Bemorlarni ovqatlantirish


Bemorlarni oqilona ovqatlantirishning gigiyenik asoslari


Download 36.77 Kb.
bet5/5
Sana02.11.2023
Hajmi36.77 Kb.
#1739487
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bemorlarning ovqatlanishini tashkil qilish va uning sifatini gigienik nazorati

4. Bemorlarni oqilona ovqatlantirishning gigiyenik asoslari.
"DPM larda bemorlarning ovqatlanishini tashkil qilish va uning sifatini nazorat qilish" mavzusidagi loyihani bajarishda bemorlarning ovqatlanishi faqat ular organizmini ovqatli moddalar va zaruriy energiya bilan ta’minlash bo’libgina qolmay, balki muhim davolovchi tadbir sifatida qaralishi kerak va parhezli ovqatlanish jarohatlangan organlar va sistemalarga ta’sir etib, ularning funksiyasi va strukturasini tiklanishiga yordam berish uchun yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim.
Shuning uchun davolovchi ovqatlanishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: -ovqat fiziologik to’la qiymatli bo’lishi; -o’ziga xos terapevtik xususiyatga ega bo’lishi kerak. Bu prinsiplarni ta’minlash uchun har qanday DPM da bemorlarning parhezli ovqatlantirish bo’yicha ishlar aniq yo’lga qo’yilgan bo’lishi kerak.
Ovqatlanishni bunday tashkil qilishning prinsipial sxemasi quyidigilardan tashkil topgan bo’ladi: davolovchi vrach bemorga tashhisga muvofiq dieta tayinlaydi; bo’limning katta bekasi DPMning ovqatxonasi uchun bo’lim bo’yicha belgilangan parhezlar bo’yicha ma’lumotlarni to’plab, ovqatxonaga jo’natadi.
Ko’rsatilgan sxemaga muvofiq vrach patologiya turi va bemorning umumiy holatiga qarab parhezni to’g’ri belgilashi, parhezli ovqatlanishning asosiy prinsiplarini hisobga olib taomnomani tuza olishi (fiziologik to’la qiymatlik va terapevtik xususiyat), ovqatxonaning sanitar holatini, ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoitlari va to’la qiymatliligini, taomlarning tayyorlanishi va tarqatilishini, hamda bevosita kasalxona bo’limlarida bemorlarni ovqatlantirishni tashkil etilganligini nazorat qila olishi kerak. 74 Parhezli ratsionlarning kimyoviy tarkibi va ularning energetik qiymatlari fiziologik me’yorlardan 5% ga farq qilishiga ruxsat etiladi.
Bemorlarni kam deganda kuniga 4 marta ovqatlantirish talab etiladi: nonushta-25-30%, tushlik-40% va kechki ovqat 20-25%, ikkinchi kechki ovqat- 5-10%. Mavzuga oid test savollari
1. DPM bemorlarning ovqatlantirish sifatiga kim javobgar? A. katta hamshira B. palata shifokori D. bosh shifokor E. oshpaz F. shifokor dietolog yoki hamshira dietolog
2. Agar ovqat ratsionida oqsil, yog’, uglevodlar nisbati 1:1,6:3,1 bo’lsa, insonning ovqatlanish sifatiga 3 ta tavsif bering:
A. ovqatlanish adekvat emas, muvozanatlashmagan
B. oqsillar ko’p
D. yog’lar me’yoridan ortiq
E. oqsillar tanqis F. uglevodlar tanqis
3. Katta yoshdagi odamning ovqat ratsionidagi oqsil miqdori 150 g bo’lsa, uning ovqatlanishini adekvat deb hisoblasa bo’ladimi? A.katta yoshdagi odamning oqsilga bo’lgan ehtiyoji 1 kg vaznga 1,5 g tashkil etadi B.katta yoshdagi odamning oqsilga bo’lgan ehtiyoji 1 kg vaznga 2,5-3,0 g D.oqsilga bo’lgan ehtiyoj 90 -100 g ortmasligi kerak E.agar odam ortiqcha vaznga ega bo’lmasa, oqsilga bo’lgan ehtiyoj 120 g oshmasligi kerak F.agar odam ortiqcha vaznga ega bo’lsa, unda oqsillar miqdorini kamaytirish kerak.
4. Bemorning ovqatlanish sifatini baholang, agar qish faslida ratsionning energetik qiymati quyidagicha taqsimlangan bo’lsa: nonushta - 10%, tushlik - 30%, kechki ovqat - 60%: A.ovqatlanish oqilona 75 B.ovqatlanish oqilona emas D.ovqat kaloriyasining foizlardagi taqsimoti gigiyenik talablarga mos keladi E.kechki ovqat ortiqcha F.nonushtaning kaloriyasi yetarli emas
5. Shifokor bemorlarning amaldagi ovqatlanishini baholashda ovqatlanishga bo’lgan 2 asosiy gigiyenik talabni hisobga olishi kerak, ularni ayting:
A.ratsionning energetik qiymati va oziq moddalarning miqdori organizmning fiziologik ehtiyojlariga mos bo’lishi B.oziq moddalar o’zaro muvozanatlashgan bo’lishi D.ovqatning yuqori kaloriyaligi E.ratsionning turli guruhdagi vitaminlar bilan to’yinganligi F.yil mavsumiga ko’ra ratsion tarkibining sifatiy o’zgarishi





Download 36.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling