miya tasvirni qaysi guruh retseptorlariga yo‘naltirishni tanlolmaydi, natijada anglash jarayoni sekin kechadi. Disleksiya bo‘lgan bemorlar o‘qish paytida harflarni adashtirishadi (masalan, “d” va “b” harflarini).
Neshvillik Amerika olimlari bilan parallel ravishda ispaniyalik tadqiqotchilar bosh miya sohasiga oid yana bir tadqiqot o‘tkazdi. Barselonadagi Navarra universiteti qoshidagi IESE biznes maktabi mutaxassislari xarid qilishda ko‘proq nima ta’sir ko‘rsatishini aniqlashga qaror qildi. Ma’lum bo‘lishicha, hammasi katta yoki juda kichik opsiyalar imkoniyati miqdoriga bog‘liq ekan.
“Ortiqcha tanlov” tushunchasi mavjud. Bu tushuncha orqali ko‘plab muqobilla orasidagi tanlovda kognitiv jarayon buzilishi izohlanadi. Tadqiqotchilarni anchadan beri ortiqcha miqdorda variantlarni tanlashning neyrobiologik mexanizmlari masalasi o‘ylantiradi. Bunday vaziyatlarda kishi nimani va qanday tanlaydi? Miya bunga qanday javob qaytaradi?
Yelena Reutskaya rahbarligidagi olimlar fMRT’dan foydalanib tajriba o‘tkazdi. Tajribada 19 kishi qatnashdi. Har bir kishi 6,12 yoki 24 xil tabiat suratlaridan birini tanlash zarur edi, keyin tanlagan tasvirlarini chop eitsh uchun finjon yoki futbolka tanlash so‘raldi. fMRT tekshiruvi vaqtida nevrologlar chiziqli tana va old chiziq ildizlarini diqqat bilan o‘rgandi — miyaning aynan shu sohalari qaror qabul qiilishda obyektiv tanlovni baholash uchun javob beradi.
12 surat orasidan tanlagan ishtirokchilar uchun tanlov osonroq bo‘lganligi aniqlandi. Olti yoki 24 kadrdan tanlagan ishtirokchilarga nisbatan ularda chiziqli tana va old chiziq ildizi yuqoriroq bo‘lgan. Bu mualliflar 12 raqami ko‘p miqdordagi tanlovda optimal son ekanligi haqida xulosaga kelishiga sabab bo‘ldi. Tadqiqot mualliflari 12 raqamini qaror qabul qilishning ratsional aksiomasi deb hisoblash mumkin emasligini aniqladi. Bu raqam tajriba uchun tanlangan. Shunisi muhimki, oxirgi tanlov predmetning tavsifi va inson uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi bilan bog‘liq.

Download 128.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling