Badan terisini parvarishlash va yotoq yaralar profilaktikasi.
Nazariy tushuncha. Og’ir yotgan bemorlarni parvarish qilishda terini ozoda, toza saqlashning ahamiyati katta. Teri yaxshi parvarish qilinmaganda va organizm zaiflashganda terining bosilib turadigan soxalarida yotoq yaralar hosil bo’ladi. Badan terisida yotoq yaralar odatda kurak, bel soxasiga, tirsaklar, dumgaza, son va boldir soxasida paydo bo’lib, ularning rivojlanishiga terida qon aylanishning buzilishi sabab bo’ladi.
Yotoq yaralarning dastlabki belgilari: terining qizarishi, shishib turganligi va epidermisning qichishi xisoblanadi. Keyinchalik terida yaralar paydo bo’ladi. To’qimalar yumshoq to’qimalar, xatto tog’ay suyaklar nekrozga uchraydi. Infeksiyaning qo’shilib ketishi ba’zan sepsisga olib keladi.
Ishdan maqsad. Og’ir axvolda yotgan bemorlarning terisini parvarishlash va yotoq yaralarning oldini olish tadbirlarini o’rganish bo’yicha malakalarini oshirish, amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |