2. Tibbiy hаmshirаning vazifalari:
2. Tibbiy hаmshirаning vazifalari:
1.Dorilarni ichirish, in’ektsiya qilish, tomizish, surtish va hokazo.
2.Xantal, banka, kompress qo‘yish, ingalatsiya qilish, me‘dani yuvish, klizmaning har-xil turlarini bajarish, zuluk qo‘yish va boshqalar.
3.Shaxsiy gigiyena tadbirlarini o‘tkazish. Bemorni yuvintirish,yotoq yaralarning oldini olish, ich kiyimlari va
choyshablarini almashtirish, ovqatlantirish va tabiiy zaruriyatlarda og‘ir bemorga yordam ko‘rsatish.
4.Bemor yotgan xonada sanitariya-gigiyena sharoitini ta’minlash.
5.Tibbiy hujjatlarni to‘ldirish.
3.Bemor ruhini tetiklashtirish:
- Bemor bilan xushmuomalada bo‘lish, uning kayfiyatini ko‘tarish.
- Bemor iltimoslarini iloji boricha o‘z vaqtida bajarish.
- Gazeta va jurnallar o‘qib berish.
- Bemorning sog‘ayib ketishiga ishonch uyg‘otish.
4. Bemorning shaxsiy gigiyenasi.
4. Bemorning shaxsiy gigiyenasi.
1.Bemorni yuvintirish.
2.Teri, soch, ko‘z, quloq, burun, og‘iz bo‘shlig‘i va tirnoqlarni parvarishlash.
3.Kiyimlari, choyshablarini almashtirish.
Yotoq yaralarning oldini olish.
5.Yotoq yara va uning oldini olish. Bemorning uzoq vaqt qimirlamasdan yotishi tufayli badan terisida paydo bo‘ladigan yaraga yotoq yara deyiladi.
Oldini olish:
1.Bemor terisini o‘z vaqtida parvarish qilish.
2.Iloji boricha bemor ahvoliga qarab kuniga yoki kunora o‘ng yoki chap yonga ag‘darib turish.
3.Ovqatlantirilganda bemor to‘shagiga ovqat qoldiqlarining tushishiga yo‘l qo‘ymaslik.
4.Kiyimlari va choyshablarining bukilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik
5.Bel-dumg‘aza sohasiga rezina chambar qo‘yish, shu sohalar terisiga vazelin, spirt surtish.
6.Teri qizargan yoki yara paydo bo‘lgan bo‘lsa, tibbiy muolajalar yordamida davolash.
Do'stlaringiz bilan baham: |