Belgiya iqtisodiyotining innovasion rivojlanishi va Jahon banki bilan aloqalari. Company name


Download 1.98 Mb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1594410
1   2   3
Bog'liq
Belgiya iqtisodiyotining innovasion rivojlanishi va Jahon banki bilan aloqalari.

Bretton-Vuds tashkiloti deb ataluvchi bu ikki tashkilot ikkinchi jahon urushidan keyin xalqaro iqtisodiyotni mustahkamlash va xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tiklash maqsadida tuzilgan edi. Bu tashkilotlar bir-biri bilan bog‘liq, lekin turli funksiyalarni bajaruvchi hamkorlardir.

Xalqaro Valyuta Fondining asosiy maqsadi- xalqaro valyuta tizimi ustidan nazorat qilib turish va qisqa muddatli moliyaviy muammolarni hal etishda barcha a’zo mamlakatlarga (boy, rivojlangan mamlakatlarga ham, kambag‘al, rivojlanayotgan mamlakatlarga ham) yordam ko‘rsatishdan iborat.O‘zbekiston 1992 yilda ushbu tashkilotga kirgan.

Jahon Bankining asosiy maqsadi-rivojlanayotgan mamlakatlarda uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishga va oqibatda kambag‘allik darajasini pasaytirishga ko‘maklashish.


Jahon Banki qarzlari faqat rivojlanayotgan mamlakatlarga ularning uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish muammolarini hal etish uchun beriladi.

Asosiy vazifa sifatida iqtisodiy taraqqiyotni moliyalshtirish yuklatildi. Agarda Jahon bankining birlamchi kreditlari ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yevropaning iqtisodiyotini tiklashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, keyinchalik u o‘z e’tiborini jahonning qoloq mamlakatlari iqtisodini tiklashga qaratdi.


Hozirgi vaqtda esa Jahon bankining asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga, mazkur mamlakatlarning ishlab chiqarish darajasini oshirishga yordam berish va aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilashga ko‘maklashishdir.

Jahon Bankining asosiy maqsadi mustaqillikka erishgan mamlakatlarni jahon iqtisodiyoti tizimiga kiritish va bu uning asosiy yo‘li sifatida bozor iqtisodi munosabatlarini belgilash edi.


Jahon Banki BMT ning maxsus moliyaviy instituti deb tan olindi va bu strategik vazifalarni quyidagicha belgilab berdi. Jahondagi asosiy xujalik markazlar tizimini integrasiyalashtirish va unga a’zo mamlakatlar iqtisodiyotini kiritish.
Jahon banki guruhi BMT ning maxsus muassasasi bo‘lib, dunyoning yetakchi moliyaviy institutlari orasida qashshoqlikka qarshi kurashish va rivojlanayotgan dunyoda aholi turmush tarzini yuksaltirish kabi faoliyatlari bilan ajralib turadi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling