Belbog’li kurashda o’nga va chapga yonbosh usulii o’rgatish. Reja: Kurash texnikasining nazariy asoslari Elementar texnik harakatlar
Download 24.94 Kb.
|
Belbog’li kurashda o’nga va chapga yonbosh usulii o’rgatish
Belbog’li kurashda o’nga va chapga yonbosh usulii o’rgatish. Reja: 1.Kurash texnikasining nazariy asoslari 2.Elementar texnik harakatlar 3.Tashlash va uloqtirish usullari texnikasi 1. Supurma va chil usullari 2. Qo’shsha va yuk (yuklama) usullari 3. Yelka, bardor va yonbosh usullari Kurash – sport yakka kurashning ma’lum bir turi bo’lib, raqib ustidan qozonadigan g’alaba, ma’lum bir harakatlar va usullar qamrovi yordamida amalga oshiriladi. Kurashda barcha usullar 7 nom bilan aytiladi va bajariladi: supurma, chil, qo’shsha, yuk (yuklama), yelka, bardor, yonbosh. Bular esa bir necha yuzlab usullarga bo’linadi. Kurash texnikasini (usullarini) to’la-to’kis tushunish, uni har qanday holatda ham bajara olish, ya’ni to’liq egallash uchun, uning usullari, ikki kurashchining olishuvi, usullarning qanday holatda bajarilishi haqida oldin tushunchaga ega bo’lishi kerak. Kurashchilar olishuvga chiqqan vaqtlarida, gilamning chekkasida bir-birlariga yuzlangan holda tikka turadilar, ta’zimdan so’ng hakamning ruxsati bilan belgilangan qoida asosida kurashadilar. Ular ham mashg’ulot davrida ham murabbiylari “chordona” komandasini (buyrug’ini) berishlari bilan chetlashtirib, chap oyoqni o’ng oyoq orqasiga o’tkazib, qo’llarini tizzalarga qo’yib, chordona qurib o’tirishlari shart . Kurashda ruxsat etilgan usullar orqali, raqib yoki sherik tayanch muvozanatidan chiqariladi, usul bajarilib raqib ustidan g’alaba qozonadi. Inson salomatligiga zarar yetkazmaydigan, shikastlantirmaydigan va chiroyli usullar guruhlarga bo’linadi va alohida o’rganiladi. Usullar asosan qo’llar, oyoqlar va toslar yordamida tik turgan holda bajariladi. Bu degani usullar shunday ketma-ketlikda o’rganiladi degani emas, balki ular murabbiy-pedagog yordamida oson elementlardan sekin-asta qiyin elementlarni o’rganish prinsipi asosida o’zlashtiradi. Mashg’ulotlar uch ko’rinishga bo’linadi: usulni ko’rib o’rganish, o’quv bellashuvi, usulni bajara olish uchun erkin olishuv. Kurashda usulni bajarishga kirishgan kurashchi – kurashchining sherigi esa raqib deb ataladi. Kurashchi bo’lishni orzu qilgan har bir jismoniy sifatlariga alohida e’tibor berish lozim. Har xil umumiy mashqlar va maxsus mashqlarni muntazam o’rganib, bajara borish orqali jismoniy tayyorgarlik yaxshilana boradi. Umumiy jismoniy mashqlardan maxsus jismoniy mashqlarning farqini, ularning maqsad va vazifalarini o’rganib bilish kerak. Kurashchining umumiy jismoniy tayyorgarligi a’lo darajada bo’lmog’i kerak. Umumiy jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirish haqida juda ko’p adabiyotlar mavjudligi tufayli biz bu haqda ko’p to’xtalmoqchi emasmiz. Mazkur qo’llanmada asosan kurashuvchilar uchun zarur bo’lgan maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari haqida gapirmoqchimiz. Kurashchi ko’proq akrobatika va gimnastika bilan shug’ullanmog’i darkor, chunki epchillik va egiluvchanlik qobiliyati kuchayadi. Shtanga bilan shug’ullanib kuchini oshiradi. Kross chopish, velosiped haydash, eshkak eshish, suzish vositalari orqali esa chidamlilikni oshirib boradi. Sport o’yinlari, harakatli o’yinlar orqali va aniq harakat qilish qobiliyati faollashadi. Kurashchining har bir jismoniy sifatlari bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Masalana, epchillik uchun juda tez harakatlanish kerak, tezlik esa ma’lum miqdorda kuchlilikni talab qiladi. Chidamlilik uchun esa hamma jismoniy sifatlar rivojlangan bo’lishi lozim. Kurashchi qachonki o’zida hamma jismoniy sifatlarni barobar rivojlantirsa, o’shandagina u yuqori natijalarga erisha oladi. Kurashchi uchun zarur bo’lgan mashqlarga to’xtalib o’tsak: Egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar orqali harakat amplitudasi (razmax) oshiriladi. Egiluvchanlikni doimo rivojlantirib borish uchun har bir mashqni 16-18 marta bajarish va mashqni bajara boshlaganda sekinroq, keyin esa tezlashtirish kerak. Bunday vaqtda cho’ziluvchi mushaklarning ta’sirlanishiga e’tibor qilish, ammo mushaklarni og’riydigan darajada qiynamaslik maslahat beriladi. Download 24.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling