At-Termiziyning asarlari ichida eng mashhuri, shubhasiz, “Al-jomi’” bo‘lib, avval eslatib o‘tganimizdek, payg‘ambar alayhissalomga doir oltita ishonchli hadislar to‘plamlaridan biridir. Ushbu asar ilmiy adabiyot va manbalarda “Sunan at-Termiziy” (“Termiziy sunnatlari”) nomi bilan ham atalib, payg‘ambar alayhissalom hayoti va faoliyatiga doir muhim manbalardan hisoblanadi. At-Termiziyning mashhur ta’liflaridan yana biri “Ash-shamo-il an-nabaviya” (“Payg‘ambarning alohida fazilatlari”) bo‘lib, ba’zi manbalarda “Ash-shamoil fi shamoil an-nabiy sallolohu alayhi vasallam” nomi bilan ham keltirilgan. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, bu asar payg‘ambar alayhissalomning shaxsiy hayotlari, u kishining suvrat va siyratlari, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni o‘z ichiga qamragan manbadir. - At-Termiziyning mashhur ta’liflaridan yana biri “Ash-shamo-il an-nabaviya” (“Payg‘ambarning alohida fazilatlari”) bo‘lib, ba’zi manbalarda “Ash-shamoil fi shamoil an-nabiy sallolohu alayhi vasallam” nomi bilan ham keltirilgan. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, bu asar payg‘ambar alayhissalomning shaxsiy hayotlari, u kishining suvrat va siyratlari, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni o‘z ichiga qamragan manbadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |