Benkov nomidagi respublika rassomlik


Download 28.44 Kb.
bet2/3
Sana28.10.2023
Hajmi28.44 Kb.
#1729780
1   2   3
Bog'liq
Germaniya uyg’onish davri

Germaniya
17-asrda bo’lgan 30 yillik urush (1618-1648) Germaniyani yanada tarqoqlashtirib, uning iqtisodiy zaiflashuviga sabab bo’ldi. 17-asrda bo’lib o’tgan Prussiya va Avstriya orasidagi nizolar ham Germaniya va Avstriya ijtimoiy hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ana shu ijtimoiy-tarixiy sharoitda yangicha san’at o’ziga yo’l ochib bordi. Bu dastlab adabiyot va musiqada o’zini namoyish etdi. (Lessing, Gyote, Shiller, Bax, Gendel). Me’morlik va tasviriy san’atdagi rivojlanish dastlab, Italiya hamda Frantsiya ta’sirida yuz berdi. 18-asr birinchi yarmida barakko, ikkinchi yarmida klassizm uslubi ustivor bo’ldi. Germaniya san’atida barokko o’z ko’rinishi va harakteri jihatidan Italiya barokkosiga o’xshab ketsa ham, lekin unga nisbatan detallarning birmuncha mayda va sovuq ko’rinishi bilan farqlanadi. Barakko mavzusi ko’pincha rokokko motivlari bilan aralashib ketadi. Bu xususiyatlar Vyurtsburg saroyi binosi va undagi intererlar (unga J.B.T’epola suratlar chizgan) boy dekorativ bezagida namoyon bo’ladi. Drezdendagi yirik cherkov binolari, Postdamdagi San-Susi saroyi ham o’zining nozik badiiy bezatilishi bilan e’tiborni tortadi. 18-asr 2-yarmida klassizm Germaniya me’morligida etakchi o’ringa chiqa boshladi. Berlindagi Brandenburg darvozasi (me’mor K.Langgans) o’zining jiddiy ko’rinishi va tantanavorligi bilan keyinchalik nems me’morligining o’ziga xos uslubiy ko’rinishlarini belgilashda muxim ahamiyat kasb etdi. Germaniya va Avstriya tasviriy san’atida 18-asrning 1yarmida asosan barokko ta’siri kuchli bo’ldi. T’epalo hamda Berinining ijodiga taqlid qilish sezildi. Ayrim rassomlarning real borliqni tasvirlashga intilishlari ma’lum darajada realistik jarayonning ham jonlanib borishiga imkoniyat yaratdi. Bu xususiyat portret san’atida sezilarli bo’ldi. Germaniyalik rassom Bal’tazar Denner (1685-1749), slovakiyalik rassom Yan Kupetskiy (1667-1740) yaratgan portretlari ayniqsa diqqatga sazovordir.
18-asrning 2-yarmidan boshlab, Germaniya antik san’atni o’rganish markaziga aylandi. Uning asosiy targ’ibotchisi Iogan Ioxim Vinkelman (17171768) bo’ldi. Uning “Qadimgi san’at tarixi” (1764) antik san’atga bag’ishlangan birinchi kitob bo’lib, yangi san’atshunoslikka asos soldi. U qadimgi yunon san’ati taraqqiyotining asosiy zamini yunon shahar-davlatlari (polislar) dagi ijtimoiy sharoit ekanligini ko’rsatdi. Vinkelman kitobi yosh Gyote dunyoqarashining shakllanishiga ham kuchli ta’sir qildi. Shuningdek, u boshqa mamlakatlarning klassik estetikasini rivojlanishida ham muhim o’rin egalladi. Nems rangtasviri va grafikasida ham olimning ta’siri sezilarli bo’ldi. Natijada 18-asr 2-yarmida klassizm etakchi o’rinni egallab, shu uslubda ishlovchi qator yirik san’atkorlar etishib chiqdi. Bular ichida Anton Rafael Mengs (1728-1779) ijodi aloxida o’rinni egalladi. U evropa san’atidagi mashhur va ta’sirli rassomlardan biriga aylandi. Mengs o’z ijodida antik san’atning ideal go’zallik yaratish borasidagi qonunlariga sodiq qolgan holda, uni Balonye akademistlarining yutuqlari bilan boyitishga, shaklning ifodali, jo’shqin bo’lishiga alohida e’tibor berdi. Shu bilan birga, Mengs naturani o’rganish zarurligini unutmadi. Bu uning portretlaridagi realistik jihatini belgilaydi. Nems san’atidagi realistik yo’nalish Daniel Xodovetski (1726-1809) ijodida to’liqroq o’zini namoyon etadi. Asli Polshalik bo’lgan bu san’atkor angliyalik rassom Xogart ta’sirida nasihatgo’ylik yo’nalishida qator gravyura va ofortlar ishladi. Jamiyat hayotida sodir bo’layotgan kamchiliklarni tanqid qildi.
Uning “Dansigga sayohat” deb nomlangan albom uchun ishlangan suratlari bevosita o’z ona yurtiga qilgan safari paytida yaratilgan bo’lib, ular nems realistik san’ati taraqqiyotida muhim o’rin egalladi.



Download 28.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling