Belgi, ifodalanish, ifodolovchi


Download 201 Kb.
bet5/9
Sana08.01.2022
Hajmi201 Kb.
#236763
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
VARIANT 21-22

Tashqi tilshunoslik, do` Sossyurga ko`ra, bir lisoniy dalilni ikkinchisining ustiga qalashtirib tashlash, pirovard natijada tizim talablari bilan o`zini urintirmasligi mumkin. Birinchidan, har bir tadqiqotchi tilning o`z hududidan tashqarida qo`llanishiga doir faktlarni o`zicha guruhlarga ajratishga haqli. Ikkinchi tomondan, shevalar bilan bir qatorda adabiy tilning yuzaga kelishiga sababchi bo`lgan omillarni o`rganishda doimo ularni quruq qayd etish bilan chegaralanish mumkin.
 Ichki tilshunoslik haqida gapirar ekan, do` Sossyur bu erda ixtiyoriy harakat, dalillarni o`zicha guruhlash mumkin emasligini ta`kidlaydi. Chunki til - faqat o`z tartibiga bo`ysunadigan tizimdir [Qarang: Sossyur, 61]. O’z fikrini asoslash uchun muallif tilni shahmot o`yiniga qiyosladi: shahmotda nimaning tashqi va nimaning ichki ekanligi ko`zga yaqqol tashlanib turadi: «То, что эта игра пришла в Европу из Персии, есть факт внешнего порядка; напротив, внутренним является все то, что касается системы и правил игры. Если я фигуры из дерева заменю фигурами из слоновой кости, то такая замена будет безразлична для системы; но если я уменьшу или увеличу количество фигур, такая перемена глубоко затронет «грамматику» игры. Такого рода различение требует, правда, известной степени внимательности, поэтому в каждом случае нужно ставить вопрос и природе явления и при решении его руководствоваться следующим положением: внутренним является все то, что в какой-либо степени видоизменяет систему» [Sossyur, 61].

2.Til va nutq (til tilshunosligi, nutq tilshunosligi, nutq faoliyatini o`rganishga doir masalalar, tilning jamoaviy, nutqning esa individual xarakterda ekanligi). Bu ikki narsa (til va nutq), shubhasiz, o’zaro uzviy bog’langan va bir-birini taqozo etadi: til nutqning tushunarli va samarali bo’lmog’i uchun kerak; nutq ham, o’z navbatida, tilning tashkil topmog’i uchun zarur. Tarixan nutq doimo tildan oldin yuradi. Agar nutq jarayonida bunday bog’lanish azaldan bo’lmaganda tushuncha qanday qilib so’z bilan bog’lana olardi? Ikkinchi tomondan, biz ona tilida so’zlashishni boshqalarni eshitish asnosida o’rganamiz; son-sanoqsiz tajribalar natijasidagina til xotirada saqlanib qoladi. Nihoyat, tilning tadrijiy taraqqiyoti aynan nutq hodisalari bilan shartlangandir: bizning tilga oid ko’nikmalarimiz boshqalarni tinglash jarayonida olinadigan taassurotlar natijasida o’zgaradi. Til va nutq orasidagi aloqa shu tarzda o’rnatiladi: til ayni paytda ham qurol, ham nutq materiali. Ammo bularning barchasi til va nutqning ayni paytda turli narsalarga bo’linishiga monelik qilmaydi.


  Til jamoada nusxalari juda o’xshash va ko’pchilik foydalanadigan lug’at kabi har bir kishining ongida mavjud izlarning majmui sifatida voqe bo’ladi («Kirish»ning 3-bobi 2-§iga qarang). Binobarin, bu har bir kishida mavjud va, shu bilan birga, hamma uchun umumiy va sohibining irodasidan tashqarida turadigan bir narsa. Til mavjudligining bu usuli quyidagi chizmada shunday berilishi mumkin:

1Q1Q1Q1…q1 (jamoaviy namuna)


Biroq nutq shu jamoada qanday namoyon bo’ladi? Nutq – bu kishilar gapiradigan narsalarning yig’indisi. U o’z ichiga: a) so’zlovchilarning xohish-irodasiga bog’liq individual so’z qo’llashlar; b) so’zlovchilarning xohish-irodasiga bog’liq va shu so’z qo’llashlarning voqelanishi uchun zarur bo’lgan fonatsiya (so’zlash) jarayonlaridir.

         Demak, nutqda jamoaviy xarakterdagi hech narsa yo’q: uning namoyon bo’lish shakllari individual va oniy (bir lahzalik)dir; bu erda quyidagi chizmada aks etgan xususiyliklarning yig’indisidan boshqa hech narsa yo’q:


(1Q11Q111Q1111…)
Bu mulohazalardan kelib chiqib, til va nutq bir nuqtai nazardan birlashtirilsa, yomon bo’lmas edi. Yaxlit holda umumiy tarzda olingan nutqiy faoliyatni bilib bo’lmaydi, chunki u xilma-xil; biz tomondan taklif etilayotgan tafovutlar va pog’onali joylashish (subordination) hammasini tushuntirib beradi.
Nutqiy faoliyat nazariyasini yaratishga kirishgan hamono duch keladiganing birinchi dixotomiya (butunni ikki qismga, keyin har bir qismni yana ikki qismga va yana… izchil bo’lish) shunday.
Juda bo’lmagan taqdirda bu ikki fan (til tilshunosligi va nutq tilshunosligi) uchun tilshunoslik nomini saqlab qolish va nutq tilshunosligi haqida gapirish mumkin. Biroq uni so’zning o’z ma’nosidagi, sof, yagona ob’ekti til bo’lgan tilshunoslik bilan adashtirmaslik kerak.
  Biz faqat keyingi (yagona ob’ekti til bo’lgan) tilshunoslik bilan shug’ullanamiz va ba’zan bayon davomida nutqni o’rganish sohasidan ham izohlar olib turishga to’g’ri kelsa-da, bu ikki sohani ajratib turuvchi chegarani hech qachon esdan chiqarmaslikka harakat qilamiz.


  1. F. do` Sossyurning hayoti va ijodi. (Tug’ilgan yili va joyi. Ajdodlari. Bolalik yillari. O’qigan joylari. Lingvistik ta’limoti).



Download 201 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling