82
1.Umumiy ma‘lumotlar.
2.Remont va TXKlar sonini aniqlash.
3.Remont ishlarining umumiy mehnat hajmini aniqlash va uni ish turlari
bo’yicha taqsimlash.
4.Remont korxonasining ish rejimi va vaqt fondlari.
5.Remont ishlarining yillik kapital rejasini to’zish.
Adabiyotlar: [1], [2], [4], [6].
Tayanch iboralar: Remont va texnikaviy xizmat ko’rsatishlar soni, ish turi,
ish rejimi, vaqt fondi, yillik kapital reja, umumiy mehnat hajmi.
15.1. Umumiy ma‘lumotlar.
Har bir remont korxonasida yil boshida remont ishlari rejasi tuziladi. Buning
uchun korxonada bajariladigan remont ishlarini hajmini aniqlash talab etiladi.
«O’zqishloqta‘minottuzatish» birlashmalariga karashli ustaxonalarda, o’zlari
faoliyat kursatadigan xududda (tumanda) joylashgan xo’jaliklardan yoki MTP lardan
tushadigan talabnomalar asosida, remont ishlarini rejasi tuziladi. Yil boshlanishi
oldidan to’zilgan reja pulga bo’lgan
talabni bilishga, ishchilar sonini aniqlashga,
korxonani extiet qismlar, materiallar, asboblar bilan oldindan ta‘minlashga imkon
beradi.
Xo’jaliklar yil boshlanishi oldidan mashinalarni remont qilish
va texnikaviy
xizmat ko’rsatish zaruriyatini aniqlaydi.
Remont va texnik xizmat ko’rsatishlar sonini xisoblash uchun, har qaysi
markadagi mashinalar sonini, remontlararo
ishlash muddati, TXK larning o’tkazish
davri va har bir markadagi mashinalar uchun yillik o’rtacha ishlash muddati kabi
ma‘lumotlarni bilish lozim. Shu ma‘lumotlar asosida remont ishlarining hajmi
aniqlanadi va ularni bajarishning yillik rejasi tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: