Bemorlarning shaxsiy gigiyenasi


Download 21 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi21 Kb.
#1648336
Bog'liq
bemorlarni gegiyenasi


Bemorlarning shaxsiy gigiyenasi
Nazariy to’shuncha: Shaxsiy gigiyena tadbirlarga o’rin-boshni tayyorlash, ich kiyimlar va choyshablarni almashtirish, teri, soch, tirnoqlar, quloqlar, burun, ko’zlarni parvarish qilish, bemorlar tagini yuvish kabi muolajalar kiradi. Bu tadbirlar og’ir yotgan bemorlarda tibbiyot hamshirasi va kichik hamshira tomonidan amalga oshiriladi.
Choyshablar va ich kiyimlarni almashtirish
Nazariy tushuncha. Kasalxonalarda bemorlarning choyshablari va ich kiyimlari xaftasiga bir marta, gigiyenik vanna qabul qilgandan so’ng almashtiriladi. Og’ir bemorlarda choyshablar va ich kiyimlar tibbiyot hamshirasi va kichik hamshirasi yordamida almashtiriladi.
Ishdan maqsad. Bemorlarning choyshablari va ich kiyimlarini almashtirish usullarini o’rganish.
Kerakli jixozlar: Choyshablar, karavot, to’shak, (matras), yostiq, adiyol, ich kiyimlar.
Ishni bajarish tartibi. Bemorning axvoliga qarab choyshablar ikki usulda almashtiriladi
Kir choyshab oyoq tomondan qayirilib yoki buklab chiqiladi va extiyotlik
bilan sug’urib olinadi. Ikki tomondan bint kabi o’ralgan choyshabni bemorning dumg’azasi tagiga quyiladi. So’ngra bosh va oyoq tomoniga tortib yozib qo’yiladi. Yozilgan choyshab tekis, tarang, g’adir-budir yamoklarsiz bo’lishi kerak.
Bemor urinning bir chetiga suriladi, kir choyshab uzunasiga bint shakliga o’raladi, uning o’rniga tozasi yoziladi, bemor toza choyshab ustiga yotqiziladi, ikkinchi tomondan kir choyshab tortib olinadi.
Badan terisini parvarishlash va yotoq yaralar profilaktikasi.
Nazariy tushuncha. Og’ir yotgan bemorlarni parvarish qilishda terini ozoda, toza saqlashning ahamiyati katta. Teri yaxshi parvarish qilinmaganda va organizm zaiflashganda terining bosilib turadigan soxalarida yotoq yaralar hosil bo’ladi. Badan terisida yotoq yaralar odatda kurak, bel soxasiga, tirsaklar, dumgaza, son va boldir soxasida paydo bo’lib, ularning rivojlanishiga terida qon aylanishning buzilishi sabab bo’ladi.
Yotoq yaralarning dastlabki belgilari: terining qizarishi, shishib turganligi va epidermisning qichishi xisoblanadi. Keyinchalik terida yaralar paydo bo’ladi. To’qimalar yumshoq to’qimalar, xatto tog’ay suyaklar nekrozga uchraydi. Infeksiyaning qo’shilib ketishi ba’zan sepsisga olib keladi.
Ishdan maqsad. Og’ir axvolda yotgan bemorlarning terisini parvarishlash va yotoq yaralarning oldini olish tadbirlarini o’rganish bo’yicha malakalarini oshirish, amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
Kerakli jixozlar: Sochiq, dezinfeksiyalovchi eritma, (spirt, kamfora spirti), stakan, qaychi, tog’ora, iliq suv solingan idish, rezina chambar fantom ko’g’irchoq.

Ishni bajarish tartibi.


1. Dezinfeksiyalovchi eritmalardan biri yoki iliq suv olinadi. Eritma solingan shishachani iliq dezinfeksiyalovchi eritma yoki suvga xo’llanadi, oz-moz siqiladi va bemor bo’ynini, qo’loq orasini, ko’krak qafasini oldingi yuzasini, qo’ltiq ostlari artib chiqiladi. Ayollarda sut bezlarining tagidagi burmalarni artishga aloxida e’tibor beriladi. So’ngra teri sochiq bilan quriguncha artiladi. Bemorni oyoqlarini to’shagi ustida tog’orachani qo’yib, yuvib olinadi, tirnoqlari kalta qilib qirqiladi.


2. Yotoq yaralarning oldini olish profilaktikasi uchun quyidagi tadbirlar o’tkaziladi: a) bemorlarning o’rindagi xolati o’zgartiriladi (yonbosh qilib yotqizish); b) choyshablarda ushoqlar bo’lmasligi uchun qoqib tashlanadi; v) choyshablar va ich kiyimlarda burmalar bo’lsa va yamoqlar bor bo’lsa ular almashtiriladi; g) bemorning dumg’azasi tagiga ichiga havo puflangan, jild kiydirilgan rezina chambar quyib quyiladi; d) terini kamfora spirti bilan xo’llangan sochiq bilan ishqalab quruq qilib artiladi.


Og’iz bo’shlig’ini parvarish qilish.


Nazariy tushuncha. Og’ir yotgan bemorlarning organizmi zaiflashib qoladi. Ularning og’iz bo’shlig’iga mikroorganizmlar yig’iladi, bu esa og’iz bo’shlig’ida badbo’y xid hosil qiladi. Natijada og’iz bo’shlig’ining shilliq qavati yalig’lanish kasalligi-stomatitlar kelib chiqadi. Shuning uchun ham og’ir yotgan bemorning og’iz bo’shlig’ini muntazam parvarish qilish zarur. Yuradigan bemorlar har kuni ovqatdan keyin ertalab va kechqurun tishlarini tish pastasi va cho’tkasi yordamida yuviladi. Og’iz bo’shlig’ini kuchsiz namakop yoki kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi bilan chayadilar. Og’ir axvoldagi bemorlarning og’iz bo’shlig’ini tibbiyot hamshirasi har safar ovqatdan keyin chayib qo’yishi kerak. Zaruriyat bo’lganda vrach kursatmasi bilan og’iz bo’shlig’iga dori-darmonlar yordamida ta’sir ko’rsatish muolajasi (applikatsiya yo chayish)ni bajaradilar. Applikatsiya asosan og’iz bo’shlig’i shilliq pardasi yalig’lanishi (stomatit) kasalligida qo’llaniladi.


Ba’zi bemorlarda lab quriydi, og’iz burchaklari yoriladi, og’izni ochganda og’riqka sabab bo’ladi. Bemor axvolini yaxshilash uchun suvga xullangan doka bosiladi. Biror xil doridan surtib qo’yiladi. Agar tish protezlari bo’lsa, kechqurun olib sovunlab yuvib quruq qilib artib quyiladi. Ertalab yana yuvib keyin taqib quyiladi.

Sochlarni parvarish qilish.




Nazariy tushuncha. Bemorlar sochini har 7-10 kunda sovo’nlab yoki shampunlab yuvib turishlari zarur. Og’ir axvoldagi bemorlarning sochi kirlanishidan tashqari unda sirka va bitlar paydo bo’lishi mumkin. Tibbiyot hamshirasi bemorning sochini sinchiklab tekshirib turishi va toza tutishi shart. Uzoq muddat kasalxonada yotadigan Bemorni parvarish qilish - bemor (kasal)larga hertomonlama yordam berish va vrach koʻrsatmalarini bekamu kust amalga oshirishni taʼminlaydigan tadbirlar majmui; davoning muhim tarkibiy qismi. Turli kasalliklarda bemorni parvarish qilishping oʻziga xos xususiyatlari bor. Shu bilan birga barcha bemorlarga tegishli umumiy parvarish qoidalari mavjud. Bemorning maʼlum bir tartibga amal qilishi, toʻgʻri ovqatlanishi, vrach buyurganlarini toʻlatoʻkis bajo keltirishi, bemor ahvolini uzluksiz kuzatib borish, shuningdek dard tufayli zaiflashib qolgan organizmni boshqa kasalliklardan himoya qilish ham Bemorni parvarish qilish q.ga kiradi Bemorni parvarish qilish q. tadbirlari bemorning umumiy ahvoliga qarab belgilanadi. Vrach lozim boʻlgan tartib (rejim)ni tavsiya etadi, yaʼni qimirlamay yotish tartibi (oʻrinda harakat qilinmaydi), yotish tartibi (oʻrinda turmasdan harakat qmlish mumkin), yotib turish tartibi (xona ichida harakat qilish mumkin), umumiy tartib (faol harakat qilishga ruxsat beriladi). Bemor oʻziga oʻzi bemalol qaray olsa ham, uning yaqinlari iloji boricha qulay sharoit tugdirishlari, kayfiyatini buzmasliklari, vrach koʻrsatmalarini amalga oshirishini kuzatib borishlari lozim. Bemor uyida davolanadigan boʻlsa, u yotgan xona alohida, ozoda, yorug , iliq (18 — 20°) boʻlishi, kupda uch mahal — ertalab, kunduzi va kechqurun — uxlashdan oldin shamollatib turilishi zarur (hatto qishda ham). Bunda bemorni issiq adyol, boshini qalin sochiq bilan oʻraladi va yuzi ochiq qoddiriladi. Bemor sovqotmaydigan qilib yaxshi oʻrab qoʻyilsa, sof havo hech zarar qilmandi. Yezda derazani kun buyi ochib qoʻygan maʼqul. Xona kuniga 2 marta: ertalab va kechqurun yotishdan oldin yigʻishtirib, tozalanadi. Bunda deraza romlari, eshik, mebellar nam latta bilan artiladi, pol yuviladi yoki latta oʻralgan chutka bilan tozalanadi. Gilamlar, qalin deraza pardalar vaqtincha yigʻib qoʻyilgani maʼqul yoki tez-tez (haftada 1 — 2 marta) chang yutgich bilan tozalanadi. Xonada pastroq tovushda gaplashish kerak, ammo pichirlab gaplashish yaramaydi. chunki bu bemorga goʻyo uning agʻvoli ogʻirligini yashirishga urinayotgandek boʻlib tuyuladi, radio va televizor ovozini pasaytirib qoʻyiladi. Bemorii biror joyga oʻtkazish kerak boʻlsa, maxsus kreslo yoki zambildan foyd&taniladi. Bu ishni bajaruvchi yolgʻiz boʻlsa, u bir qulini bemorning kuragi ostidan, ikkinchisini sonining tagidan oʻtkazib, koʻtaradi; bunda bemor kutaruvchining buyniga osilib oladi. Boshqa joyga utkazishdan oldin joyning tayyorligi kuzdan kschiriladi. Ahvoli ogir bemorlar choyshabi tagidan kleyonka solinadi. dumgʻaza ostiga rezina doira, ostga tuvak, siydikdon qoʻyiladi, ularga yechinishlarida yordam koʻrsatiladi. Bemorning koʻrpatoʻshagi uzun va keng boʻlgani maʼqul. Toʻshak ustidan oq choyshab yoziladi. Baʼzi kasalliklarda vrach tavsiyasi bilan tushak ostidan uning kattaligida taxta quyiladi. Bemorni issiq qilib, oʻrabchirmash yaramaydi. Karavot iyeltgich asboblariga yaqin qoʻyilmaydi, uni ikki tomonidan bemor oldiga bemalol kelish mumkin buladigan qilib qoʻyish kerak. Bemor choyshabini ehtiyotlik bilan almashtirish lozim. Buning uchun bemorni (agar t>ra olmasa) avaylab urin chetiga surib, choyshabning boʻshagan kismini yumaloklab oʻrab, bemor yotgan joygacha olib kelinadi, uning oʻrniga toza choyshab yozib, bemorni uning ustiga oʻtk^ziladi, oʻralgan kir choyshab esa yigʻishtirib olinadi. Ogʻir yotgan bemorning koʻylagini almashtirganda koʻylak etagini yuqoriga tomon yigʻa borib, avval boshidan, soʻngra qoʻllarida}) chiqariladi, koʻylak kiygizishda esa buning aksicha amal qilinadi. K^loyoqshikastla i ganda kiyim avval sogʻ qoʻloyoqaan, keyin kasach q>;loyoqdan yechiledi, kiygizishda esa buning akemcha qilinadi. Bemorga vrach ruxsat etgan boʻlsa, haftada 1 marta uni choʻmiltirish mumkin. Agar bunga ruxsat berilmasa. kundalik yuvibtarashdan tashqari, bemor badanini qaypagan suv yoki maxsus eritmalarga hoʻllangan latta bilan artib turiladi. Bemor qattiq terlasa, kiyimi botbot almashtirnlib, badani quruq sochiqqa artnladi (badani doim quruq va toza turishi kerak). Yuz, boʻyin va gavdaning yuqori qismini kunda yuvib turish, qulni har safar ovqatlanmshdan oldin yuvish kerak. Oʻrnidan turmaydigap bemorlar oyogʻini karavot ustiga togora q>’yib. haftada 2 — 3 marta yuviladi. Ogir yotgan bemorlarning jinsiy aʼzolari va orqa chik>)run teshigi sohasi har gal hojatdan keyin yuvib turiladi. Ich ketganda darhol kleyonka va choyshab (lozim boʻlsa kiyimlarni ham) almashtiriladi va orka peshov sovunlab yuviladi. Sochni har kuni iliq suv bilan namlab tarab, toza tutiladi. tirnoqdarpi vaqtvaqti bilan olib turiladi. Bemor tishini kuniga 2 mahal yuvib. har gal ovqatlangandan keyin ogʻzini chayib turishi lozim. Ogʻir yotgan bemorlar tishi 0,5% li soda yoki margansovkaning kuchsiz eritmasiga namlangan paxta bilan artiladi. Kuloqdar iliq suv va sovun bilan yuvib turiladi, unda chirk yigʻilib qolsa, 3% li vodorod peroksid eritmasidan bir necha tomchi tomizib. soʻngra paxta pilikcha yordamida ex?iyotlik bilan olinadi. Quloqni tozalaganda gugurt choʻpi, soch toʻgʻnogʻichi va boshqalardan foydalanish yaramaydi, aks hodda quloq pardasini teshib yuborish mumkin. Koʻzdan kiprik va qovoqlarning yopishib qolishiga sabab boʻladigan suyuqlik ajrachganda (koʻproq bolalarda) ertalab yuvintirish vaqtida kuzni ehtiyotlik bilan iliq suvda paxta boʻlakchasi bilan yuviladi. Burundan suyuklik oqqanda yoki qaloqhosil boʻlganda uni vazelin moyi yoki glitserin tomizib yumshatiladi va paxta pilik bilan asta tozalanadi. Yotgan bemorlarga tuvak va siydikdon tutiladi, u oldin tozalab yuviladi va dezinfeksiyalanadi. Bemorning haroratini ertalab va kechqurun ulchab, yozib qoʻyish juda muhim, chunki haroratning oʻzgarishiga qarab, kasallikning qanday oʻtayotganini va davolash nafini bilsa boʻladi. Bemor ovqati oqsil, uglevod, yog , mineral tuzlar, vitaminlarga boy boʻlishi kerak. Bemorni kuniga 4 mahal (maʼlum soatlarda) ovqatlantirish lozim. Ovqatlarning xilmaxil boʻlishi, dasturxonni chiroyli qilib bezash bemorning ishtahasi ochilishiga yordam beradi. Koʻpgina kasalliklarda vrachning oʻzi parhez taomlar buyuradn, oʻz bilgicha parhez qilish yaramaydi. Ayrim kasalliklar (ayniqsa, meʼdaichak kasalliklari)da ozozdan dambadam ovkatlanish tavsiya etiladi. Ogʻir yotgan bemorlarga ovqat qoshiq bilan ozozdan ichiriladi. Ichimlik va suyuq ovqatlar (qaynatma shoʻrva. kisel va boshqalar) joʻmrakli maxsus idishchada ichiriladi. Bemorning uyqusiga, kayfiyatiga, eshushi joyida ekaniga kdrab turish muhim ahamiyatga ega. Bemorni xayajonlantiradigan, uning kayfiyatini buzadigan gaplarni aytish, ezmalik qilish yaramaydi. Bemor maʼyus boʻlib, chiroyi ochilmasa, tinchlantirish, unga dalda berish maʼqul. Bemor yotgan uyda tinchlik saqlash uning tuzuk dam olishiga va tiniqsb uxlashiga yordam beradi. Terining rangiga, toshmalar boryoʻgʻiga, qichishishiga, gavda haroratiga. yuzkoʻzlar ifodasiga eʼtibor berish va oʻzgarish sezilsa, tezda vrach chaqirish lozim. Shuningdek siydik va najas rangining oʻzgarganligi, dori-darmonlar qanday taʼsir etayotganligini kuzatib borish hamda maʼlumotlarni vrachga yetkazib turish lozim. Agar doridan toshmalar toshsa, qichishsa. tilning uchi achishea, koʻngil aynisa, bu qaysi dori bilan bogʻliqligini aniqlab va uni qabul qilishni toʻxtatib, darhol vrachga xabar qilish kerak. Vrach buyurganda bemorga koʻpincha grelka, gorchichnik, kompress qoʻyiladi, dori ichiriladi va boshqa Dorini buyurilgan miqdor (doza)da va maʼlum vaqtlarda beriladi. Doridarmonlar quruq, ayrimlari qorongi va salqin joyda saqlanadi. Yukumli kasalliklar bilan ogʻriganlar, shuningdek keksa bemorlar alohida parvarishga muxtoj boʻladi. Yuqumli kasallik bemordan atrofdagilarga ‘yuqishi mumkinligini nazarda tutib, tozalikka jiddiy rioya qilish talab etiladi. Ruhiy kasallarni parvarish kdlganda baxtsiz hodisalar (oʻziga va atrofdagilarga qasd qilish, qochish va boshqalar)ning oldini olishga ahamiyat beriladi.erkaklar sochlarini kalta qilib oldirib, boshlarini 7-10 kunda yuvishlari mumkin. Sochi uzun ayollarning sochi har kuni mayda tishli tarokda taraladi. Yuradigan bemorlar boshlarini gigiyenik vanna qabul qilgan paytda yuvadilar. Bemor uzoq vaqt o’rinda yotsa, boshi o’rinda yuvib quyiladi.
Og’ir yotgan bemorlarning sochlarini parvarish qilish bo’yicha amaliy malakalar orttirish.
Kerakli jixozlar. Tog’ora, sovun yoki shampun, taroq, iliq suv, taglik, sochiq.
Ishni bajarish tartibi. Bemor yotgan karavotning bosh tomoniga tog’oracha quyiladi. Bemorning boshini bo’yni satxidan Orqaga tashlatirib quyiladi va tagiga taglik quyiladi. Boshga sovun surtib, sochlar tagidagi teri yaxshilab ishqalanadi. So’ngra sochlar chayiladi va quriguncha artiladi. Shundan so’ng qunt bilan taraladi. Bemorning boshiga sochiq yoki rumol o’rab quyiladi.
Bemorlarning tana haroratini o’lchash, nafas olish sonini va tomir urish-pulslarni sanash hamda arterial qon bosimini o’lchash qoidalari
Sog’lom odamda tana harorati normada doimiy bo’lib, ertalabki va kechki soatlarda oz-moz o’zgarib turadi va 370 S dan oshmaydi. Haroratning doimiyligi organizmda issiqlik ishlab chiqarilishi va isiqlik ajratish jarayonlariga bog’liq. Bolalarda harorat birmuncha yuqori kensalarda bir oz pastroq bo’ladi. To’g’ri ichak va kindik harorat qo’ltiq va chov soxasining terisidagi haroratga qaraganda 10S ga yuqori bo’ladi.
Tana haroratini o’lchash va uni kuzatib borish tibiiyot hamshirasining vazifalaridan biri xisoblanadi. Tana harorati tibbiyot termometri bilan o’lchanadi. Bizning mamlakatimizda tana haroratini ulchash uchun Selsiy bo’yicha darajalangan tibbiy termometrdan foydalaniladi. U kapillyari bor shisha naychadan iborat bo’lib, naycha uchida simob to’ldirilgan rezervual bor. Bu naycha shkalaga maxkamlangan bo’lib, shkalaning 340 dan 420S gacha darajalari bor.
Tibbiyot termometrini uy sharoitida uzining maxsus karton yoki plastmassadan tayyorlangan g’iloflarga solinib, aptechkalarda saqlanadi. Kasalxona sharoitida esa termometrlar tubiga bir qavat paxta qo’yilib uning 1/2 xajmigacha 0,5% li xloramin yoki 70 S spirt solingan bankachalarda saqlanadi.
Tana harorati qo’ltiq ostida chov soxasida og’iz bo’shlig’iga, to’g’ri ichak va qinda o’lchanadi.
Haroratni o’lchashdan oldin termometr quruq qilib artiladi, bir-ikki silkitib simob 350S dan pastgacha to’shiriladi. Bemor qo’ltig’i osti soxasi sochiq bilan artib quritiladi. Termometrning uning simobli rezervuari qo’ltiq ostida, hamma tomondan badanga tegib turadigan qilib qo’yiladi. O’lchash vaqtida bemor qimirlamay yotishi yoki o’tirishi kerak.
Bemorni parvarish qilish — bemorga qarash salomatlikni tiklashda katta ahamiyatga ega (ko’pincha "œparvarish bilan bemorni oyoqqa turg’izishdi" deyiladi). Har bir kasallik o’ziga xos parvarishni talab etadi. Biroq har qanday kasallik bilan og’rigan bemorni parvarish qilishda bajarilishi zarur bo’lgan umumiy qoidalar ham borki, quyida biz shular haqida so'z yuritamiz.
Bemor, ozoda, imkoni boricha yorug’, havosi iliq xonada yotishi kerak. Xonani har kuni (kuniga ikki martta: ertalab va kechqurun uyqu oldidan) ho’l latta bilan artib turish lozim. Shuningdek, xona havosini hamisha yangilab turish kerak, qish paytida 10-15 minutdan kuniga 3-4 mahal shamollatib turish, yozda esa derazalarni ochib qo’yish tavsiya etiladi. Qishda xona shamollatilayotganida bemorni ko’rpa bilan issiq qilib o’rash, boshiga sochiq yopib, yuzini ochiq qoldirish kerak. Lekin bemorga havo tegib nafas yo’llarini ta’sirlantiradigan hollar bundan istisno. Xona temperaturasi doim bir xil (18-20 gradus) turishi shart.
Bemorning shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishiga ham alohida e’tibor berish zarur: u har kuni ertalab va kechqurun yuz-qo’lini yuvishi, kuniga ikki mahal tishlarini tozlashi, ovqatdan keyin har safar og’iz chayqashi, imkoniyat bo’lsa, haftasiga bir marta vannaga tushib yuvinishi kerak. Turmaydigan be’morlarni esa har kuni yuvintirib qo’yiladi. Og’ir yotgan bemorlarning yuz- qo’llarini kuniga qaynagan yoki yuvinishga ishlatiladigan suvga ho’llangan paxta bilan artish, ko’z qovoqlarini tomizg’ich va paxta yordamida borat kislotaning 2 %li iliq eritmasi bilan yuvib turish zarur. Shuningdek, bunday bemorlarning og’iz bo’shlig’i: tili, milklari va tishlarini 2 %li borat kislota, kaliy permanganatning och pushti eritmasi (margansovka) ga ho’llangan paxta bilan tozalab, keyin 1 %li bura eritmasiga (unga 10 %li glitserin eritmasi ham qo’shiladi) ho’llangan doka, salfetka bilan artiladi. Bo’yni, ko’kragi va qo’ltig’ini har kuni iliq suvga ho’llangan sochiq bilan ishqalab, keyin quruq qilib artish, sochlarini ham har kuni tarash zarur. Og’ir yotgan va infeksion kasalliklar bilan og’rigan bemorlar sochini olib tashlash ma’qul. Bemorning ichi kelib qovug’ini bo’shatgach, har safar ostini qaynagan iliq suv bilan yuvib qo’yish shart.
Bemorning yostiq jildlari va choyshab hamda ichki kiyimlarini kam deganda haftasiga bir marta almashtirish lozim, u terlasa yoki ich kiyimlarini bulg’atib qo’ysa, kiyim va choyshablarini shu zahoti almashtirish zarur. Og’ir yotgan bemorlarning choyshabini almashtirish uchun alohida usullar qo’llashga tog’ri keladi. Bunda bemorni avaylab o’rin chetiga suriladi, choyshabning bo’shagan qismini uning badaniga taqalguncha bint kabi dumaloqlab o’rab borish va o’rniga toza choyshab yozib, ustiga bemorni yotqizish kerak. Choyshab bemor oyoqlardan boshiga tomon (agar unga qimirlash ham taqiqlangan bo’lsa) o’rab boriladi. Avval choyshabning oyoq tomonidagi uchini beligacha o’rab kelib, tozasini yozib boriladi, so’ngra choyshabni tananing yuqori qismi tagidan chiqarib olib tozasi bilan almashtiriladi. Choyshab almashtirilgach, buklib qolgan joylarini yaxshilab tekislash (bemor qimirlaganida bukilib qolmasligi uchun choyshabni to’shakka tog’nag’ichlab qo’ysa ham bo’ladi) lozim. Miokard infarkti va insult bo’lgan bemorlarning choyshab va kiyimlari ayniqsa ehtiyotkorlik bilan almashtiriladi. Og’ir yotgan bemorlarning ko’ylagini almashtirish uchun orqasidan tagiga qo’l solib, ko’ylagini ensasigacha ko’tariladi, keyin galma-galdan yenglari yechib olinadi. Agar bemorning bir qo’li shikastlangan bo’lsa, avval sog’lom qo’lini yengidan chiqariladi (miokard infarktida esa avval o’ng qo’l yengdan chiqariladi). Toza ko’ylakni esa kasal qo’ldan kiygizila boshlab, so’nga boshdan o’tkaziladi va orqadan dumg’azgacha tushirilib, burmalari yaxshilab to’grilanadi. Qimirlash mumkin bo’lmagan bemorlarga raspashonka-ko’ylak kiygizish tavsiya etiladi.
Bemor ruhan va psixik jihatdan tinch yotishi zarur. Shuning uchun uning uyqusi yaxshi — yomonligini, es-hushi, kayfiyati qandayligi, bezovtaligi yoki tinchligi, asabiylashayotgani yoki bo’shashib, behol yotishi va hokazolarni kuzatib borish kerak. Osoyishtalikni zarur sharti tinchlikdir. Bemor bilan uni hayajonlantiruvchi, bezovta qiluvchi, kayfiyatini buzadigan mavzularda gaplashish yaramaydi. Agar uni ko’ngli ezilgan, kayfiyati yomon bo’lsa, ruhini ko’tarib, unda sog’ayishiga umid uyg’otishiga harakat qilish kerak. Bemor kasali og’ir va bedavo bo’lsa, o’ziga bildirmay hayotining so’nggi daqiqalarigacha uni tetiklantirib turish lozim.
Bemor ovqati xilma-xil va bekam-ko’st, ya’ni asosiy oziq moddalari va yetarli miqdorda vitaminlarga ega bo’lishi kerak. Uni hamisha ma’lum bir vaqtlarda kuniga 4 mahal, ba’zan undan ham tez-tez ovqatlantirib turish o’rinli. Ovqatning xili va suyuqlik miqdorini vrach belgilaydi. Darmonsizlangan bemorlarga ichimliklar maxsus idish yoki kichikroq choynakdan ichirib turiladi. Turmaydigan bemorlarning ovqatlanishi uchun to’shagiga skameykaga o’xshash stolcha qilib beriladi. Bunday stolcha bo’lmasa, bemor o’rniga sochiq yoki kichikroq choyshab yozish va uni qoshiq bilan ovqatlantirib qo’yish tavsiya etiladi.
Bemorning ahvolini diqqat bilan kuzatib turish kerak, agar uning ahvoli yomonlashib qolsa, tez fursatda vrach chaqirish lozim. Bemorning rangi, badaniga toshmalar toshishi, shish kelishi, nafas olishi, hansirab qolishi, yo’tal tutishi va boshqalarga ahamiyat berish lozim. Bemorning ishtahasi qanday, haddan tashqari ko’p chanqamayaptimi, ko’ngli aynab qusayaptimi, qorni og’riyaptimi, ich yurishi, siydigi normal kelayotgan va hokazolarni bilib turish zarur, agar siydik kelmay qolsa tezda vrach chaqirish kerak.
Download 21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling