Bemomi instrumental rentgenologik. Endoskopik, va skanerlash tekshiruvlariga tayyorlashda tibbiyot hamshirasining vazifasi
Download 22.15 Kb.
|
BEMOMI INSTRUMENTAL
BEMOMI INSTRUMENTAL RENTGENOLOGIK. ENDOSKOPIK, VA SKANERLASH TEKSHIRUVLARIGA TAYYORLASHDA TIBBIYOT HAMSHIRASINING VAZIFASI. BEMORLARNI TIBBIY ASBOB USKUNALAR BILAN TEKSHIRISHDA ISHTTROK ETISH. KONTRAST MODDALAMI TAYYORLASH VA ULAMI BEMORLARDA QO'LLASHDA ISHTIROK ETISH. REJA: Bemomi instrumental rentgenologik Bernorlanti tibbiy asbob uskunalar bilan tekshirishda ishttrok etish Kontrast moddalami tayyorlash va ulami bemorlarda go'llashda ishtirok etish. Hozirgi vaqtda ko’plab yangi tekshirish usullari ayniqsa asbob-uskunali tekshirishlar bo’lishiga qaramasdan, bemorni klassik tekshirish ya’ni so’rab-surishtirish va fizik usullar o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q u diagnoz qo’yishning asosi bo’lib qoladi. So’rab – surishtirish Birinchi marta bemorni tekshirish so’rab-surishtirishdan boshlanadi. 80% terapevtik bemorlarni tahminiy diagnozi so’rab bilish davomida qo’yiladi va keyingi tekshiruvlar maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi. Bemorni so’rab – surishtirish natijalari – anamnez hisoblanadi. Shuning uchun ko’pincha so’rab-surishtirish o’rniga “anamnez yig’ish” termini ishlatiladi. (grek. Anamnezis-eslash) anamnez yig’ish oddiy savol-javobdan iborat bo’lmay, balki bemorni kasbiga, ruhiyatiga mos ravishda muloqot qilish demakdir, bu esa o’z navbatida bemorning ahvolini eyngillatishga olib keladi. Anamnez ma’lumotlarini grafik usullarida ifoda qilish maqsadga muvofiqdir. So’rab-surishtirish quyidagi qismlardan tashkil topgan: shikoyatlari, kasallik anamnezi: ( anmnezis morbi), hayot anamnezi (anamnezis vitae). Bemorni anamnezini o’rganishdan maqsad, diagnoz, qo’yish uchun kerak bo’lgan ma’lumotlarni olish, kasallik og’irligini baholash, ular bilan o’zaro ishonchli muloqot o’rnatish, bemor shahsini va uning o’z kasalligiga bo’lgan munosabatini baholashdan iborat. Ayrim bemorlar o’z kasalliklariga befarq bo’lganliklari uchun hamma shikoyatlarini aytavermaydilar, bunday bemorlarga qo’shimcha savollar berib shikoyatlarini aniqlashga to’g’ri keladi. Bemor shikoyatlarini qaysi biri asosiy va qaysi biri qo’shimcha ekanligini darhol aniqlab olish qiyin. Odatda bemor uchun eng katta ahamyatga ega bo’lgan shikoyat asosiy hisoblanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, ba’zan bunday shikoyatning asosiy kasallikga dahli bo’lmasligi mumkin. Ba’zida bemorlar umuman shikoyat qilmasliklari mumkin, ularning kasalligi tibbiy ko’rikdan o’tganda aniqlanadi. Shikoyatlar ichida og’riq eng ko’p uchraydi va u alohida o’ringa ega. Agar bemor og’riqqa shikoyat qilsa u holda quyidagilarga etibor berish kerak: Kasallik anamnezi Hozirgi kasallik anamnezini aniqlash (anamnezis morbi), bemor shikoyatlarini o’ragnish bilan bog’liq. Bunda quyidagilarga ahamiyat berish kerak. Kasallikni boshlanish vaqti. Qachondan beri o’zini kasal hisoblaydi: vrach bemor yordamida kasallikning birinchi belgilari paydo bo’lishidan boshlab, hozirgi vaqtgacha bo’lgan o’zgarishlarni kuzatishi kerak. Zo’rayish vaqtlari va uning tezligi. Bemor fikri bo’yicha kasallik yoki uning zo’rayishining sabablari. Ilgari o’tkazilgan tekshiruvlar va muolajalar: invalidligi va h.k. Hayot anamnezi (anamnezis vitae) umumiy harakterga ega: tug’ilgan joyi, ma’lumoti, turmush tarzi, oilaviy sharoiti, boshdan kechirgan kasalliklar (dorilarga allergiyasi, sil kasalligi, sariq (gepatit, teri-tanosil kasalliklari). Irsiy kasalliklarni so’rash alohida o’rinni egallaydi: Ota-onasini nima kasallikdan o’lganigi, masalan: qandli diabet, arterial gipertenziya, ateroskleroz, alkogolizm, ruhiy kasalliklar, havfli o’smalar va h.k. Kasbiy anamnezida chang, bug’ bilan hafas olish, vibrasiya, nurlanish kabi omillarga ahamiyat berish kerak. Anamnez yig’ishda zararli odatlari ham muhim o’rin tutadi, ayniqsa alkolizm, tamaki chekish va hozirgi kunda narkotiklarni qabul qilish ko’payib bormoqda. Yuqorida keltirilgan narsalarni miqdorini aniqlash ham muhim. Masalan: bir kunda nechta dona sigaret chekadi, yoki qancha spirtli ichimlik ichadi. Jinsiy anamnezida ayollarda oy ko’rishni muntazamligini, og’riqligini, homiladorlikni kechishini, nechta tuqqanligini, necha marta bola oldirganligini, qanday kontraseptiv vositalar qo'llaganligini aniqlash kerak.. Bemorni turmush sharoitini ham so’rash lozim. Uyining sovuqligi, namligi, ovqatlanish, jismoniy faolligi, oilaviy munosabati va h.k. bundan tashqari bemorning ruhiy holatini ham hisobga olish kerak. Umumiy va tana soxalari bo’yicha ko’zdan kechirish Bemorni ob’ektiv tekshirish usullari. Bu usullar orqali vrach o’zining sezgi a’zolari bilan kasallik diagnostikasi, uning prognozi haqida zarur malumotlarni olishi mumkin. Ob’ektiv tekshirish usullariga ko’zdan kechirish , paypaslash (palpasio), tukillatish (perkussio), eshitish (auskultasio), hamda qo’shimcha laborator-asbob uskunali aniqlashlar kiradi.Umumiy ko’zdan kechirish odatda tana qismlarini ko’rish bilan birga olib boriladi. Ko’zdan kechirish bemorni birinchi ob’ektiv tekshirish usuli bo’lib hisoblanadi. Bemorni ko’zdan kechirganda sinchkovlik ziyraklik va vrachning shahsiy tajribasi katta rol o’ynaydi. Ko’rish uchun yana bir muhim sharoitlar-dan biri bemor uchun qulay vaziyat yaratish, honalar iliq bo’lishi, u uzoq vaqt yechingan holatda bo’lmasligi, noqulay vaziyatda bo’lmasligi va h.k. Ko’zdan kechirish odatda tabiiy yorug’likda o’tkaziladi, chunki ayrim vaqtlarda sun’iy elektr chirog’ida ko’rilsa teri rangini o’zgarishini aniqlay olmay qolishimiz mumkin, bu esa diagnoz qo’yishda hatolikka olib keladi. Umumiy ko’zdan kechirishda quyidagilarni aniqlash mumkin: bemorning umumiy holati, es-hushi, vaziyati, tana tuzilishi ( konstitusiya ), yuz ifodasi, mijozini (ruhiy hususiyatlari), haroratini va antropometrik ma’lumotlarini. Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli, o’rtacha og’irlikda, og’ir, o’ta og’ir va agonal bo’lishi mumkin. Download 22.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling