Belbogʼli kurashning qoidalari
Belbog‘li kurash bo‘yicha yangi xalqaro tashkilotga asos solindi
Download 32,93 Kb.
|
1 2
Bog'liqBelbog\'li kurashning qoidalari va shikastlanishning oldini olish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belbog‘li kurash qoidalarining xususiyatlari
Belbog‘li kurash bo‘yicha yangi xalqaro tashkilotga asos solindi
2021 yilning 10-13 sentyabr kunlari Ruminiya davlatining Konstansa shahrida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada dunyoning 50 dan ortiq davlatlaridan kurashchilar ishtirok etishdi. Ushbu xalqaro turnir doirasida Yevropa hamjamiyati taklifi bilan Belbog‘li kurash bo‘yicha yangi xalqaro tashkilotga asos solindi. Bu haqda AOKAda bo'lib o'tgan brifingda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Kamoliddin Usmonov ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, Yevropa belbog‘li kurash assotsiatsiyasi tomonidan bu kurash turini sof o‘zbekcha so‘z bilan “Bellash” deb atash taklifi ham ilgari surildi va Bellashning birinchi butunjahon ta’sis kongressi o‘tkazildi. Ushbu bellash qoidalari O‘zbekiston vakili tomonidan yozildi va Konstansiyada o‘tkazilgan xalqaro Kongresda tasdiqlandi. Bellash Jahon assotsiatsiyasining maqsadi — mamlakatimizning yana bir sport turini dunyoga eksport qilib qit’a, jahon chempionati, olimpiada hamda paraolimpiada o‘yinlaridan joy olish. Ushbu sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan musobaqalarida ko‘zi ojizlar xam ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Belbog‘li kurash qoidalarining xususiyatlari Davlat ta’lim standartlari talabiga binoan milliy sport turlaridan o‘zbek kurashi maktab dasturiga kiritilgan. Kurash bizga uzoq davrlardan ma’lum. Arxeologik ilmiy kuzatuvlar, qidiruvlar natijasida aniqlangan ko‘plab ashyoviy dalillar uning yoshi kamida 3 ming yildan ziyod ekanligini isbotlaydi. Kurash temuriylar zamonida ham, undan keyingi davrlarda ham xalqimizning sevimli mashg‘uloti bo‘lib kelgan. Olamga dong taratgan o‘zbek polvonlari kurash tarixi sahifalarida o‘chmas iz qoldirganlar. Shoir Pahlavon Mahmud va Ahmad polvonlar o‘z davrining yengilmas kurashchilari sirasidan edilar. Istiqlol sharofati va kurash mutasaddilarining tinimsiz harakatlari bois o‘zbek kurashi jahonda yangi sport turi sifatida shiddat bilan ommalashdi, dunyo hamjamiyati e’tiborini qozondi va ko‘plab mamlakatlarga tarqaldi. Kurash jahon xalqlari ko‘ngil to‘ridan joy oldi va ularning leksikalarida „Ta’zim“, „Kurash“, „Yonbosh“, „Halol“, „Chala“ kabi o‘zbek so‘zlari jaranglay boshladi. Bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan, xalqimizning madaniy merosi, ma’naviy boyligi, g‘ururi, iftixori va do‘stlik ramzi sifatida dunyoga mashhur bo‘layotgan milliy kurashimiz tarixini bilish, o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Belbog‘li kurashda raqibni ushlab olganda, ko‘targanda oldinga, orqaga yoki yonga harakatlanish mumkin. Uni yerdan ko‘targan zahoti tezkor aylantirish, orqa-oldi, yon tomonlarga tashlash kerak. Yerdan ko‘tarishda chapga yoki o‘ngga tez o‘girilish shart va bunda raqib yon tomonga yoki kurakka tashlanadi. Belbog‘li kurashda raqibga nisbatan oyoqlar bilan harakatlanish man etiladi: chalish, oyoqni bosish, ilib olish, tizzaga bukish, oyoqlarni ushlab olish va hokazo. Undan tashqari, raqib belbog‘idan qo‘lni uzish, raqibni ko‘tarmasdan yiqitish, beldan yiqitish va gilamdan tashqariga yiqitishlar ham mumkin emas. Qoidaga ko‘ra raqibni belbog‘idan ushlash an’anaviy usulda bo‘ladi. Kurashchilar gilamning markaziga turishadi, har biri o‘ziga qulay bo‘lgan vaziyatda turadi, keyin har ikkalasi ham raqibining chap tomoni orqasiga o‘ng qo‘llarini olib borib belbog‘dan ushlashadi. So‘ngra xuddi shunday qilib, chap qo‘lda belbog‘ni ushlab olishadi. Hakam ikkala kurashchini ham bellashuvga tayyor-tayyormasligini so‘raydi va bellashuvni hushtak chalgan holda boshlaydi. Belbog‘dan ushlash shart hisoblanib, uni olishuv vaqtida qo‘yib yuborish, raqib oyog‘ini gilamdan ko‘tarmaguncha oyoqlar bilan harakatlanish mumkin emas. Belbog‘li kurash qoidalariga ko‘ra, kurash texnikasining bir qancha usullari mavjud. Eng ko‘p foydalanadiganlari — ko‘tarib oldinga tashlash, aylantirish, o‘ng va chap tomonga tashlash, ilma, raqibni tezkor harakat bilan gilamdan ko‘tarib yon tomonga tashlash, yarim egilma va egilma holatda yonga tashlash. E’tiboringizga kurashda qo‘llaniladigan usullarni o‘zlashtirish uchun mashqlar tizimini havola etamiz. Mashqlar yakka tartibda bajariladigan, juftlikda, qo‘g‘irchoqda, trenajorda chorak kuch bilan, yarim kuch bilan, to‘la kuch bilan bajariladigan, raqib usullaridan himoyalanish mashqlaridan iborat. Tashlashlar va usullardan himoyalanishni mashqlarda o‘rganib olishdan avval „soya bilan kurashish“ ko‘rinishidagi usullarni mashq qilib olish lozim. Masalan:
Orqa oyoqdan chalish usulini yaxshilab o‘rganib olish uchun quyidagi mashqlarni taklif etamiz:
Keyinchalik oyoqlar bilan oldinga, orqaga, yonga qadam tashlab, qo‘llar harakati bilan raqibni qulay holatda ushlab olib, uni chalish mashqini bajarish mumkin. Quyida sizlarga tezlik, abjirlik, harakatlaringizning uyg‘unligini yaxshilash uchun yakkakurash elementlari bo‘lgan maxsus mashqlarni havola etamiz:
Download 32,93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling