Bekmurodova Ruxsora
Download 37.16 Kb.
|
rusxsor1 (3)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TARIX VA YURIDIK FAKULTETI 5-3 Tar 19 guruhi talabasi Bekmurodova Ruxsoraning O’zbekiston va jahon hamjamiyati fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi Tekshirdi: O.Rajabov
Mavzu: O’zbekistonning YUNESKO, YXHT, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar safiga qabul qilinishi Reja: O’zbekistonning YUNESKO tashkilotining safiga qabul qilinishi O’zbekistonning YXHT tashkilotining safiga qabul qilinishi O’zbekistonning Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar safiga qabul qilinishi Boy madaniy merosi, ma’naviy qadriyatlari, fan va ta’lim sohasidagi ulkan yutuqlari bilan insoniyat tamadduniga salmoqli hissa qo‘shgan xalqlar ko‘p. O‘zbekiston shunday davlatlardan. Dunyoda tinchlik o‘rnatish, barqaror rivojlanishni ta’minlash, ta’lim orqali madaniyatlararo muloqot tuzish, fan sohalarini rivojlantirish, xalqaro madaniy va ma’lumot almashinuviga yordamlashish kabi sohalarda faoliyat yurituvchi YuNESKOning jahon sivilizatsiyasi tarkibidagi nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash yo‘lidagi xizmati katta. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “YuNESKO timsolida eng muhim insonparvarlik masalalarining yechimiga ijodiy yondashishda harakatlanuvchi kuch bo‘lib xizmat qiladigan o‘ziga xos, betakror tashkilotni ko‘ramiz” degan edi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi mazkur xalqaro tashkilotga 1945-yilning 16-noyabrida asos solingan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, ya’ni 1993-yilning 29-oktabrida YuNESKOga a’zo bo‘ldi. 1996-yilda Toshkentda tashkilot vakolatxonasi ochildi. O‘sha yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashkilot bosh qarorgohiga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida muhim voqea bo‘ldi. 1998-yilning 6-7-noyabr kunlari Toshkentda YuNESKO Ijroiya kengashining yakunlovchi majlisi bo‘lib o‘tdi. MDH miqyosida birinchi marta tashkil etilgan mazkur tadbirda «Jahon madaniyati va YuNESKOning a’zo davlatlardagi faoliyati» nomli Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Azal-azaldan maorif, fan va madaniyat masalalariga alohida e’tibor qaratgan o‘zbek xalqining mazkur tashkilot bilan izchil va istiqbolli hamkorligi ayni muddao bo‘ldi. YuNESKOning ta’lim sohasidagi asosiy dasturi Birlashgan maktablar dasturi tarmog‘i hisoblanib, unga jahonning olti mingdan ziyod maktabi a’zo. Ushbu dasturning asosiy maqsadi xalqaro hamjihatlik, tinchlik, madaniyatlararo muloqot va barqaror taraqqiyot g‘oyalarini targ‘ib etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan. 1994-yil dekabrda tuzilgan YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi mamlakatimizda ushbu tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. 1996-yildan buyon mazkur tarmoqqa mamlakatimizning 45 ta’lim muassasasi qo‘shildi. Mazkur ta’lim muassasalari bir qator xalqaro dasturlarda muvaffaqiyatli qatnashib, «Ta’lim barcha uchun» maqsadlarini va BMTning barqaror taraqqiyot ta’limi o‘n yilligini targ‘ib etmoqda. Bundan tashqari tashkilotning ta’lim sohasidagi faoliyati inklyuziv ta’lim, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ta’lim, jamoat ta’limi markazlari, kasb-hunar o‘quv muassasalari, sog‘lom turmush tarzi ta’limi kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan. YuNESKO tomonidan 2003-yilda “Barqarorlik va taraqqiyot uchun ta’lim 10-yilligi” e’lon qilindi. Bu borada mamlakatimizda ham ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu dastur doirasida aholining til o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni rivojlantirish, fan-texnika yutuqlaridan yanada keng foydalanishni ta’minlash kabi vazifalar izchillik bilan amalga oshirildi. Mazkur xayrli ishlarning amaliy natijasi misolida yurtdoshlarimizning «Suv va tabiiy manbalarni boshqarish» va «Sahroda voha yaratish» loyihalari barqaror taraqqiyot ta’limi doirasida 2009-yilning eng ilg‘or tajriba loyihalari, deb topildi. YuNESKOning fan dasturlari doirasida biologik xilma-xillikni asrash va tabiiy manbalardan oqilona foydalanish, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, madaniy qadriyatlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan loyihalar hayotga tatbiq qilinmoqda. Tashkilotning «Xalqaro gidrologiya», «Inson va biosfera», «Bioetika, MOST (Ijtimoiy islohotlarni boshqarish)» xalqaro dasturlari bo‘yicha mamlakatimizda milliy qo‘mitalar tashkil etildi. O‘zbekiston olimlari YuNESKO shafeligida o‘tkazilgan Avstraliya, Sloveniya, Tailand, Eron xalqaro ilmiy anjumanlarida ishtirok etib kelmoqda. Misol uchun, 1995-yil 5-iyulda YuNESKOning «Buyuk ipak yo‘li – muloqot yo‘li» dasturi asosida Samarqand shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochilgani, Urganch davlat universiteti hamda Bonn universiteti bilan hamkorlikda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan loyiha amaliyotga tatbiq etilgani buning tasdig‘idir. Bundan tashqari, Samarqandda har yili yozgi oromgohlarda yosh olimlarning quyosh energiyasi bo‘yicha ishlanmalari ko‘rgazmasi o‘tkazib kelinayotir. Maktablarda tabiiy fanlar bo‘yicha ta’lim izchil rivojlantirilib, O‘zbekiston ekologik atlasi va O‘zbekistondagi buloqlar atlasi chop etildi. Ekologik jihatdan xavfsiz texnologiyalar ishlab chiqish bo‘yicha ham bir qancha loyihalar amaliyotga joriy qilinmoqda. Madaniy va tabiiy merosni aniqlash, muhofaza qilish va saqlash YuNESKO faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2001-yilda YuNESKO davlatlar va nohukumat tashkil otlari o‘rtasida mazkur masalaga bag‘ishlangan ijtimoiy so‘rov o‘tkazib, 2003-yili Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilishga bag‘ishlangan konvensiya qabul qilindi. Shu kunga qadar 88 mamlakatning ajdodlardan avlodlarga asrlar osha o‘tib kelayotgan 300 durdonasi – urf-odat, an’ana, bayram, taom, xalq og‘zaki ijodi, qo‘shiq, raqslari Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Hozirga qadar O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosining milliy ro‘yxatida 74 ta obyekt mavjud. Umumjahon merosining noyob namunasi sifatida O‘zbekiston hududidagi to‘rt qadimiy shahar – Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabzning YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgani, yasharish va yangilanish ayyomi – Navro‘z bayrami, Katta ashula, «Shashmaqom», askiya insoniyatning og‘zaki va nomoddiy madaniy merosi sifatida YuNESKOning Reprezentativ ro‘yxatidan joy olgani, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazida to‘plangan nodir qo‘lyozmalar «Jahon xotirasi» ro‘yxatiga kiritilgani O‘zbekistonning mazkur xalqaro tashkilot bilan izchil va samarali hamkorligi samaralaridir. Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Ahmad Farg‘oniy, Imom Buxoriy, Kamoliddin Behzod kabi buyuk ajdodlarimiz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Toshkent, Marg‘ilon singari qadimiy shaharlarimiz, «Alpomish», «Avesto» adabiy yodgorliklarimiz, Xorazm Ma’mun akademiyasining yubileylari YuNESKO ishtirokida keng nishonlandi. Bular qatorida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini ham alohida qayd etish joiz. Har ikki yilda bir marotaba Samarqandning Registon maydonida o‘tkaziladigan mazkur xalqaro tadbir xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda. Unda dunyoning deyarli barcha hududlaridan san’at namoyandalari, musiqashunoslar, qo‘shiqchilar, sayyohlar qatnashadi. YuNESKOga a’zo 190 dan ortiq davlatning milliy qadriyatlari, tamaddun va madaniyat o‘choqlariga hurmat tashkilotning asosiy mezonidir. Maorif, fan va madaniyat insoniyatni ezgulikka, yorug‘likka olib borishi, dunyo xalqlari yagona oliy istak – do‘stlik va tinchlik g‘oyalari atrofida jipslashishi lozimligini uqtirib kelmoqda. Insonparvar hamda tinchlikparvar O‘zbekiston xalqaro tashkilotning mazkur ezgu maqsadini to‘la quvvatlab, hamkorlik rishtalarini yanada kengaytirish tarafdoridir. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) — davlatlar oʻrtasida xavfsizlik va hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtiruvchi va ularning rivojlanish tamoyillarini belgilab beruvchi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni demokratlashtirishga koʻmaklashuvchi xalqaro tashkilot. Dastlab umum Yevropa kengashi (AQSh va Kanada ishtirokida) sifatida faoliyat koʻrsatib Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha kengash nomi bilan atalgan (1973—91). 1973-yil 3—7-iyulda Helsinki shahrida kengashning 1-bosqich (Yevropadagi 33 davlat tashki ishlar vazirlari ishtirokida), 1973-yil 18-sentabrdan 1975-yil 21-iyuligacha Jeneva shahrida 2-bosqich (35 davlat vakillari ishtirokida) va 1975-yil 30-iyuldan 1-avgustgacha Helsinki shahrida 3-bosqich (35 mamlakat siyosiy va davlat rahbarlari ishtirokida) uchrashuvlari boʻlgan. Pirovardida Yakunlovchi hujjat qabul qilinib, u Yevropada tinchlikni taʼminlashning muhim omiliga aylangan. Kengashning Madrid konferensiyasi (1991-yil aprel)da Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasini tashkil etishga qaror qilindi (1991-yil iyulda taʼsis etilgan). Yevropada yuz bergan jarayonlar, „sovuq urush“ning tugashi natijasida vujudga kelgan oʻzgarishlar kengashning tashkilot sifatida toʻliq shakllanishiga olib keldi. Yevropa xavfsizlik va hamkorliktashkilotiga 54 davlat aʼzo (2002-yil yanvar). Tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlari 2 yilda bir marta oliy darajada uchrashuv oʻtkazadilar. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Istanbul shahrida boʻlgan sammitida (1999-yil 18—19 noyabr) Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning 21-asrdagi yangi tamoyillari belgilandi. Tashkilotga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari har yili uchrashib turadilar (Vazirlar kengashi). Tashkilotning yana bir organi — Boshqaruvchi kengash har yili 3 marta Praga shahrida yigʻiladi, bir marta iqtisodiy forum oʻtkazadi. Muntazam ishlovchi doimiy kengashning majlislari haftada 1 marta boʻladi. Xavfsizlik va ishonchni mustahkamlash, qurollanish ustidan nazorat masalalarini muhokama qiluvchi Xavfsizlik boʻyicha hamkorlik forumi mavjud. Uning majlislari ham har qaftada oʻtadi. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti qarorgohi Vena shahrida. Oʻzbekiston 1992-yil 30-yanvarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga qabul qilindi. Bu bilan Oʻzbekistonning Yevropa davlatlari, shuningdek, AQSh, Kanada bilan har tomonlama hamkorlik qilishiga yangi yoʻl ochildi. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining koʻplab tadbirlari orqali Oʻzbekiston rahbariyati xalqaro miqyosdagi tashabbuslarni, dunyoning dolzarb masalalariga munosabatini jahon hamjamiyati eʼtiboriga havola qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta I. Karimov Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Lissabon sammitida (1996-yil dekabr) mojarolar yuz berib turgan hududlarga yashirincha qurol-yarogʻ etkazib berishni toʻxtatish, Istanbul sammitida (1999-yil noyabr) terrorizmga qarshi kurash boʻyicha xalqaro markaz tuzish haqida taklif bilan chiqdi. Oʻzbekiston Yevropa xavfsizlik va hamkorliktashkiloti rahnamoligidagi koʻplab anjumanlarga mezbonlik qilib keladi. Toshkentda Yevropa xavfsizlik va hamkorliktashkilotining Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar boʻyicha byurosi ish olib boradi. 1992 yil 30 yanvar – O‘zbekistonning Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun. O‘zbekiston 1992 yil 30 yanvarda Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lib kirgan edi. Shundan buyon u ana shu nufuzli xalqaro tashkilot ishlari jarayoniga faol qatnashib kelmoqda. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ekspertlari Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining turli majlislarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etyapti. 1993 yil Varshava, Vena, Dagomis, 1994 yil esa Varshava, Xelsinki, Bishkek shaharlarida shunday yig‘inlar bo‘lib o‘tdi. 1993 yil 20-22 aprel kunlari esa Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining raisi – Shvesiya Tashqi ishlar vaziri Margareta av Uglass O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi. Tashkilotning Bosh kotibi, shuningdek parlament assambleyasi hay’atlari O‘zbekistonga kelib ketdi. O‘zbekiston hay’ati esa kengash doimiy qo‘mitasining Venada o‘tgan 4 majlisida, shuningdek, oliy mansabdagi shaxslar qo‘mitasining Pragadagi yig‘inida qatnashdi. Ayniqsa, O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1992 yil iyulda Xelsinkida bo‘lib o‘tgan majlislaridan biriga raislik qilishi, 1994 yil dekabrda Budapeshtda chaqirilgan oliy darajadagi majlisida nutq so‘zlab, davlat arboblari diqqatini yana bir bor mintaqamiz, xususan, Afg‘oniston va Tojikistondagi vaziyatga qaratishi, shuningdek, Orol muammosini ko‘tarishi yosh mamlakatimiz tashqi siyosati tarixidagi muhim sahifalar hisoblanadi. 5 sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) O’zbekistondagi Kordinatori Jon MakGregor bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida yuqori martabali mehmon 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va xuquqiy islohotlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, YXHT vakili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoni ijrosi doirasida Universitetda olib borilayotgan ulkan o’zgarishlar haqida to’liq ma’lumot oldi. Janob Jon MakGregor O’zbekistonda kuzatilayotgan ijobiy jarayonlarni yuqori baholadi va YXHTning Harakatlar strategiyasida belgilangan islohotlarni amalga oshirishda o’z hissani qo’shishga tayyorligini yana bir bor ta’kidladi. Muzokaralar davomida tomonlar JIDU va YXHTning O’zbekistondagi Koordinator ofisi bilan hamkorlikning kelasi istiqbollarini muhokama qildilar. Janob Jon MakGregor YXHTni JIDU bilan yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini va Universitet bilan tashkilot faoliyatiga bag’ishlangan qo’shma ilmiy loyihalar, davra suhbatlari va konferensiyalar tashkil qilishga tayyorligini bildirdi. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga (YXHT) Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyo qit’alariga mansub bo’lgan 57 ta davlat a’zo hisoblanadi. YXHT - mintaqaviy xavfsizlik masalalari bilan shug’ullanadigan dunyodagi eng yirik tashkilotlardan biri hisoblandi. O’zbekiston 1992 yilning 26 fevral kunidan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti ishtirokchisi hisoblanadi. 2006 yil iyun oyida O’zbekiston taklifiga ko’ra Tashkilot Doimiy kengashining O’zbekistonda YXHT loyihalari muvofiqlashtiruvchisi ofisi tashkil etilishi to’g’risida qarori qabul qilindi. Shu yil iyul oyida O’zbekistonda YXHT loyihalari muvofiqlashtiruvchisi lavozimi tashkil etilishi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Hukumati va YXHT kotibiyati o’rtasida Memorandum imzolandi. Hamkorlikning ushbu ko’rinishi O’zbekiston tomoni uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan loyihalar va O’zbekiston va Tashkilotning o’zaro ta’sirini kuchaytirishdagi YXHT faoliyatini bir joy. 2020-yil 14-oktyabrda xalqaro standartlar va YXHTning insoniylik mezonlari sohasidagi majburiyatlarida belgilangan, barcha uchun din yoki e'tiqod erkinligi huquqining mohiyati, holati va qo’llash sohasiga oid ikki kunlik onlayn tadbir yakunlandi. Tadbirning ikkinchi kunida YXHT/ DIIHBning "Din yoki e'tiqod erkinligi va xavfsizlik: siyosat masalalari bo'yicha qo'llanma"si bo'yicha brifing bo'lib o'tdi. Ushbu taqdimot va brifing O'zbekiston hukumati vakillari uchun mo’ljallangan. Taqdimot va brifing YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (EXHT/DIIHB), O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita va O'zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo'yicha milliy markazi bilan birgalikda tashkil etildi. Tadbirning ochilishida, O'zbekiston Oliy Majlisi (Parlament) Qonunchilik palatasi raisining birinchi o'rinbosari va O'zbekiston Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita raisining o'rinbosari Dilshod Eshnaev; YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor va YXHT/DIIHBning Inson huquqlari bo'yicha bo’limi rahbari Andrea Xuber ishtirok etishdi. Tadbirda xalqaro va milliy ekspertlar qatnashib, ular xalqaro standartlarda shuningdek, YXHT majburiyatlarida belgilangan asosiy parametrlarni, din yoki e'tiqod erkinligi huquqi bilan bog'liq xalqaro standartlarni, va ushbu masala doirasidagi ruxsat etilgan cheklovlarni muhokama qildilar. Shuningdek, ular YXHT/DIIHBning "Din yoki e'tiqod erkinligi va xavfsizlik: siyosat masalalari bo'yicha qo'llanma"sining o'zbek tilidagi nushasini taqdim etib, ushbu hujjatda ko’rsatilgan to'rt asosiy mavzuni muhokama qildilar. “O'zbekiston hukumati din yoki e'tiqod erkinligi sohasida muhim islohotlarni davom ettirar ekan, barchaning foydasi uchun, ushbu asosiy inson huquqini mustahkamlovchi siyosatni ishlab chiqishi, kerakli qonunlarni qabul qilishi va chora-tadbirlarni amalga oshirishi juda muhimdir. Shu bilan birga, bu umumiy xavfsizlik talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak», - deya ta'kidladi YXHT/DIIHBning din yoki e'tiqod erkinligi bo'yicha katta maslahatchisi vazifasini bajaruvchi Nikolay Vzhechenkovskiy. "So'nggi ikki kun ichida bo'lib o'tgan tadbirda faol ishtirok etib, O'zbekiston Oliy Majlisi (parlamenti) a'zolari va boshqa hukumat vakillari O'zbekiston xalqining inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilikni yaratishdagi o’z roliga katta qiziqish bildirdilar", - dedi YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor. «O'zbekistondagi YXHT loyihalari koordinatori va DIIHB, ahil oila bo'lib, O'zbekistondagi Inson Huquqlari Milliy Markazi va Oliy Majlis bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Shuningdek, hukumat rasmiylari va qonunchilik organlari vakillariga ekspertlar bilan din yoki e'tiqod erkinligi, shu jumladan tegishli xalqaro huquqiy majburiyatlar va YXHT majburiyatlari borasida dialog o'rnatish imkoniyatini yaratishdan mamnunmiz”. Insoniylik mezonlari sohasidagi majburiyatlari doirasida, YXHTning O'zbekistondagi Loyihalari koordinatori din yoki e'tiqod erkinligi borasida ayniqsa faoldir. Joriy yilning sentyabr oyida Loyihalar koordinatori "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi bo’yicha YXHT/DIIHB va Venetsiya komissiyasining qo'shma huquqiy xulosasini tayyorlash uchun bir qator videokonferensiyalar o’tkazilishini qo'llab-quvvatladi. Videkonferensiyalarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Din ishlari qo'mitasi, Adliya vazirligi vakillari, diniy va e’tiqodiy jamoalar vakillari, nodavlat tashkilotlari va xalqaro hamjamiyat vakillari ishtirok etdilar. Natijada, 2020-yil 12-oktyabrda bu qo'shma xulosa rasman e'lon qilindi, va u tez orada rus va o'zbek tillariga tarjima qilinadi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) — davlatlar oʻrtasida xavfsizlik va hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtiruvchi va ularning rivojlanish tamoyillarini belgilab beruvchi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni demokratlashtirishga koʻmaklashuvchi xalqaro tashkilot. Dastlab umum Yevropa kengashi (AQSh va Kanada ishtirokida) sifatida faoliyat koʻrsatib Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha kengash nomi bilan atalgan (1973—91). 1973-yil 3—7-iyulda Helsinki shahrida kengashning 1-bosqich (Yevropadagi 33 davlat tashki ishlar vazirlari ishtirokida), 1973-yil 18-sentabrdan 1975-yil 21-iyuligacha Jeneva shahrida 2-bosqich (35 davlat vakillari ishtirokida) va 1975-yil 30-iyuldan 1-avgustgacha Helsinki shahrida 3-bosqich (35 mamlakat siyosiy va davlat rahbarlari ishtirokida) uchrashuvlari boʻlgan. Pirovardida Yakunlovchi hujjat qabul qilinib, u Yevropada tinchlikni taʼminlashning muhim omiliga aylangan. Kengashning Madrid konferensiyasi (1991-yil aprel)da Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasini tashkil etishga qaror qilindi (1991-yil iyulda taʼsis etilgan). Yevropada yuz bergan jarayonlar, „sovuq urush“ning tugashi natijasida vujudga kelgan oʻzgarishlar kengashning tashkilot sifatida toʻliq shakllanishiga olib keldi. Yevropa xavfsizlik va hamkorliktashkilotiga 54 davlat aʼzo (2002-yil yanvar). Tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlari 2 yilda bir marta oliy darajada uchrashuv oʻtkazadilar. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Istanbul shahrida boʻlgan sammitida (1999-yil 18—19 noyabr) Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning 21-asrdagi yangi tamoyillari belgilandi. Tashkilotga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari har yili uchrashib turadilar (Vazirlar kengashi). Tashkilotning yana bir organi — Boshqaruvchi kengash har yili 3 marta Praga shahrida yigʻiladi, bir marta iqtisodiy forum oʻtkazadi. Muntazam ishlovchi doimiy kengashning majlislari haftada 1 marta boʻladi. Xavfsizlik va ishonchni mustahkamlash, qurollanish ustidan nazorat masalalarini muhokama qiluvchi Xavfsizlik boʻyicha hamkorlik forumi mavjud. Uning majlislari ham har qaftada oʻtadi. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti qarorgohi Vena shahrida. Oʻzbekiston 1992-yil 30-yanvarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga qabul qilindi. Bu bilan Oʻzbekistonning Yevropa davlatlari, shuningdek, AQSh, Kanada bilan har tomonlama hamkorlik qilishiga yangi yoʻl ochildi. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining koʻplab tadbirlari orqali Oʻzbekiston rahbariyati xalqaro miqyosdagi tashabbuslarni, dunyoning dolzarb masalalariga munosabatini jahon hamjamiyati eʼtiboriga havola qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta I. Karimov Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Lissabon sammitida (1996-yil dekabr) mojarolar yuz berib turgan hududlarga yashirincha qurol-yarogʻ etkazib berishni toʻxtatish, Istanbul sammitida (1999-yil noyabr) terrorizmga qarshi kurash boʻyicha xalqaro markaz tuzish haqida taklif bilan chiqdi. Oʻzbekiston Yevropa xavfsizlik va hamkorliktashkiloti rahnamoligidagi koʻplab anjumanlarga mezbonlik qilib keladi. Toshkentda Yevropa xavfsizlik va hamkorliktashkilotining Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar boʻyicha byurosi ish olib boradi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) — xalqaro tibbiy tashkiloti boʻlib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning ixtisoslashgan maxsus muassasasi hisoblanadi. 1945-yil fevralda BMT konferensiyasida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi. 1946-yilda sogʻliqni saqlash boʻyicha New Yorkda oʻtkazilgan Xalqaro konferensiyada BMTga aʼzo 26 ta mamlakat tashkilot ustavini ratifikatsiya qilgach, 7-aprel 1948-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tuzildi. 7-aprel kuni butun dunyoda sihat-salomatlik kuni sifatida nishonlanadi. Tashkilot oʻz oldiga "hamma xalqlarning iloji boricha sogʻ-salomat boʻlishiga erishish"ni maqsad qilib qoʻygan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti kasalliklarga qarshi kurash olib boradi, ularni tugatish tadbirlarini koʻradi; atrof muhit muhofazasi, yuqumli va yuqumsiz (sil, venerik va parazitar kasalliklar, yurak tomir kasalliklari, xavfli oʻsmalar va boshqalar) ga qarshi kurash uchun xalqaro standartlar belgilash, dori moddalar sifati va qoʻshimcha taʼsiri hamda narkotik moddalar ustidan xalqaro nazorat oʻrnatish; tibbiyot fanining eng muhim masalalari (toksikologiya, farmakologiya, atrof muhit gigiyenasi va boshqalar) boʻyicha hamda sogʻliqni saqlash sohasidagi tadqiqotlarni koordinatsiyalash va ularni oʻtkazishga koʻmaklashish ham Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vazifasi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti xalqaro karantin sohasida qator tadbirlarni amalga oshiradi: chechak, vabo va boshqa bilan kasallanish xollari toʻgʻrisida mamlakatlarga oʻz vaqtida xabar beradi. Tashkilot tarkibiga 6 regional tashkilot kiradi. Ular har birining oʻz ijroiya organlari va regional byurolari bor. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining oliy organi — Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasini mamlakatlar saylaydi, uning sessiyasi yil sayin chaqirib turiladi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining markaziy maʼmuriy organi — Sekretariatga (rasmiy idorasi Shveysariyaning Jenevada joylashgan) general direktor rahbarlik qiladi. Tashkilot mablagʻining asosiy manbai unga aʼzo boʻlgan davlatlardan tushadigan badal pulidir. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti jurnallar, byulletenlar, nomuntazam nashrlar chop etadi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi binosida faoliyat koʻrsatadi (1995-yildan) Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko’magida olingan tibbiy buyumlarning birinchi partiyasini O’zbekistonga yetkazib berdi Shaxsiy himoya vositalaring birinchi partiyasi O‘zbekistonga Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihasi doirasida yetkazib berildi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga topshirildi. Birinchi partiya jarrohlik niqoblari, respiratorlar, qo‘lqoplar va yuz qalqonchalari kabi shaxsiy himoya vositalaridan iborat. Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda COVID-19 ga samarali, tez va muvofiqlashtirilgan javob qaytarish choralariga bag‘ishlangan 34 oylik loyihani amalga oshirishga 2 200 000 yevro ajratdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining mamlakatdagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha avvalambor mamlakat bo‘ylab tibbiyot muassasalarida bemorlar bilan bevosita aloqa qilayotgan tibbiyot xodimlar va birinchi bo‘g‘in xodimlarini shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlashga qaratilgan. JSST tavsiya qilgan shaxsiy himoya vositalari nafaqat COVID-19 ga chalingan bemorlar bilan ishlayotgan tibbiyot xodimlar uchun, balki boshqa sog‘liqni saqlash xizmat va muassasalaridagi tibbiyot xodimlar uchun ham xarid qilish COVID-19 tarqalishini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi ishonchli vakili Yussi Narvi (Jussi Narvi) quyidagilarni qayd etdi: “Bunaqangi pandemiya, ya'ni o‘tgan yilning bahoridan beri hukm surayotgan pandemiya, paytida bizni viruslardan himoya qilgan holda eng asosiy ehtiyojlarimiz haqida qayg‘uradigan va mudofaaning birinchi chizig‘idan joy olgan tibbiyot xodimlar har kunimizning qahramonlaridir. Ularga minnatdorchiligimiz belgisi tariqasida o‘z oldimizga birinchi galdagi vazifani qo‘ydik – ular o‘z ishini xavfsiz va samarali bajara olishlari uchun ularni himoya vositalari bilan ta'minlash”. JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Doktor Lianne Kuppens (Lianne Kuppens) ta'kidladi: “ Ushbu tibbiy buyumlar COVID-19 ga javob qaytarish borasida milliy sog‘liqni saqlash organlariga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha JSST va Yevropa Ittifoqining qo‘shma rejasi doirasida yetkazib berilyapti. Shaxsiy himoya vositalari mamlakat bo‘ylab tibbiyot xodimlari o‘rtasida ularning ehtiyojidan kelib chiqqan holda taqsimlanadi”. Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining yaqindan hamkorligi natijasida loyiha mamlakatdagi barcha tibbiy xodimlar uchun yetarli miqdorda va yuqori sifatli shaxsiy himoya vositalarini sotib olish orqali infeksiyalar profilaktikasi va infeksion nazorat choralarini mustahkamlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Download 37.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling